X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


m baland ko’tarilgan. Undan shimol va janub tomon tog’ massivlari, platolar  1500-1000



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

 
m baland ko’tarilgan. Undan shimol va janub tomon tog’ massivlari, platolar 
1500-1000
 
m gacha pasayib boradi. Ohaktoshli tog’larda karst hodisalari yaxshi 
rivojlangan. O’rta dengiz sohilidagi tog’larning sharqiy qismidan meridian bo’ylab 
cho’zilgan tektonik cho’kma o’tgan. U Arabiston yarim orolini Sinay yarim orolidan 
ajratib turadi. Tektonik cho’kmaning qiyofasi graben shaklida bo’lib, chuqurligi 
shimoldan-janubga tomon orta boradi. Cho’kma o’z navbatida Ul-Gab, Bekaa, O’lik 
dengiz grabenlariga bo’linadi. Iordaniya hududidagi grabenlar ancha chuqur va 
qisman ko’llar bilan band. O’lik dengizining akvatoriyasi okean sathidan 400
 
m, 
botiqning tagi 748
 
m pastda joylashgan. Tektonik cho’kmaning bu qismi Gxor deb 
ataladi. O’lkaning sharqiy qismida Antilivan tog’ tizmalari mavjud, ularning 
balandligi o’rta qismida 2659
 
m ga, Xermon massivida 2800
 
m ga yetadi.
O’rta dengiz Osiyosi hududida yoz faslida tropik havo hukmronlik qiladi, havo 
quruq va issiq bo’ladi. Qishda siklonlar faoliyati tufayli yog’in ko’p bo’ladi. 
Iyulning o’rtacha harorati +24°+28°S, O’lik dengiz sohillarida +30°S dan yuqori, 
eng yuqori harorat +50°S gacha yetadi. Yanvarning o’rtacha harorati Bayrutda 


280 
+13°S ni, Suriyada +4°+5°S ni, O’lik dengiz atrofida +11°+12°S ni tashkil etadi. 
Atmosfera yog’inlari g’arbdan sharqqa va shimoldan janubga tomon kamayib 
boradi. Livant tog’larining g’arbiy yonbag’irlarida 1000-2000 mm, Isroil va 
Iordaniya pastekisliklarida 500
 
mm, O’lik dengiz sohillarida 200 mm yog’in tushadi. 
Tog’ vodiylarida va sharqiy hududlarda 500-300 mm atrofida yomg’ir yog’adi. Yer 
usti suvlari kam rivojlangan. Tog’larning g’arbiy yonbag’iridan boshlanuvchi 
daryolar qisqa va kam suv. Shulardan doimiy oqimga ega bo’lgan Naxr-ul-Litani va 
Naxr-ul-Asi daryolari O’rta dengizga quyiladi. Eng yirik Iordan daryosi Xermon 
massividan boshlanib, Gxor grabenidan oqib o’tadi va O’lik dengizga quyiladi. 
Levantda tektonik cho’kmalarda hosil bo’lgan ko’llar ham bor. Bular O’lik dengiz, 
Tiveriada va Xula ko’llaridir. O’lik dengiz suvining sho’rligi jihatidan dunyoda 
birinchi o’rinda turadi. Suvining o’rtacha sho’rligi 26°/
00
, chuqurlikka tushgan sayin 
bu ko’rsatkich 30°/
00
dan ham oshadi. 
Levantning tuproq-o’simlik qoplami subtropik xarakterga ega. Dengiz 
sohillarida va tog’larning g’arbiy yon bag’irlarida O’rta dengiz subtropikiga xos 
landshaftlar tarkib topgan. Yaxshi rivojlangan qizil va jigar rang tuproqlar makvis 
va gariga tipidagi doimiy yashil butazorlar bilan qoplangan. Doimiy yashil emanlar 
juda siyrak tarqalgan. Yog’in ko’p bo’ladigan joylarda chinor va zaranglardan 
tashkil topgan keng bargli o’rmonlar va sarv butazorlari uchraydi. O’lkaning janubiy 
qurg’oqchil hududlarida kserofit qiyofadagi butazorlar paydo bo’ladi. Tipik sho’r 
tuproqli cho’llarda shuvoq, sho’ra, olabo’ta, saksovul va akasiyalar o’sadi. 
Tog’larning 1000 m dan yuqori qismida Livan kedri, pixta, alepp qarag’ayi kabi igna 
bargli endemik daraxtlar, 2000 m dan balandda daraxtsimon mojjevelniklar, eng 
baland qismida esa Al’p o’tloqzorlari joylashgan. 
Levantda dehqonchiliqning sug’oriladigan va sug’orilmaydigan turlari 
rivojlangan. Tog’larning terrasalashtirilgan quyi qismida bananlar, sitruslar, baland 
qismida toklar, zaytun daraxtlari, shaftoli, olma va noklar ekiladi. Qurg’oqchil 
hududlardagi cho’l landshaftlari o’rtasida vohalar uchraydi. Janubiy vohalarda 
tropik o’simliklardan finik palmasi keng tarqalgan. Levantning fauna tarkibida 
qoplon, sirtlon, chiyabo’ri, karakallar uchraydi. Tog’ o’rmonlarida yovvoyi echki, 
toshloq yerlarda damanlar yashayda. Kemiruvchilardan qo’shoyok, jayra va 
quyonlar xarakterli. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish