X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Karpat tog’laridan  boshlanadi. Barcha daryolar qor va



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

 
Karpat tog’laridan 
boshlanadi. Barcha daryolar qor va
 
yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Lekin ularning 
gidrologik rejimi bir xil emas va yil davomida o’zgarib turadi. Karpat daryolari 
energiya resurslariga boy. Vag daryosida gidroelektrstansiyalar kaskadi bunyod 
etilgan. Tisaning yuqori oqimida, Seret daryosining Bistrisa irmog’ida yirik 
gidrostansiyalar qurilgan. Karpat hududida Al’pga nisbatan yirik ko’llar juda kam, 
lekin kelib chiqishi muzlik bilan bog’liq bo’lgan mayda ko’llar ko’p uchraydi. 
Dunay vodiysida qayir ko’llar keng tarqalagan. Eng yirik ko’li O’rta Dunay 
havzasining g’arbida, past tog’lar oralig’ida joylashgan Balaton (596 km
2
) tektonik 
ko’lidir. Karpat tog’larida tabiiy o’simliklar tekislik va botiqlarga nisbatan tog’larda 
yaxshi saqlangan. Karpatning 40% dan ziyodroq hududi o’rmonlar bilan qoplangan. 
Uning shimoliy qismida 600 m dan 1500 m gacha bo’lgan balandliklarda o’rmonlar 
o’sadi. Sharqiy Karpatning 500 m dan 1500 m gacha bo’lgan past va o’rtacha 
balandliklardagi tog’lar o’rmonlar bilan qoplangan. Bular uchta balandlik polosaga 
bo’linadi. Birinchisi o’rmon-qo’ng’ir tuproqlardagi keng bargli (buk, eman, grab, 
zarang, yavor) o’rmonlar polosasi, ikkinchisi tog’-o’rmon tuproqlaridagi aralash 
(keng va igna bargli) o’rmonlar polosasi va uchinchisi tog’-qo’ng’ir va tog’-podzol 
tuproqlardagi igna bargli (evropa yeli, pixta) o’rmonlar polosasi. 
Karpatning gumbazsimon baland qismlari subal’p va al’p o’tloqlari bilan 
qoplangan. Subal’p mintaqa 1500-1800 m balandliklarda o’tloq tuproqli yerlarda 
yaxshi rivojlangan. Bu mintaqada yer bag’irlab o’sadigan karag’aylar, yashil zirklar, 
mojjevelniklar, butalardan Kochi rododendroni, yarim butalardan chernika keng 
tarqalgan. 
Subal’p 
o’tloqzorlari poloninalar (yaylovlar) deb yuritiladi. 
Poloninalarning asosiy o’simlik qoplamini belouslar tashkil etadi. Al’p o’tloqlari 
1800 m dan yuqorida uchraydi. Bu yerda past bo’yli boshoqli o’tlar o’sadi. 
Butalardan faqat Kochi rododendroni uchraydi. 
Dunaybo’yi tekisliklarining tipik florasi o’rmon-dasht va dasht 
o’simliklaridan iborat. O’rmon-dashtlar O’rta Dunay tekisligida va dashtlar Quyi 
Dunay tekisligida hukmronlik qilgan. Tekisliklardagi pushta deb ataluvchi dashtlar 
hozirgi vaqtda juda kam saqlanib qolgan. Chunki qora tuproqli Dunaybo’yi 
tekisliklari butunlay o’zlashtirilib, ularning o’rnida tokzorlar, mevali bog’lar, 
manzarali daraxtlar barpo etilgan. Qishloq xo’jaligida bug’doy, suli, makkajo’xori, 
qand lavlagi, kartoshka va boshqalar yetishtiriladi. Transilvaniya Al’pida, Sofiya, 


269 
Karlova, Kazanlik botiqlarida efir yog’i beradigan atirgul, lavanda plantasiyalari va 
mevali bog’lar barpo etilgan. Dunay vodiysida qayir o’rmonlari uzun lentasimon 
polosa bo’ylab yaxshi saqlangan. Qayir o’rmonlari terak, tol, tog’ terak, osinalardan 
iborat. Qayirlarda qamishzorlar ham uchraydi. 
Zoogeografik jihatdan Karpatda o’rmon fauna kompleksi hukmronlik qiladi. 
Bu yerda sut emizuvchilarning 74 turi, qushlarning 280 turi, amfibiyalarning 17 turi 
uchraydi. Keng bargli o’rmonlarda yovvoyi cho’chqa, asl zotli bug’u, kosulya, tulki, 
bo’ri, o’rmon mushugi, o’rmon sonyasi, yong’oqzor sonyasi, olmaxon, savsar va 
bo’rsiqlar yashaydi. Tog’ taygalarida qo’ng’ir ayiq va silovsin bor. Endemik 
hayvonlardan Karpat tritoni uchraydi. Qushlardan kaklik, qarqur, chil, kedrovka, 
qora qizilishton, snigeriya, burgut, kalxat ukkilar keng tarqalagan.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish