X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Nazorat savollari: 
1. Tabiiy geografik o’lkaning chegaralarining o’ziga xos tomonlarini ayting? 
2. Foydali qazilmalar hosil bo’lishida uning geologik tarixi bilan bog’liqligi nimada? 
3. O’lkalarning iqlimiy sharoiti va ichki suvlariga tavsif bering? 
4. O’lkalardagi asosiy o’simlik va hayvonot vakillari qanday xususiyatlarga ega? 
 
6.7.3.
 
G’ARBIY YEVROPA
 
Tayanch so’z va iboralar:
materik sayozligi, antropogen landshaftlar, 
tektonik yoriq, kar ko’llar, peneplen, ohaktosh, bukilma, agrolandshaftlar, morena 
gryadalari, gidrografik to’r, qo’riqxona, Gertsin Yevropasi, daryo vodiylari, qum 
dyunalari, Kuest gryadalar, dengiz yotqiziqlari, suvayirg’ich, Al’p tog’ 
burmalanishi, tektonik cho’kma, kristall jinslar. 
 
Britaniya orollari
. G’arbiy Yevropa qirg’oqlari yaqinidagi yirik arxipelag. 
Uning tarkibiga ikki yirik orol - Buyuk Britaniya va Irlandiya, mayda orollar 
Anglsi, Uayt, Ichki va Tashqi Gebrid, Orkney va Shotland orollari kiradi. 
Arxipelagning umumiy maydoni 325 ming km
2
, bundan 244 ming km
2
Buyuk 
Britaniya orollariga, 84 ming km
2
esa Irlandiya oroliga to’g’ri keladi. O’lka 
materik yaqinida, materik sayozligida joylashgan bo’lib, sharqda materik 
sayozligida Shimoliy dengiz joylashgan. Shimoliy va g’arbiy sohillarni bevosita 
Atlantika okeani o’rab turadi, Irlandiya va Buyuk Britaniyani Irlandiya dengizi 
bir-biridan ajratib turadi. 
Britaniya orollari qirg’oq bo’yi suvlarining chuqurligi 200 m, ularning 
sayoz qismi tik tushgan jarlik bilan chegaralanadi. O’lkaning orollarda 
joylashganligi 
va 
Atlantikaning 
kuchli ta’siri, qirg’oqlarning keskin 
parchalanganligi, rel’efining juda o’yilib ketganligi hamda antropogen 
landshaftlarning keng tarqalganligi Britaniya orollari tabiatining asosiy 
xususiyatlarini belgilab beradi. Britaniya orollarining paleozoyda burmalangan 
tog’lari kuchli ravishda tik o’yilgan, bu jarayon neogenning oxiri va 
antropogenning boshida kuchli ro’y bergan. Bular kuchli parchalanib ketgan 
rel’efni vujudga keltirgan, unda burmalangan fundamentning chiqqan va 
cho’kkan joylari o’zaro almashinib keladi, cho’kkan joylar turli yoshdagi va har 
xil yo’l bilan paydo bo’lgan yotqiziqlar bilan qoplangan. To’rtlamchi davrda 
Buyuk Britaniya orolining janubiy qismidan boshqa butun qismi materik 
muzlari bilan qoplangan va bu muzlar qalin morena yotqiziqlarini qoldirgan . 
So’nggi muzlanish tog’larda uchrab, uning markazlari Shotlandiya, Irlandiya va 
Uelsda bo’lgan. Britaniya orollari rel’efida uncha baland bo’lmagan va tekislanib 


255 
qolgan tog’ massivlari ustun turadi, bu tog’ massivlari sertepa suv osti soyliklari 
hamda platolari bilan almashinadi. Eng baland yeri 1300 m dan oshadi. 
Orollarning qirg’oq chizig’i tektonik yoriqlar, ko’tarilish va cho’kishlar 
natijasida juda parchalangan. Yirik qo’ltiqlar Buyuk Britaniya bilan 
Irlandiyaning yer yuzasi tekislikdan iborat sohillariga kirib boradi, 
yarimorollarda tog’ massivlari qad ko’targan. Buyuk Britaniyaning shimolida 
Shimoliy Shotlandiya tog’ligi joylashgan bo’lib, Glenmor chuqur tektonik yorig’i 
tog’likni ikki qismga: Shimoliy tog’lik va Grampian tog’liklariga ajratadi, 
Grampian tog’larida orollarning eng baland cho’qqisi Ben-Nevis (1343 m) 
massivi joylashgan. Tog’likning chekka shimoliy qismi yer po’stining yaqin 
geologik vaqtda ro’y bergan yorilishlari va parchalanishlari natijasida Buyuk 
Britaniya orolidan ajralib chiqqan hamda Ichki va Tashqi Gebrid orollarnni hosil 
qilgan. 
Shotlandiyaning janubiy qismida Janubiy Shotlandiya qirlari joylashgan, 
ular tepasi to’lqinsimon va balandligi 500-600 m li platodan iborat. Janubiy 
Shotlandiya qirlarining g’arbiy qismi sharqiy qismiga nisbatan baland va ko’p 
parchalangan; unda kar ko’llari, xarsang toshlar hamda morenalar uchraydi. 
Grampian tog’lari bilan Janubiy Shotlandiya qirlari orasidagi graben (cho’kma)da 
O’rta Shotlandiya tekisligi joylashgan. Shimoliy Angliyada Janubiy Shotlandiya 
qirlaridan janubda sohil bo’ylab ketgan qirlar va sertepa tekisliklar ajralib turadi. 
Bristol qo’ltig’i grabeni Uels yarimorolini Kornuel yarimorolidan ajratib turadi; 
Kornuell yarimoroli Buyuk Britaniyaning janubi-g’arbiy chekka qismidir. Bu 
yarimorol yosh cho’kindi jinslar qatlamlari orasidan qad ko’targan 
peneplenlashgan qirlar bilan band. Dartmur-Forest va Eksmur-Forest kristalli 
massivlari Kornuel yarimorolidagi eng baland (500-600 m) joylar hisoblanadi. 
Orolning janubida depressiya (soylik)lar kuesta platosi rel’efida yaqqol ajralib 
turuvchi Chiltern-Xils qirlaridan iborat, balandligi 250 m ga yetadi. Bu qirlar 
janubga Temza havzasi botig’iga yoki London havzasiga tomon qiya tushib 
keladi.
Irlandiya orolining butun ichki qismini Markaziy Irlandiya pastekisligi band 
etgan. Uning yuzasi karbon davrining ohaktoshlaridan tarkib topgan. Markaziy 
Irlandiya tekisligi hamma tomondan kuchli parchalangan va balandligi 1000 m dan 
oshmaydigan tog’ massivlari bilan o’ralgan. Shimolda Donegol massivi, shimoli-
Sharqiy sohil yaqinida Antrim tog’lari joylashgan. Irlandiya sohilining shimoli-
g’arbida Konnaut tog’lari, janubi-sharqda sohil bo’ylab Unklou tog’lari 
cho’zilgan, janubi-g’arbda Irlandiyaning eng baland qismi Kerri tog’lari va undagi 
Karrantuil cho’qqisining balandligi 1041 m ni tashkil qiladi. 
Britaniya orollari iqlimi ko’p jihatdan g’arbiy havo massalari bilan bog’liq 
bo’lib, kuchli va nam g’arbiy shamollar yil bo’yi orollarga ko’p miqdorda yog’in 
keltiradi. Orollarning g’arbiy chekkalari va tog’larning g’arbiy yonbag’irlariga 
yog’in ayniqsa ko’p tushadi; bu yerda yillik yog’in miqdori 1500 mm dan ayrim 
joylarda esa hatto 2000 mm dan ham ortadi. Janubi-G’arbiy Irlandiya va 
Kornuell yarim oroliga butun qish bo’yi qor yog’maydi, boshqa joylarda esa 
qishda atigi 10-20 kun qor yog’adi. Sharqiy va janubi-sharqiy qismlarga yiliga 


256 
700-800 mm yog’in tushadi. Bu yerlarda havoda bulut kamroq, shamollar ham 
uncha tez esmaydi. 
Britaniya orollari, ayniqsa ularning g’arbiy va janubi-g’arbiy hududlari 
haroratning yillik tebranishi kichikligi bilan xarakterlanadi. Yillik amplituda 
Irlandiyaning janubi-g’arbida taxminan +7
0
+8°S ni, Irlandiyaning sharqida 
+10
0
+11
0
S, Angliyaning janubi-sharqida +14°S ni tashkil etadi va qishda deyarli 
sovuq bo’lmasligi hamda yozning salqin kelishi bilan xarakterlanadi, yozda 
+30°C gacha ko’tariladi. Shotlandiyaning shimolida yozda harorat +20°S gacha 
ko’tariladi. Quyoshli kunlar janubi-sharqda 40% ga, g’arbda u 17-29% ni tashkil 
etadi. Britaniya orollari tabiatining o’ziga xos tomonlaridan biri-uning juda 
sertuman ekanligidir. Tuman asosan qishda tez-tez tushib turadi, tumanlar 
tushishining sababi nisbatan sovuq suvning Shimoliy Atlantika oqimining bir 
oz iliq suvlari bilan qo’shilishi va buning natijasida havo haroratidagi 
tafovutning vujudga kelishidir. 
Rel’ef va iqlim xususiyatlariga qarab orollarning daryo tarmoqlari juda 
zich. O’lkaning yirik daryolari Severn (355 km), Temza (332 km), Shannon 
(36 km) uzunligi jihatidan materikdagi ko’pgina daryolardan orqada turadi, 
biroq ular yil bo’yi sersuv bo’ladi va muzlamaydi, kema qatnovi uchun qulay. 
Daryolar chuqur va keng estuariylar bilan tugaydi, suv qalqib ko’tarilganda 
estuariylarga yirik okean kemalari bemalol kirib kela oladi.
Britaniya orollarida yirik ko’llar yo’q, kichik ko’llar esa juda ko’p va 
go’zaldir. Eng katta Lox-Ney ko’li Irlandiyada joylashgan bo’lib, uning maydoni 
400 km
2
ga yaqin. Shotlandiyaning tog’li hududlarida, Kamberlend massivida va 
Uelsda muzlik ko’llari juda ko’p. Irlandiya ko’llarining ko’pi karst ko’llaridir. 
Buyuk Britaniyaning shimolida podzol tuproqlarda qarag’ay va qayin 
o’rmonlari, janubda o’rmon qo’ng’ir tuproqlarida dub, ayrim joylarda esa buk-
grab o’rmonlari eng ko’p tarqalgan. Hozirgi vaqtda o’rmonlar barcha orollar 
maydonining atigi 4-5% ini egallaydi. Katta maydonlarni o’tzorlar, doimiy yashil 
butazorlar va botqoqliklar egallaydi. O’rmon o’simliklarining yuqori chegarasi 
200-300 m dan o’tadi va 600 m dan yuqoriga chiqmaydi. Britaniya orollarining 
hayvonot dunyosi kambag’al, hozirgi paytda yirik hayvonlar tabiiy holatda 
uchramaydi. Faqat ayrim joylarda Shotlandiya bug’usi va bug’uning yana bir turi 
(lan) alohida qo’riqlanadi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish