X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

 
O’rta Yevropa tekisligi.
O’rta Yevropa tekisligi g’arbda Reyn daryosining 
quyi oqimidan boshlanib, sharqda Sharqiy Yevropa tekisligigacha kenglik bo’ylab 
cho’zilgan. Shimolda Boltiq va Shimoliy dengizlar bilan, janubda Markaziy 
Yevropa tog’lari bilan chegaralangan. O’rta Yevropa tekisligi boshqa o’lkalardan 
rel’efining tekisligi va tabiiy geografik sharoitining bir xilligi bilan farq qiladi. Bu 
yerda mavjud bo’lgan ayrim geomorfologik va tabiiy geografik ichki farqlar uning 
hududini uch qismga bo’lishga imkon beradi. Shimoliy German pastekisligi, Buyuk 
Polsha pastekisligi va Yutlandiya yarim oroli. O’rta Yevropa tekisligi Boltiq qalqoni 
bilan paleozoyda burmalangan tog’lar oralig’idagi bukilmada hosil bo’lgan. Bu 
joylar perm davrida dengiz tagida bo’lgan va bir necha marta kontinental rejim bilan 
almashib turgan. Bo’r va paleogen davrlarida ham suv ostida qolib dengiz yotqiziqlri 


257 
to’plangan. Neogenning oxirida kontinental rejimga o’tgan. To’rtlamchi davrda 
rel’efining shakllanishiga materik muzliklari ta’sir ko’rsatgan. Eng so’nggi muzlik 
tekislikning shimoli-sharqiy qismini qoplagan. Hozirgi rel’ef shakllarida bu 
muzlikning izlari yaxshi saqlangan. Materik muzligidan keyin yangi tektonik 
harakatlar natijasida yer yuzasining qaytadan pasayishi va transgressiyalar sodir 
bo’lgan, natijada Shimoliy hamda Boltiq dengizlari vujudga kelgan. 
Shimoliy dengiz sohillarida parallel ravishda G’arbiy va Sharqiy Friz orollar 
tizmasi, Yutlandiya yarim orolining g’arbiy sohiliga yaqin hududlarda Shimoliy Friz 
orollar tizmasi cho’zilgan. Materik qirg’oqlari bilan orollar tizmasi oralig’ida 
suvning ko’tarilishi paytida suv bosadigan o’ziga xos sersuv landshaft polosasi 
(vattlar) shaklangan. Friz orollari dyunalar gryadasidan tashkil topgan bo’lib, ular 
yaqindagina quruqlikning cho’kishi natijasida materikdan ajralgan. Dollart va 
Zeyder-Ze ko’rfazlarining hosil bo’lishi ham yangi tektonik harakatlar bilan bog’liq. 
Tekislikning g’arbiy qismi bir xil ko’rinishdagi yassi pastekislik bo’lib, uning 
balandliga 100 m ga ham yetmaydi. Qirg’oq bo’ylarining aksariyat maydoni dengiz 
sathidan ham pastda yotadi. Reyn daryosi o’z del’tasida bir necha tarmoqlarga 
bo’linib juda ko’p orollar hosil qilgan. Bu orollarning yuzasi ham dengiz sathidan 
pastda joylashgan. Tekislikning dengiz sohillarida polderlar va marshlar barpo 
etilgan. Ular maksimal darajada madaniylashtirilib rang-barang agrolandshaftlarga 
aylantirilgan. Polderlar va marshlar polosasidan janubda, Shimoliy German 
pastekisligining shimoli-g’arbida zandra qumoq yotqiziqlardan tarkib topgan 
nisbatan balandroq yerlar (gorstlar) joylashgan. Gorstlar kam hosildor, ba’zan 
botqoqlangan yerlar bo’lib, undan janubda, tog’ etaklari yonida lyossli jinslar ustida 
vujudga kelgan hosildor yerlar keng tarqalgan. 
Vezer va uning irmog’i Aller daryolaridan sharq tomonda Shimoliy German 
pastekisligi kengayib, rel’ef shakllari o’zgarib boradi. Tekislikning muz bosgan 
shimoli-sharqiy qismi g’arbiga nisbatan tepalik rel’ef shakllari va bir oz balandligi 
bilan farq qiladi. Bu yerda oxirgi morenalar to’plangan joylarda tepalik gryadalar va 
ular oralig’idagi pastqamliklarda ko’plab sayoz ko’llar hosil bo’lgan. Morena 
gryadalari oraliqlarida vujudga kelgan ko’llar genetik jihatdan morena ko’llari tipiga 
kiradi. Tekislikning ko’llar keng tarqalgan bunday joylari ko’llarbo’yi mintaqasi deb 
ataladi. Shimoliy German pastekisligidagi Meklenburg ko’llarbo’yi mintaqasi, 
Buyuk Polsha pastekisligidagi Pomore va Mazur ko’llarbo’yi mintaqalari shular 
jumlasidandir. Ko’llarbo’yi mintaqalaridagi eng baland nuqta Gdansk shahri 
yaqinida 337 m ni tashkil etadi. Oxirgi morena gryadalari Yutlandiya yarim orolida 
meridional yo’nalishda joylashgan. Shimoliy German va Buyuk Polsha 
tekisliklarida oxirgi morenalar kenglik bo’ylab cho’zilib, ko’llarbo’yi mintaqalari 
bilan birgalikda Boltiq ko’llar gryadasini hosil qiladi. Shimoldagi Yutlandiya yarim
orolining yer yuzasi yassi tekislikdan iborat. Eng baland nuqtasi Iding-Skov 
tepaligida 173 m ga yetadi. Yutlandiya janubda Kil kanali o’tkazilgan hududda 
maydoni 40 ming km

ni tashkil qiladigan Shimoliy German pastekisligi bilan 
tutashgan.
Yarim orolning iqlimi mo’tadil dengiz iqlim xarakteriga ega. Yillik 
yog’in miqdori g’arbida 800 mm dan sharqida 600 mm gacha o’zgaradi. 
Maydonining 90% i yem-xashak o’tlar, qand lavlagi va don ekinlari bilan, 9% i 


258 
o’rmonlar bilan band. O’rmonlar asosan g’arbda qarag’aylardan, sharqda buk va 
emanlardan tarkib topgan. 
O’rta Yevropa tekisligining iqlimi mo’tadil xarakterga ega bo’lib, g’arbdan 
sharqqa tomon o’zgarib boradi. Iqlimning uzoqlik bo’ylab o’zgarishiga sabab 
dengiz havo massasini materik ichkarisiga kirib borgan sari transformasiyalanish 
jarayonining kuchayishi bilan bog’liq. Shimoliy German pastekisligining g’arbiy 
qismida yillik yog’in miqdori 700-800 mm dan Buyuk Polsha pastekisligining 
Sharqiy qismida, Varshava atrofida 500 mm gacha kamayadi. G’arbda qishi ancha 
yumshoq bo’ladi, sovuqli kunlar deyarli bo’lmaydi. Yanvarning o’rtacha harorati 
+1°- 1°S ga, minimal harorat Amsterdamda -27°S kuzatilgan. Yozi salqin, bulutli 
kunlar ko’p bo’ladi. Iyulning o’rtacha harorati +17°+18°S. Sharqqa borgan sari 
yog’in miqdorining kamayishi bilan birga qishi sovuqroq va yozi nisbatan issiqroq 
bo’la boradi. Buyuk Polsha pastekisligining sharqiy qismida yanvarning o’rtacha 
harorati -4°S ni, iyulniki +18°+19°S ni tashkil etadi. Qishda sovuqli kunlar soni 
ko’payadi , daryo suvlari muzlaydi, qor qoplami hosil bo’ladi. 
O’rta Yevropa tekisligida gidrografik to’r yaxshi rivojlangan. Barcha daryolar 
uning hududini janubdan shimolga qarab kesib o’tib Shimoliy va Boltiq dengizlariga 
quyiladi. Shimoliy dengizga quyiladigan daryolar estuariylar hosil qiladi, Boltiq 
dengizi havzasiga qaraydigan daryolar lagunalarga quyiladi. Tekislikning eng yirik 
daryolari Ems (371 km), Vezer (724 km), Elba (1165 km), Oder (907 km), Visla 
(1092 km) hisoblanadi. Visla daryosi havzasining maydoni 198,5 ming km
2

O’rtacha yillik suv sarfi quyi oqimida 1100-1200 m
3
/sek ni tashkil etadi. U G’arbiy 
Karpat tog’laridan boshlanib, Boltiq dengizining Gdansk qo’ltig’iga quyiladi. Elba 
daryosi o’lka hududida emas, balki G’arbiy Yevropada ham eng uzun daryolardan 
biri hisoblanadi. Havzasining maydoni 148 ming km
2
, o’rtacha yillik suv sarfi 694 
m
3
/sek. Bu daryolar asosan yomg’ir suvlaridan va qisman tog’lardagi qorlarning 
erishidan to’yinadi. Barcha daryolar bir-biri bilan kanallar orqali tutashtirilib yagona 
gidrografik to’r tizimini hosil qilgan. O’rta German, Kil, Vidgosh va boshqa kanallar 
bunga misol bo’la oladi. Daryolar va kanallar juda katta transport ahamiyatiga ega. 
Tekislikning tabiiy zonal landshaftlari chimli-podzol tuproqli aralash 
o’rmonlardan va qo’ng’ir tuproqli keng bargli o’rmonlardan tarkib topgan. Biroq 
hozirgi vaqtda bunday o’rmonlar juda kam qolgan. Ularning o’rnini madaniy 
o’tloqzorlar, qishloq xo’jalik ekinlari, sun’iy daraxtzorlar egallagan. Keng bargli 
o’rmonlarga xos bo’lgan buk, eman, qayrag’och
daraxtlari kamdan-kam uchraydi. 
Ikkilamchi antropogen o’rmonlarda igna bargli daraxtlar ko’pchilikni tashkil etadi. 
Gollandiya, Yutlandiya va Shimoliy German pastekisligining g’arbiy qismida 
antropogen o’tloqzorlar ko’p, sharqqa borgan sari madaniy o’tloqzorlar maydoni 
kamayib, o’rmon landshaftlarining maydoni orta boradi. Ko’llarbo’yi mintaqalarida 
o’rmon massivlari yaxshi saqlangan. Ayniqsa, Buyuk Polsha pastekisligida hozir 
ham inson xo’jalik faoliyati ta’sirida kam o’zgargan o’rmonlar kengroq maydonlarni 
egallab olgan. Boltiq dengizi sohilidagi va tekislik ichkarisidagi zandra qumoq 
dalalarida qarag’ay o’rmonlari uchraydi. Qolgan joylarda aralash o’rmonlar yetakchi 
rol o’ynaydi. Bu o’rmonlarda Yevropa yeli, karag’aylar bilan birga buk, zarang, 
jo’ka kabi keng bargli daraxtlar ham uchraydi. Aralash o’rmonlarning o’zgarmagan 


259 
qadimgi holatdagi etaloni Yevropaning eng yirik qo’riqxonalaridan biri Belovej 
pushasida yaxshi saqlangan. Bu o’lka hududida o’rmonlarning kesilib ketishi va 
yerlarning maksimal darajada haydalishi yovvoyi hayvonlar sonining keskin 
kamayishiga va ayrim turlarini yo’qolib ketishiga sabab bo’lgan. Dashtlarga 
o’xshash ochiq yerlarda esa kemiruvchi mayda cho’l hayvonlarining soni ko’payadi. 
Hozirgi paytda yovvoyi hayvonlarning ko’plab turlari va ularning vakilliri 
qo’riqxonalarda va milliy parklarda muhofaza qilinmoqda. Jumladan, Belovej 
pushasida zubrlar, asl zotli bug’ular, loslar, kosulyalar, yovvoyi cho’chqalar, 
olmaxonlar, bo’rsiqlar muhofaza qilinib, ularning soni tiklanmoqda. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish