X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Karpat tog’lari va Dunay tekisligi



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Karpat tog’lari va Dunay tekisligi. 
Bu o’lka Al’p tog’ burmalanish 
mintaqasida joylashgan o’rtacha balandliklagi Karpat, Stara Planina tog’laridan 
hamda genetik jihatdan bevosita bog’liq bo’lgan O’rta Dunay va Quyi Dunay 
tekisliklaridan tarkib topgan. Bu oblast Al’p tog’lari bilan Sharqiy Yevropa tekisligi 
o’rtasida joylashganligi tufayli uning hududida mo’tadil mintaqaning okean va 
kontinental sektorlari landshaftlariga xos xususiyatlar mujassamlashgan. SHu 
boisdan okeanning nam iqlim ta’siri o’rmonlar bilan qoplangan tog’larda va quruq 
kontinental iqlim ta’siri o’rmon-daщt hamda dasht landshaftlari hukmron bo’lgan 
tekisliklarda aniq ifodasini topgan. Karpat tog’lari yoysimon shaklda g’arbdan 
sharqqa 1500 km masofaga cho’zilgan.
Karpat tog’ tizimi Morava daryosining Dunayga quyilish joyiga yaqin 
joylashgan va janubi-g’arbdan shimoli-sharqqa tomon cho’zilgan Kichik Karpat 
kristall massividan boshlanadi. Undan shimolroqda Karpat Sharqqa tomon burilib 
kengayib va ko’tarilib boradi. Slovakiya va Polsha oralig’idagi chegarada kristall 
jinslardan tarkib topgan Baland Tatra va Past Tatra massivlari joylashgan. Baland 
Tatrada butun Karpatning ham eng baland nuqtasi 
Gerlaxovski-Shtit cho’qqisi 2655 
m
qad ko’targan. Baland Tatradan shimolda flishlardan tashkil topgan O’rta, Baland 
va Past Beskid tizmalari parallel ravishda joylashgan. Past Beskid tog’idan sharqda 
Karpat shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa qarab cho’zilgan. Bu tog’lar majmuasi 
qiyalik yoy shaklini hosil qilib G’arbiy va Sharqiy Karpatga bo’linadi. Sharqiy 
Karpat 
O’rmonli Karpat
deb ham atalada. Uning baland cho’qqilari Petros (2305 m) 
va Goverla (2061 m) tog’laridir. 
Sharqiy Karpat janubda uchburchak shaklida g’arbga burilib Janubiy Karpat 
tog’ tizmasini hosil qiladi. Janubiy Karpatning asosiy qismi kristall jinslardan 
tuzilgan. Uning eng baland nuqtalari Moldovyanu (2544 m), Negoy (2535 m) va 
Paringu-Mare (2518 m) cho’qqilaridir. Sharqiy va Janubiy Karpatlar oralig’ida 
balanddigi 400-500 m atrofida bo’lgan Transilvaniya platosi joylashgan. Bu plato 
hududiy jihatdan tog’oralig’i botig’iga tug’ri kelib, g’arb tomondan vulkanik va 
kristall jinslardan tarkib topgan G’arbiy Ruminiya tog’lari - Bixor (1848 m), Mesesh 
(997 m) va Metaliferi (1438 m) platosimon massivlari bilan chegaralangan. 


267 
Dunaydan janubda Timok daryosigacha davom etgan Sharqiy Serbiya (1336 m) 
tog’lari joylashgan. Bu tog’ Karpat va Stara-Planina oralig’idagi o’tkinchi tog’ 
hisoblanadi. Undan janubi-sharqda joylashgan o’rtacha balandlikdagi va asimmetrik 
shakldagi Stara-Planina tog’lari Qora dengiz sohiligacha cho’zilgan. Uning shimoliy 
yon bag’iri qiya bo’lib, Bolgariya platosi va Quyi Dunay tekisligi bilan tutashib 
ketgan. Janubiy yon bag’iri juda tik, qisqa daryo vodiylari va jarliklar bilan kuchli 
parchalangan. Stara-Planinani Iskir darasi ko’ndalang kesib o’tgan. Uning baland 
cho’qqilari Botev (2376 m) va Midjur (2168 m) tog’laridir. Stara-Planinadan 
janubda uncha baland bo’lmagan Sredna-Gora tog’i joylashgan. Ularni bir-biridan 
tor uzun tektonik cho’kmalar - Sofiya, Karlova, Kazanlik va Sliven botiqlari ajratib 
turadi. 
Karpatning katta qismi tektonik botiqlarda vujudga kelgan tekisliklardan 
iborat. Neogenda cho’kkan Pannon (Vengriya) massivi o’rnida O’rta Dunay 
tekisligi, Valaxiya tog’oldi bukilmasida Quyi Dunay tekisligi hosil bo’lgan. Bu 
yerdagi burmalangan strukturalar neogenning dengiz, ko’l va allyuvial yotqiziqlari 
hamda to’rtlamchi davrning lyoss va lyossimon jinslari bilan qoplangan. Al’p tog’ 
burmalanish mintaqasidagi eng yirik tog’oralig’i botig’i Karpat yoyining ichkari 
qismida joylashgan O’rta Dunay havzasi hisoblanadi. Uning Sharqiy ko’proq 
cho’kkan qismi Katta Vengriya pastekisligi yoki Alfeld deb ataladi. Dunaydan 
g’arbda tekislik yuzasi past tog’ massivlari bilan

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish