O’rtacha balandlikdagi tog’lar (Markaziy Yevropa).
O’lka g’arbda
Atlantika okeani sohillaridan boshlanib, sharqda Oder va Visla daryolarining suv
ayirg’ichigacha davom etadi. Bu o’lka tarkibiga Fransiyaning Parij Havzasi,
Garonna pastekisligi, Armorikon va Markaziy massivlari, Belgiya va
Germaniyaning janubiy qismlari, Chexiya massivi va O’rta Polsha kiradi. Markaziy
Yevropa O’rta Yevropa tekisligidan farq qilib, uning hududi tekisliklardan,
botiqlardan, tog’ massivlaridan, platformalardan va qirlardan tarkib topgan. Shuning
uchun u Markaziy Yevropa tog’-tekislik o’lkasi yoki Gertsin Yevropasi deb ham
ataladi. Markaziy Yevropaning g’arbiy qismida Fransiya hududida bir-biridan botiq
orqali ajralib turgan, kuchli peneplenlashgan qadimgi massiv - Armorikon va
Markaziy massivlar joylashgan. Armorikon massivi Fransiyaning shimoli-g’arbiy
qismida gertsin burmalanishi natijasida vujudga kelgan. Bu massivda Markaziy
massivga nisbatan neogen davrida ko’tarilma tektonik harakatlar kuchli bo’lmagan.
Lekin cho’kish jarayonining bir necha marta takrorlanishi uning yuzasini botiqlar
bilan ajralib turgan alohida-alohida balandliklarga bo’lib yuborgan. Bretan yarim
orolidagi Arre tog’i, Normandiya va Gatin qirlari qadimgi yaxlit massivning
qismlari hisoblanadi. Bular to’lqinsimon yuzali ko’tarilmalar bo’lib, kristall
jinslardan tarkib topgan. Ularning dengiz sathidan balandligi 400 m ga yetadi.
Markaziy massiv Markaziy Yevropaning gertsin burmalanishida vujudga
kelgan eng yirik va gumbazsimon baland ko’tarilma hisoblandi. Uning asosini
burmalangan qadimiy kristall va vulkanik jinslar tashkil etadi. Neogenda massivning
o’rta qismida tektonik harakatlar kuchli bo’lib, uning hududini parchalagan, turli xil
yo’nalishda chuqur yoriqlar hosil qilgan. Bu yoriqlardan vulqonlar otilib chiqqan.
Vulqonlar antropogenning boshlariga qadar harakatda bo’lib, bir qator vulkanik
massivlarni vujudga keltirgan. Shulardan eng kattasi Mon-Dor vulkanik massivining
baland nuqtasi Pyui-de-Sansi cho’qqisi 1886 m ga yetadi va o’lkaning ham eng
baland nuqtasi hisoblanadi. Bundan tashqari Kantal (1858 m), Mezenk (1754 m) va
boshqa massivlar ham bor. Markaziy massivning janubiy qismidagi kristall jinslar
yura davrining ohaktoshlari bilan qoplangan va Gran-Kos platosi deb ataladi. Bu
platoda karst rel’ef shakllari yaxshi rivojlangan. Massivning 1700 m balandlikkacha
ko’tarilgan sharqiy va janubi-sharqiy qismlari Sevenni deb ataladi. Uning sharqiy
yonbag’iri zinapoyasimon tik, daryo vodiylari chuqur kesilgan. Massivning shimoli-
g’arbida Limuzen platosi joylashgan.
Biskay qo’ltig’i bilan Markaziy massiv oralig’ida Goronna pastekisligi yoki
Akvitaniya havzasi joylashgan, janub tomondan Pireney tog’ etaklari bilan
260
chegaralangan. Akvitaniya havzasi tektonik botiqda vujudga kelgan. Uning
poydevorini gertsenoidlar tashkil etib, yuza qismi paleogen, neogen va antropogen
davrlarida Pireney tog’laridan oqizib keltirilgan yotqiziqlar bilan qoplangan.
Pastekislikning balandroq janubiy qismida daryo irmoqlari bilan kuchli
parchalangan bir qancha asimmetrik platolar hosil bo’lgan. Qolgan katta qismi
shimolga va g’arbga tomon pasayib borgan bir xil yassi tog’likdir. Biskay qo’ltig’i
sohili bo’ylab qum dyunalari cho’zilgan, ular Landalar deb atalib, uzunligi 150-200
km ni, kengligi 7-8 km ni va balandligi 70-100 m ni tashkil etadi. Fransiyaning
shimoli-g’arbiy qismini Parij havzasi yoki Shimoliy Fransiya pastekisligi egallagan.
Parij havzasi yirik botiq shaklida bo’lib, markaziy qismidan chekka tomonlarga asta-
sekin ko’tarilib boradi. O’rta qismi bo’r va paleogen dengiz yotqiziqlari bilan
to’lgan. Chekkalarida esa qadimgi jinslar yuzaga chiqib qolgan. Parij havzasidan
Sena daryosi va uning ko’plab irmoqlari oqib o’tadi. Havzaning sharqiy qismida
kuest rel’ef shakllari, janubiy va g’arbiy qismlarida tepalik rel’ef shakllari keng
tarqalgan. Kuest gryadalari yura, bo’r va paleogenning karbonatli jinslaridan-
ohaktosh, bo’r va qumtoshlardan tarkib topgan. Parij havzasidan sharqda Shampani,
Argonn, Lotaringiya kuest gryadalari cho’zilgan. Lotaringiya kuest platosi Reyn,
Mozel va Maas daryolarining vodiylari bilan kesilgan. Reyn daryosining janubiy
oqimi bo’ylab cho’zilgan polosada yer yuzasi kuchli parchalangan. Janubda Reyn
daryosi lyossimon va allyuvial cho’kindi jinslar bilan qoplangan Yuqori Reyn
tekisligidan oqib o’tadi. Tekislikning g’arbiy tomonida Vogezi (1423 m) va sharqiy
tomonida Shvarsvald (1493 m) massivlari ko’tarilgan. Bu tog’ massivlari shimol
tomon pasayib borib, g’arbda qumtoshli Xardt va sharqda Odenvald platolari bilan
tugaydi. Yuqori Reyn tekisligidan shimolda Reyn daryosi Reyn Slanes massivi
hududidan oqib o’tib, uni ikki qismga bo’ladi. Shvarsvald tog’idan sharqda trias,
yura davrlarining dengiz yotqiziqlaridan tarkib topgan Shvab-Frankon kuest tipik
platosi joylashgan bo’lib, uning janubi-g’arbiy ohaktoshli qismi Shvab Albi yoki
Shvab Yurasi, shimoli-sharqiy kuchli parchalangan qismi Frankon Albi yoki
Frankon Yurasi deb ataladi. Kuestli hududda karst rel’ef shakllari keng tarqalgan.
Frankon Albidan shimolda daryo eroziyasi bilan kuchli parchalangan, tik yon
bag’irli gorst tog’ massivlari Tyuriyagen O’rmoni (982 m), Frankon O’rmoni va
Garts massivi joylashgan. Garts tog’ining Brokken cho’qqisi dengiz sathidan 1142
m baland.
O’lkadagi Chexiya massivi gertsin epoxasida burmalangan va keyin
peneplenlashgan va baland ko’tarilgan gorst tog’lar bilan o’ralgan. Massivning
shimoli-g’arbida Rudali tog’lar (1244 m), janubi-sharqida Chexiya O’rmoni va
SHumava tog’lari qad ko’tarilgan. Shumava tog’ining eng baland joyi Groser-Raxel
cho’qqisi 1453 m ga yetadi. Chexiya massivining shimoli-sharqiy qismini Sudet
tog’lari (Snejka,1602 m) tog’i joylashgan. Bu tog’larning geologik strukturasi
qadimgi burmalangan tog’ jinslaridan va yosh vulkanik jinslardan tuzilgan. Chexiya
massivining janubi-Sharqiy qismini balandligi 800 m atrofida bo’lgai Chexiya-
Moraviya qirlari egallagan. Uning katta qismi kembriydan oldingi kristall jinslardan
tuzilgan. Sharqiy qismidagi mezozoy oxaktoshlarida karst rel’ef shakllari, g’orlar
keng tarqalgan. Pragadan janubda balandligi 700-800 m bo’lgan Brdi tepaligi
261
ko’tarilgan. Chexiya massivining eng past joyi Laba daryosi vodiysidagi Polaba
tekisligida 200 m ni tashkil etadi. O’lkaning sharqiy qismi Oder va Visla
daryolarining suvayirg’ichida maksimal balandligi Lisitsa tog’i 611 m gacha
ko’tarilgan.
O’lka iqlimining shakllanishida Atlantika havo massasining roli katta. Nam
dengiz havo massasi materik ichkarisiga kirib borgan sari transformasiyalashib,
g’arbdan Sharqqa qarab kontinentallik darajasi orta boradi. Bu yerning iqlim sharoiti
uzoqlik bo’ylab o’zgarishdan tashqari rel’ef ta’sirida ham o’zgaradi. Jumladan,
botiqlarning iqlimi tog’ yon bag’irlariga nisbatan ancha kontinentalligi bilan farq
qiladi. Bu o’z navbatida yillik havo haroratidagi amplitudaning katta bo’lishiga,
yog’in miqdorining kamayishiga olib keladi. O’lkaning g’arbiy okeanbo’yi
qismlarida qish iliq, yoz salqin, namgarchiliq ko’p bo’ladi. Bretan yarim orolida
yanvarniig o’rtacha harorati +6°+7°S ga, iyulniki +17°S ga teng. Yillik yog’in
miqdori 1500 mm ni tashkil etadi. Janubda Akvitaniya pastekisligida iyulning
o’rtacha harorati +21°+22°S gacha ko’tariladi, yillik yog’in miqdori 800 mm gacha
kamayadi. Markaziy massivning g’arbiy yon bag’irlarida atmosfera yog’inlarining
miqdori yana ortadi. Yog’in yil bo’yi asosan yomg’ir shaklida tushadi. Qor kamdan-
kam yog’adi. Iqlim sharoitini sharqqa tomon o’zgarib borishi Parij havzasidan
boshlab yaqqol seziladi. Bu yerda eng sovuq oyniig o’rtacha harorati +2
0
+3
0
S ga,
issiq oyniki esa +19°S ga teng. Yiliga o’rtacha 700 mm atrofida yog’in tushadi.
Lotaringiya platosida qishning o’rtacha harorati 0°S ga yaqin
bo’ladi. Markaziy
massivda qish sovuqroq va qorli bo’ladi. Bu fasl to’liq uch oy davom etadi. Yozi iliq
va yomg’irli.
O’lkadagi barcha tog’larning g’arbiy yon bag’irlariga 1000 mm dan ziyod
yog’in tushadi, Sharqiy havo oqimiga teskari bo’lgan yon bag’irlarda bu ko’rsatgich
500-600 mm gacha kamayadi. Tog’larda qish va yoz oylarining harorati ham tekislik
va botiqlardagi havo haroratiga nisbatan pastroq. Masalan, Garts tog’larida
yanvarning o’rtacha harorati - 3,5°S ga va iyulniki +10°+11°S ga teng. Qish oylarida
g’arbiy nam shamollar esib turadi, tumanli va bulutli kunlar ko’p bo’ladi, qor
koplami qalin bo’lib, besh-olti oygacha saqlanadi.
O’lka hududida yil bo’yi to’lib oqadigan daryolar va ularning irmoqlari zich
joylashgan. Eng yirik daryolari Reyn (1320 km), Sena (780 km), Luara (1010 km),
Garonna (650 km), Rona (812 km) va boshqalardir. Bu daryolarning gidrologik
rejimi bevosita shu joyning iqlim sharoitiga va rel’efiga bog’liq. G’arbiy
hududlardagi daryolarning suv sarfi yil bo’yi deyarli bir tekisda taqsimlangan.
Sharqiy hududlarda aksincha, daryolarning suv sarfi tog’ massivlaridagi qorlarning
erishi tufayli bir muncha murakkablashadi. Reyn va Rona daryolari Al’p tog’laridan
boshlanib, birinchisi Shimoliy dengizga va ikkinchisi O’rta dengizning Leon
qo’ltig’iga quyiladi. Sena daryosi Langr platosidan boshlanib, Parij havzasini va
Parij shahrini o’rtasidan kesib o’tib La-Mansh bo’g’iziga quyiladi. Luara daryosi
Sevenni tog’laridan va Garonna daryosi Markaziy Pireney tog’laridan boshlanib,
Atlantika okeanining Biskay qo’ltig’iga quyiladi. Markaziy Yevropaning sharqiy
qismidan O’rta Yevropa tekisligining bir qator daryolari boshlanadi. Jumladan,
Tyuringen O’rmoni tog’idan Vezer, Chexiya massividan Vltava, Sudet tog’laridan
262
Oder va Laba, Shvab-Frankam Albidan Nekkar va Mayn daryolari hamda
Dunayning yuqori irmoqlari, O’rta Polsha qirlaridan Varta daryosi boshlanadi. Bu
daryolarning hammasi yomg’ir suvlaridan, Al’p va Pireney tog’laridan
boshlanadiganlar qor suvndan ham to’yinadi. Markaziy Yevropaning barcha yirik
daryo tizimlari - Reyn, Sena, Luara, Garonna, Sona, Mayn va boshqalar bir-biri bilan
Janubiy kanal, Rona-Reyn kanali, Marna-Reyn kanali, Burundi kanali va boshqa
kanallar orqali tutashgan. Bu tabiiy va sun’iy suv tizimlar magistralli kemalarning
qatnovi uchun juda qulay.
Hozirgi vaqtda o’rmonlar o’lkaning Sudet tog’larida, Chexiya O’rmonida,
Bovariya O’rmonida, Frankon O’rmonida, Tyuringen O’rmonida, Ardennida,
Shumavada va Reyn Slanes tog’larida yaxshi saqlangan. Tog’larning baland
cho’qqilarida yel-pixta o’rmonlari uchraydi. Rona pastekisligida va Sevenni tog’lari
yon bag’irlarining quyi qismida tuproq va o’simliklarning O’rta dengiz tipi uchraydi,
Ayniqsa bu yerlarga lavanda, ladannik va timyan butalaridan tarkib topgan gariga
tipidagi butazorlar xarakterli. Doimiy yashil bo’lib o’sadigan eman butazorlari ham
uchraydi. O’rmonlarning ko’plab kesilib ketishi yovvoyi hayvonlarning tarqalishiga
va ularning areallariga kuchli ta’sir etgan. Ilgari keng tarqalgan silovsin, bo’ri,
o’rmon mushugi va boshqalar hozir deyarli uchramaydi. Tekislik o’rmonlariga xos
bo’lgan hayvonlar faqat tog’ o’rmonlaridagina saqlanib qolgan. Qo’riqhonalarda va
milliy parklarda asl zotli bug’u, kosulya, lan (bug’u) muhofaza qilinadi. Yovvoyi
hayvonlardan tulkilar va bo’rsiqlar, ochiq yerlarda dasht faunasining kemiruvchi
turlari ko’pchilikni tashkil etadi. Ornitofaunasida Yevropa o’rmonlariga xos bo’lgan
barcha qushlar uchraydi. Ayniqsa kakliklar, chillar va suvda suzuvchi qushlar keng
tarqalgan. Janubiy qismida O’rta dengiz faunasiga xos bo’lgan turlar - genettalar,
sudralib yuruvchilar, ham yerda ham suvda yashovchi hayvonlar tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |