X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Apenin yarim oroli.
Apenin o’lkasi O’rta dengiz Yevropasining markaziy 
qismida joylashgan bo’lib, dengiz ichki qismiga ancha kirib borgan. Uning hududi 
Apenin yarim oroli, Sisiliya, Sardiniya va Krosika orollari hamda Tirren dengizidagi 
mayda orollardan tashkil topgan. Apenin yarim oroli shimoli-g’arbdan janubi-
sharqqa tomon 1100 km masofaga cho’zilgan. Kengligi 300 km dan janubda 130 km 
gacha qisqaradi. Maydoni 149 ming km
2
. Uning janubida Klabriya va Salentina,
sharqida Gargano yarim orollari bor. Yevropaning asosiy qismi bilan Al’p tog’lari 
va Padana pastekisligi orqali tutashgan. Yarim orolni g’arbda Tirren, Sharqda 
Adriatika, janubda Ioniya dengizlari o’rab turadi. Yarim orolning qirg’oqlari kam 
parchalangan. Sharqiy qirg’oqlarining shimoliy qismida lagunalar va botqoqliklar 
ko’p, janubiy qismi baland va tog’li. G’arbiy qirg’oqlari nisbatan kuchliroq 
parchalangan, tik, ko’p joylarda jarliklardan iborat. Ular tekis qirg’oqlar bilan 
almashinib turadi.
Apenin yarim orolining deyarli hamma qismini kuchli parchalangan o’rtacha 
balandlikdagi Apenin tog’lari egallagan. Bu tog’lar Shimolda Genuya, qo’ltig’i 
sohillari va Padana pastekisligidan boshlanib, janubda Messina bo’g’izigacha 
davom etadi. Faqat sohil bo’ylab kambar pastekisliklar joylashgan. Apenin 
tog’larining orografik tuzilishi va rel’ef shakllari xilma-xil. Uning asosiy qismi Al’p 
burmalanishi natijasida vujudga kelgan. Kaledon va gertsin burmalanishlari 
Kolabriya Apeninida, Korsika, Sardiniya va Sisiliyaning shimolida yuz bergan. 
Shuning uchun paleozoy va Al’p strukturalarining litologik tarkibi bir-biridan farq 
qiladi. Paleozoy strukturalari asosan kristall va metamorfik jinslardan, Al’p 
strukturalari mezozoy va kaynozoyning ohaktoshlari, mergellari, qumtoshlari, gilli 
slaneslari va flishlardan tuzilgan. Binobarin, Apenin tog’lari rel’ef shakllariga, 
tektonikasiga va litologik tarkibiga ko’ra uch qismga - Shimoliy, Markaziy va 
Janubiy Apeninlarga bo’linadi. 
Shimoliy Apenin Liguriya, Toskaniya va Apuan Apeninlarini o’z ichiga olib, 
janubda Arno daryosining yuqori oqimigacha davom etadi. Bu tog’lar asosan 
paleogenning gil yotqiziqlaridan va qisman qumtosh hamda konglomeratlardan 
tuzilgan. Tog’lar bo’ylama va ko’ndalang daryo vodiylari bilan kuchli kesilgan, tik 


274 
yon bag’irli ko’pchilik cho’qqilari 1500-2000 m dan oshmaydi. Eng baland nuqtasi 
Chimona tog’ida 2163 m ga teng. Tog’ yon bag’irlarida jarlar, surilmalar keng 
tarqalgan. Apuan tog’lari yirik oq marmar konlari bilan mashhur. Tog’lar orasida 
tektonik harakatlar natijasida chuqur botiqlar hosil bo’lgan. Shimoliy Italiyaning 
ko’plab aholi punktlari ana shu botiqlarda joylashgan. 
Markaziy Apenin Arno va Kalore daryolari oralig’ida joylashgan Umbriya-
Marke Apenini, Abrutstso Apenini va Sobin Apeninidan tashkil topgan. U Apenin 
tog’larining eng baland va kengaygan qismi hisoblanadi. Bu tizmalar asosan 
mezozoyning ohaktoshlaridan tuzilgan bo’lib, ular qat-qat burmalangan, tektonika 
ta’sirida kuchli parchalanib, bir necha massivlarga bo’linib ketgan. Massivlar bir-
biridan tektonik botiqlar va tektonik vodiylar bilan ajralgan. Ularning yon bag’irlari 
ko’pchilik joylarda jarliklar hosil qilgan, tik va yalong’och. Baland cho’qqilarda 
muzlik rel’ef shakllari ham uchraydi. Markaziy Apeninning eng baland nuqtasi 
Gran-Sasso-d Italiya massividagi Korno tog’i dengiz sathidan 2914 m ko’tarilgan. 
O’rmonlarniig ko’plab kesilib ketishi karst jarayonini faollashtirgan. Shuning uchun 
karst rel’ef shakllari va karst tipidagi ko’llar yaxshi rivojlangan. 
Janubiy Apenin Neapol yaqinidagi Kalore vodiysidan boshlanib Kalabriya 
Apeninigacha davom etadi. Bu tog’lar bo’ylama cho’zilgan ikkita polosadan-g’arbi 
Neapol Apenindan va sharqi Lukan Apeninidan iborat. Neapol Apenini Markaziy 
Apeninga o’xshash mezozoy ohaktoshlaridan tarkib topgan, maksimal balandligi 
2000 m dan oshadi. Lukan tog’larining tuzilishida paleogenning slaneslari, gillari va 
qumtoshlari ishtirok etadi. Uning eng yuksak nuqtasi Serra-Dolchedorme 
cho’qqisidir (2271 m). Janubiy Apeninning shimoli-g’arbiy qismida Neapol 
vulkanik hududi vujudga kelgan. Unda maksimal balandlik 1281 m bo’lgan 
harakatdagi Vezuviy vulkani joylashgan. Vezuviyning miloddan oldingi dahshatli 
otilishlari natijasida uning etaklarida bunyod etilgan Pompeya, Gerko’lanim va 
Stabiya shaharlari butunlay vayron bo’lib, lavalar tagida qolib ketgan. Janubiy 
Apeninning sharqiy qismida Gargano yarim orolidan Salentina yarim orolitacha 
cho’zilib yotgan va ohaktoshlardan tuzilgan Gargano (1056 m), Le-Murdje (686 m) 
va Apuliya platolari joylashgan.
Apenin tog’ tizmalari, jumladan Janubiy Apenin burmali tog’lari Krati daryo 
vodiysigacha cho’zilgan. Undan janubda Apenin tog’larining orografik jihatdan 
janubiy davomi bo’lgan qadimiy granit, gneys va kristall slaneslardan tarkib topgan 
Kalabriya Apenini joylashgan. Kalabriya tipik burmali-palaxsali tog’lardan iborat 
bo’lib, o’rtacha balandlikdagi yassi tog’liklar va tog’oralig’i botiqlari ham uchraydi. 
Uning balandligi 2000 m ga yetmaydi. Sisiliya orolidagi Nebrodi va Le-Madonne 
tog’lari Apeninning janubiy tektonik davomi hisoblanadi. Orolning sharqiy qismida 
harakatchan Etna vulkani dengiz sathidan 3340 m baland. Bu butun Apenin 
landshaft oblastining ham eng baland nuqtasidir. Sisiliyadan shimol tomonda 
vulkanik Lipar orollar guruhi joylashgan. Mazkur region foydali qazilmalarga 
unchalik boy emas. Tirren sohilidagi Rudali tog’lardan temir rudasi qazib olinadi. 
Korraradan qazib olinadigan oq marmar dunyoga mashhur. Kalabriyaning kristall 
jinslari qurilish va pardozlash materiallari sifatida ishlatiladi. Markaziy Apenindan 


275 
qo’ng’ir ko’mir va lignit, Abrutstso tog’laridan boksit va bitumli slanes qazib 
olinadi. Sitsiliyada neft va oltingugurt konlari bor. 
Apenin yarim oroli uchun subtropik mintaqaning O’rta dengiz iqlim tipi 
xarakterli. Bu tipdagi iqlim ayniqsa dengiz sohillarida hukmronlik qiladi. Tog’ 
tizmalarida balandlik iqlim mintaqalari shakllangan. Iqlim sharoiti ikki yo’nalishda 
shimoldan janubga va g’arbdan Sharqqa tomon muayyan ravishda o’zgarib boradi. 
G’arbda iqlim sharqqa nisbatan iliqroq va namroq. Iqlimning o’zgarishida, ayniqsa 
atmosfera yog’inlarining taksimlanishida orografik tuzilish katta rol o’ynaydi.
Apeninning Liguriya sohillarida qish iliq va yoz issik bo’ladi. Yanvarning 
o’rtacha harorati +8°S ga, iyulniki +24°S ga teng. Yillik yog’in miqdori 3000-3400 
mm gacha boradi. Sovuq, va qorli kunlar deyarli bulmaydi. Bu tor polosa Italiya 
Riverasi deb yuritiladi. Undan janubda Florentsiya va Rim kengliklari oralig’ida 
joylashgan regionda iqlim Riveraga qaraganda unchalik yumshoq emas. Yanvarning 
o’rtacha harorati +5°+6°S, iyulniki +24°+25°S. Yillik yog’in miqdori g’arbida 1000 
mm dan oshsa, Sharqida 500 mm ga ham yetmaydi. Eng issiq joy yarim orolning 
janubiy qismi va Sisiliya orolidir. Bu yerda iyulning o’rtacha harorati +28°S ni, 
yanvarniki +10°+12°S ni va yillik yog’in miqdori 600 mm ni tashkil etadi. Eng kam 
yog’in Adriatika dengizi sohillarida, ayniqsa Salentina yarim orolida kuzatiladi. 
Yog’in miqdori 400-500 mm dan oshmaydi. Tog’larda 700-800 m balandlikda eng 
issiq oyning o’rtacha harorati +20°S atrofida. Yanvarning 0°S li izotermasi shimolda 
500 m va janubda 1000 m balandlikdan o’tadi. Etna cho’qqisida qor 8-9 oygacha 
saqlanadi. 
Apenin yarim oroli daryolari qisqa, kam suvli, aksariyatining suvi yoz oylarida 
juda kamayib qoladi. Ularning suv rejimi bir xil emas. SHimoldagi daryolar bahor 
va kuzda, janubdagi daryolar qishda yomg’ir suvlaridan to’yinib to’lib oqadi. 
Daryolari O’rta dengiz havzasidagi Liguriya, Tirren, Ioniya va Adriatika 
dengizlariga quyiladi. Eng katta daryosi Tibr Markaziy Apenin tog’laridan 
boshlanib, Tirren dengiziga quyiladi. Uzunligi 405 km, havzasining maydoni 17170 
km
2
. Kemalar daryolarning quyilish joyidan Rimgacha qatnaydi. Qolgan daryolari - 
Arno, Ombrane, Gorilyano, Kalore, Ofanta, Krata va boshqalar Tibrga nisbatan 
ancha kichik. Apeninda uncha katta bo’lmagan ko’llar ham bor. Bular Trazimen, 
Bolsena, Brachchano, Lezima va Varano kabi karst ko’llaridir. 
Apenin yarim orolining nam iqlimli shimoliy hududlari uchun o’rmon qo’ng’ir 
tuproqlari xarakterli. Kserofit o’rmonlarda va butazorlarda jigar rang tuproqlar keng 
tarqalgan. Ayniqsa qo’ng’ir va jigar rang tuproqlarning karbonatli turlari katta 
maydonni egallagan. Neapol vulkanik hududidagi vulkanik jinslarda serhosil 
tuproqlar shakllangan. Terra-rassalarda qizil tuproqlar hosil bo’lgan. Apenin 
landshaft oblastining florasi O’rta dengiz Yevropasining boshqa oblastlari florasidan 
shu bilan farq qiladiki, uning tarkibida Markaziy Yevropa, Osiyo va Afrikaga xos 
o’simlik turlari kam uchraydi. Apenin o’rmonlari uzoq o’tmishdan boshlab kishilar 
tomonidan ayovsiz kesish jarayonini boshdan kechirib kelgan. Ayniqsa dengiz 
sohillaridagi va Markaziy Apenindagi o’rmonlar butunlay yo’q qilib yuborilgan. 
Shuning uchun hozirgi paytda yarim orolning o’rmonlar bilan band bo’lgan maydoni 
atigi 20% ni tashkil etadi. O’rmon massivlari Apeninning shimoliy qismida va 


276 
janubda Kalabriya yarim orolida yaxshi saqlangan. Shimolning flora tarkibida 
bargini to’kadigan daraxtlar va butalar yetakchi rol o’ynaydi. Doimiy yashil 
o’rmonlar va makvislar g’arbda Livorno hududidan boshlab, sharqda Ankonadan 
janubda paydo bo’la boshlaydi. Butazorlar ikkilamchi o’simliklar bo’lib, ular kesib 
yuborilgan o’rmonlar o’rnida vujudga kelgan. Daryo vodiylari bo’ylab sambitgullar 
(tolgullar) keng tarqalgan. Kuchli botqoqlangan qumoq qirg’oqlarda, Toskaniya va 
Rim Maremmasida Italiya qarag’ayi ekilgan. Madaniy o’simliklar ichida zaytun 
daraxtlari, don ekinlari, tokzorlar ko’pchilikni tashkil etadi. Rimdan janubda sitrus 
o’simliklari - apelsin, mandarin va limon plantasiyalari boshlanadi. Ayniqsa 
Kalabriya yarim oroli va Sitsiliya o’zining apelsin va mahalliy limon plantasiyalari 
bilan mashhur. Italiya Riverasi manzarali o’simliklarga boy. Sohil bo’ylab palmalar 
hiyoboni cho’zilgan. Katta maydonlarda apelsinzorlar, zaytunzorlar, anjirzorlar, 
tokzorlar barpo etilgan. Seliteb landshaftlar strukturasida xushbo’y hid tarqatuvchi 
gulli o’simliklar alohida o’rin tutadi. Rivera Italiyaning asosiy kurort markazi 
hisoblanadi. 
Apenin meridian bo’ylab uzoq masofaga cho’zilganligi munosabati bilan 
tog’lardagi mintaqalarning balandlik chegaralari shimol va janubda har-xil. Doimiy 
yashil o’rmonli va butazorli quyi mintaqaning yuqori chegarasi shimolda 300-500 
m va janubda 700-800 m dan o’tadi. Bu mintaqadan yuqorida shimolda 800-1000 
m va janubda 1000-1500 m balandlikkacha kashtan, eman, grab, jo’ka, buklardan 
tashkil topgan keng bargli o’rmonlar mintaqasi joylashgan. O’rmonlarning quyi 
yarusida doimiy yashil flora vakillari uchraydi. Undan yuqorida shimolda 1300-
1400 m gacha va janubda 1800-2000 m gacha bo’lgan balandliklarda igna bargli, 
buk va eman aralash o’rmonlar mintaqasi joylashgan. Apenin tog’lari uncha baland 
bo’lmaganligi sababli subal’p va Al’p o’tloqzorlari juda kam uchraydi. Ular faqat 
eng baland cho’qqilardagina bor. Etna vulkani yon bag’irlari uchun relikt 
o’simliklar xarakterli. Bu yerda muzlik davridan saqlanib qolgan relikt qarag’ay 
o’sadi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish