X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Nazorat savollari: 
1.
Yevrosiyo geografik o’rnidagi asosiy xususiyatlar qanday aks etgan? 
2.
Evropa va Osiyo tushunchasini tavsiflang? 
3.
Materik okean qismlari qanday xususiyatlarga ega? 
4.
Yevrosiyoning o’rganilish tarixiga izoh bering? 
 
6.2. YEVROSIYO MATERIGI TEKTONIKASI 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
kembriy, tektonik harakatlar, platformalar, 
paleozoy, mezozoy, kaynozoy, Gondvana, Baykal burmalanish oblastlari, Paleozoy 
burmalanish oblastlari, Mezozoy burmalanish oblastlari, Kaynozoy burmalanish 
oblastlari, Valday muzligi. 
 
Yevrosiyoning geologik tuzilishida barcha geologik davrlarda - kembriydan 
oldingi davrdan boshlab to’rtlamchi davrgacha paydo bo’lgan metamorfik, otqindi 
va cho’kindi tog’ jinslari ishtirok etadi. Bu tog’ jinslari materik hududida g’oyat 
xilma-xil bo’lib, ular tektonik harakatlar natijasida bir necha marta o’zgarishlarga 
duch kelgan murakkab geologik hodisalarni o’zida aks ettiradi. Yevrosiyoning 
hozirgi mavjud bo’lgan geologik strukturasining shakllanishida Yer yuzidagi 
ma’lum barcha davr burmalanishlari ro’y bergan. Bu burmalanishlar natijasida 
materikning asosiy struktura birliklari platformalar, burmalangan tog’lar, 
geosinklinallar hamda xilma-xil tektonik shakllar vujudga kelgan. 
Kembriydan oldingi burmalanish oblastlari.
Materikning eng qadimdan 
kontinental rejimga o’tgan qismi kembriydan oldin vujudga kelgan platformali 
strukturalardir. Ularni paleozoy, mezozoy va kaynozoyda hosil bo’lgan cho’kindi 
jinslar qoplab olgan. Yevrosiyoning qadimgi yadrolaridan biri Sharqiy Yevropa yoki 
Rossiya platformasidir. Bu platforma o’rta proterozoyda, Kareliya burmalanishi 
davrida shakllangan. Uning g’arbiy qismi uchun Boltiq va Ukraina qalqonlari hamda 
Belorus va Voronej anteklizalari xarakterli. Platformaning botiq zaminidagi asosiy 
strukturalar sinklizalardir. Uning g’arbida Pol'sha-Germaniya, Boltiq sinklizalari va 


204 
sharqda Moskva, Pechora, Kaspiybo’yi sinklizalari mavjud. Arxey va proterozoyda 
hosil bo’lgan kristall jinslar - gneyslar, granitlar, slyudali slaneslar, amfibolitlar, 
fillitlar, 
kvarsitlar, 
qumtoshlar, 
platformaning 
burmalangan, 
murakkab 
dislokasiyalashgan zaminini tashkil etadi. Platformaning usti yoshroq jinslar bilan 
qoplangan bo’lib, ular uncha burmalangan emas. Yoshroq jinslarning qalinligi turli 
joylarda turlicha bo’lib, zamin rel’efining past-balandligiga bog’liq. Qadimiy 
kristall jinslar qalqonlarda va anteklizalarda yer yuzasiga yaqin va ayrim joylarda 
yer yuzasiga chiqib yotsa, sinklizalarda 2000-4000 m, Kaspiybo’yida esa 10 000 m 
dan ham pastda yotadi. 
Materikning Osiyo qismidagi qadimiy kristall jinsli platformali yadrolar Sibir, 
Xitoy, Arabiston va Hindiston platformalaridan tashkil topgan. Sibir 
platformasining geologik tuzilishi va rivojlanish tarixi ko’p jihatdan Sharqiy 
Yevropa platformasiga o’xshaydi. Biroq undan farqi Sibir platformasi yuqori 
proterozoyda shakllangan va 1 mln. km
2
dan ziyod maydoni trappa magmalari bilan 
qoplangan. U o’zining hududiy chegarasi jihatdan O’rta Sibir yassi tog’ligiga to’g’ri 
keladi. 
Platforma zaminining ko’tarilib turgan katta qismlari Aldan qalqoni, Anabara 
massivi, Yenisey va Turuxan balandliklarini tashkil etadi. Uning botiq qismlari 
Tunguska, Vilyuy, Xatanga sinklizalaridan va Angara-Lena bukilmasidan iborat. Bu 
sinklizalar turli xil davrlarda hosil bo’lgan. Tunguska sinklizasi quyi paleozoyda, 
Xatanga sinklizasi o’rta paleozoyda va Vilyuy sinklizasi mezozoyda cho’kkan. 
Ularning chuqurligi 6-8 km gacha yetadi. Sibir platformasining geologik tuzilishi 
O’rta Sibir yassi tog’ligi yer yuzasining asosiy xususiyatlarini belgilaydi. Xitoy 
platformasi alohida-alohida Shimoliy Xitoy, Janubiy Xitoy, Tarim, Tibet kabi 
barqaror massivlardan tarkib topgan. Yevrosiyoning janubiy qismida joylashgan 
Arabiston va Hindiston platformalari geologlarning faraziga ko’ra Gondvana 
quruqligining parchalangan bo’laklari bo’lib, ular paleogenning oxiri va neogenning 
boshlarida materikka qo’shilgan. Bu platformalarning ayrim joylarida qadimiy 
zamin yer yuzasiga chiqib yotib, materikning Osiyo qismida qalqonlar tizimini 
tashkil etadi. Bular Arabiston, Sino-Koreya va boshqa qalqonlardir. 
Osiyodagi platformalar Sharqiy Yevropa platformasidan farq qilib, ular 
harakatchan qadimiy platformalar guruhiga kiradi. Bu platformalar dengiz sathidan 
ancha balandda joylashgan bo’lib, kontinental yotqiziqlarning yuvilib ketish va 
to’planish jarayonlari xarakterli. Osiyo platformalari harakatchan bo’lganligi tufayli 
bu yerda chuqur tektonik yoriqlar faqat qadimiy zaminda sodir bo’lib qolmasdan, 
ularni qoplab olgan cho’kindi qatlamda ham yuz beradi. Natijada magmalar otilib 
turli yoshdagi trappa formasiyalarini hosil qiladi. Jumladan, Hindiston yarim 
orolining 1mln. km
2
maydonini qoplab olgan va qalinligi 3000-4000 m keladigan 
trappa magmalari yuqori trias va yura davrida, Arabiston platformasining janubi-
g’arbidagi trappa magmalari bo’r va uchlamchi davrlarda, Xitoy platformasining 
janubi-g’arbidagi trappa magmalari permdan keyin hosil bo’lgan. Yevrosiyoda 
kembriydan oldingi burmalanish natijasida vujudga kelgan geologik strukturali 
oblastlardan tashqari Baykal burmalanishi, paleozoy (Kaledon, Gertsin) 


205 
burmalanishi, mezozoy burmalanishi va kaynozoy (Al’p) burmalanishi oblastlari 
mavjud. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish