X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


murakkablashgan. Bular dengiz



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

 
murakkablashgan. Bular dengiz
 
sathidan 500-700 m baland ko’tarilgan Bakon, Vertesh, Mechek tog’laridir. Bakon 
tog’ etagidagi
 
grabenda Balaton ko’li vujudga kelgan. O’rta Dunay tekisligining 
shimoli-g’arbida Kichik Vengriya pastekisligi joylashgan. 
Janubiy Karpat bilan Stara-Planina tog’lari oralig’ida Quyi Dunay tekisligi 
yastanib yotibdi. Uning yer yuzasi O’rta Dunay tekisligiga nisbatan oddiy tuzilgan. 
Tekislik yuzasi atrofdan Dunay yo’nalishi tomon pasayib borib allyuvial 
pastekislikka aylanadi. Tekislikning Qora dengiz sohiliga yaqin joyda tepaliksimon 
Dobrudja platosi ko’tarilib turibdi. Karpat landshaft oblasti xilma-xil rudasiz foydali 
qazilmalarga boy. Karpatning shimoliy qismidan temir rudasi, polimetallar rudasi, 
g’arbidan magnetitlar, Transilvaniya platosidan tarkibida qo’rg’oshin, rux, mis 
bo’lgan polimetallar rudasi, Metaliferi tog’idan oltin, Bixordan boksit qazib olinadi. 
O’rta Dunay tekisligida va Karpatoldi cho’kmasida neft, Transilvaniya platosida 
tabiiy gaz konlari uchraydi. Dunayorti tog’larida juda katta boksit zahirasi mavjud. 
Karpatning iqlimi Al’p landshaft oblasti iqlimiga qaraganda
 
bir oz kontinental 
bo’lib, iqlimning kontinentalligi faqat tekisliklarda emas, balki tog’larda ham
 
aniq 
namoyon bo’lib, g’arbdan sharqqa tomon kuchaya boradi. Bunday hol birinchi 
navbatda yog’in miqdorining uzoqlik bo’ylab keskin kamayib borishida seziladi. 
Masalan, Karpatning shimoliy, shimoli-g’arbiy yon bag’irlarida yillik
 
yog’in 
miqdori 800-1200 mm bo’lsa, O’rta Dunay tekisligida 600-700 mm, Transilvaniya 
platosida 500-600 mm, sharqda Quyi Dunay tekisligida esa 350-400 mm gacha
 
kamayadi. Yog’in
 
ko’proq yomg’ir shaklida tushadi, qishda Dunaybuyi 
tekisliklarida qor qoplami hosil bo’lib, Al’p oblastidagiga nisbatan uzoqroq 
saqlanadi. Yoz oylarida qurg’oqchiliq tez-tez takrorlanib turadi. Chunki, 
tekisliklarda yozda atmosfera yog’inlari juda kam
 
bo’ladi. Yozi issiqroq, iyulning 


268 
o’rtacha harorati shimolda +19°S dan janubda +22°S gacha ko’tariladi. Maksimal 
harorat +40°S gacha
 
boradi. Tog’larning 800 m balandligida iyulning o’rtacha 
harorati +14°+15°S ni, baland cho’qqilarda +3°+4°S ni tashkil etadi. Qishi sovuq va 
uzoq davom etadi. Sovuqli kunlar ko’proq bo’ladi. Tekisliklarda yanvarning 
o’rtacha harorati -1°-2°S, tog’oldi hududlarida -2°-4°S, tog’larda esa -10°S dan ham 
past. Qish tekisliklarda 2-3 oy davom etsa, tog’larda 5-6 oy davom etadi. Minimal 
harorat -25
0
-30°S gacha
 
pasayadi. Transilvaniya platosida eng sovuq oyning 
o’rtacha harorati -6°S, eng issiq +18°S. 
Karpat landshaft oblastida daryolar yaxshi rivojlangan. Ularning ko’pchiligi 
Dunay havzasiga qaraydi. Dunayga Karpatdan boshlanuvchi Tisa, Prut, Seret, Olt, 
Gron, Ardjesh, Yalomitsa daryolari va Al’pdan boshlanuvchi Raba, Drava daryolari 
kelib qo’shiladi. Visla va Oder daryolarining yuqori oqimlari ham

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish