X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Mesopotamiya. 
Mesopotamiya Dajla va Frot daryolari oralig’ida joylashgan 
va allyuvial pastekislikdan tashkil topgan o’lka. Uning nomi ham 
"ikki daryo 
oralig’i" 
degan ma’noni bildiradi. Mesopotamiyaning katta qismi Iroqqa, shimoli-
g’arbiy qismi Suriyaga va janubi-sharqiy qismi Eronga qaraydi. Uning tabiatining 
shakllanishi shimolida qurg’oqchil subtropik iqlim, janubida tropik cho’l iqlimi, 
yassi tekis rel’ef va ikki buyuk daryo yetakchi rol o’ynaydi. Mesopotamiya 
pastekisligi Arabiston platformasi kristall massivi bilan Al’p burmali zonasi 
oralig’idagi bukilmada joylashgan. Bukilma Fors qo’ltig’ining dengiz cho’kindilari, 
tog’lardan keltirilgan nuragan toshlar, Dajla va Frot daryolarining allyuvial 
yotqiziqlari bilan to’lgan. Rel’efida gipsometrik jihatdan aniq ifodalangan va bir-
biridan farq qiluvchi ikki xil zinapoya yuza ajralib turadi. Birinchi, 
Mesopotamiyaning Armaniston tog’ligi va Suriya cho’li platosiga yaqin joylashgan 
shimoli-sharqiy qismining yuzasi daryo vodiylari bilai parchalangan sertepa baland 
tekislik hisoblanadi. O’rtacha balandligi 200-400 m, ayrim joylarining balandligi 
1000 m ga yetadigan qirlar kesib o’tgan. Ikkinchi, Mesopotamiyaning janubi-
sharqiy yassi allyuvial pastekislik qismi bo’lib, uning balandligi 100 m ga ham 
yetmaydi. Bu pastekislik Fors qo’ltig’ida yirik del’ta bilan tugaydi. Mesopotamiya 
o’lkai neft konlariga nihoyatda boy. Neftli qatlamlar mezozoyning va paleogenning 
dengiz yotqiziqlarida hosil bo’lgan. Neft qazib olinadigan hududlar Yuqori 
Mesopotamiyaning Mosul va Kirchuk shaharlari atrofida, Quyi
 
Mesopotamiyaning 
Basra, Xuziston shaharlari yaqinida joylashgan.
Yozda
 
Mesopotamiya hududini tropik havo massasi
 
qamrab oladi. Qishda 
o’lkaning shimoliy qismiga Atlantika okeanidan siklonlar kirib keladi, janubiga esa 
juda kam tarqaladi. Bu yerda deyarli yil bo’yi kontinental tropik havo hukmronlik 
qiladi. Shu boisdan o’lkaning shimolida uzoq davom etmasada, yomg’irli davr 
vujudga keladi, janubida esa bunday davr kuzatilmaydi. Binobarin, yog’in miqdori 
ham shu yo’nalishda o’zgarib boradi. Shimolda yillik yog’in miqdori 300 mm, 
balandliklarda 500-700 mm bo’lsa, janubga tomon 200-100 mm gacha kamayadi. 
Ayrim hududlarda 100 mm ga ham yetmaydi. Yozda harorat juda yuqori iyulning 
o’rtacha harorati +30°S dan oshadi, maksimum +55°S ga teng. Sovuq oyning 
o’rtacha harorati shimoldan janubga tomon +7°S dan +10°S gacha o’zgarib boradi. 
Shimoldan antisiklonlar kirib kelganda harorat -10°-16
0
S gacha pasayadi.
Mesopotamiya pastekisligini shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa tomon ikkita 
daryo kesib o’tadi. Bular Dajla va Frot daryolari bo’lib, ular Al-Qurn shahri yaqinida 
uzunligi 195 km ga cho’zilgan va Fors qo’ltig’iga quyiladigan Shatt-ul-Arab 
daryosiga birlashadi. Uning maksimal suv sarfi 8000-10000 m
3
/sek ga, minimal suv 
sarfi 1000-1700 m
3
/sek ga teng. Daryoning har ikkala sohili xurmozorlar bilan band. 


293 
Daryo suvidan qishloq xo’jalik yerlarini sug’orishda keng foydalaniladi. 
Kemalarning qatnovi uchun juda qulay. Dajla daryosi Armaniston Tavri tog’lari 
yonbag’iridan oqib tushadi. Unga Katta va Kichik Zab, Diala kabi irmoqlar kelib 
qo’shiladi. Dajlaning uzunligi 1950 km, havzasining maydoni 375 ming km
2

o’rtacha yillik suv sarfi Bog’dod yaqinida 1240 m
3
/sek. Frot daryosi ham 
Armaniston tog’ligidan boshlanadi. Uning uzunligi 3065 km, havzasining maydoni 
674 ming km
2
, o’rtacha yillik suv sarfi Hit shahri yaqinida 840 m
3
/sek. Pastekislikni 
kesib o’tgan joylarda Frot o’zanining kengligi 150-500 m ga, chuqurligi 10 m ga 
yetadi. Ikkala daryo ham qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Mesopotamiyada 
mavjud bo’lgan barcha voha yerlari Dajla va Frot daryolari suvi bilan sug’oriladi. 
Mesopotamiyaning katta qismi uchun cho’llarga va chala cho’llarga xos 
tuproqlar, o’simliklar xarakterli. Shimoliy qismida tarkibida 1% dan ham kam 
chirindi bo’lgan bo’z tuproqlar, janubida oddiy skeletli cho’l tuproqlari uchraydi. 
Toshloq va qumli cho’llarda tuproq-o’simlik qoplami rivojlanmagan. Pastqam 
joylarda taqirlar va sho’rxoqlar keng tarqalgan. Daryo vodiylarida hosildor allyuvial 
tuproqlar rivojlangan. O’simlik qoplami siyrak tarqalgan kserofitlardan iborat. 
Shimoliy qismida shuvoq, sho’ra va efemeroidlar, janubidagi tropik cho’llarda 
butalar va o’t o’simliklari o’sadi, efemeroidlar kam uchraydi. Balandlik 
yonbag’irlarida u yer bu yerda eman, yovvoyi pista va boshqa butalar ko’zga 
tashlanadi. Daryo vodiylarida Frot teragi, tol, yulg’un va qamishlar o’sadi. Janubiy 
hududlarda madaniy va yovvoyi finik palmalari keng tarqalgan. Cho’llarda 
kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar ko’p uchraydi.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish