X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Baykal burmalanish oblastlari



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Baykal burmalanish oblastlari.
Baykal burmalanishi materikning sharqiy 
qismi uchun xarakterli bo’lib, bu geologik strukturalar proterozoy erasi bilan 
paleozoy erasi o’rtasida, aniqrog’i proterozoyning oxiri va kembriyning boshida 
geosinklinal tipdagi harakatchan chekka zonalarida vujudga kelgan. Bu bosqichda 
hosil bo’lgan strukturalar rel’efi burmali-palaxsali tog’lardan: Sharqiy Sayan, 
Yenisey kryaji, Tunkin tog’lari, Xamar-Daban, Baykalbo’yi, Shimoliy Baykal 
tog’liklari hamda Vitim yassi tog’ligidan iborat. Bu strukturalar Sibir platformasini 
g’arb, janub va janubi-sharqdan yarim xalqa sifatida o’rab olgan. Baykal 
burmalanishi bosqichida vujudga kelgan tog’larning va yassi tog’liklarning geologik 
tuzilishi kembriydan oldingi va undan keyingi tog’ jinslaridan tarkib topgan. Bu 
mintaqada ayniqsa granit intruziyalari va oqib chiqqan trappa magmalari ko’p 
uchraydi. 
Paleozoy burmalanish oblastlari. 
Paleozoy erasida yuz bergan tog’ hosil 
bo’lishi jarayonlari ikki bosqichdan - kaledon yoki quyi paleozoy burmalanishidan 
va Gertsin yoki yuqori paleozoy burmalanishidan iborat. Kaledon (Quyi paleozoy) 
burmalanishida hosil bo’lgan strukturalar Atlantika geosinklinal mintaqasida bir 
necha oblastlarni tashkil etadi. Bular Skandinaviya yarim orolidagi tog’lar, Buyuk 
Britaniyaning Shimoliy qismi va boshqalar. Kaledon burmalanishi natijasida 
Yevrosiyo geosinklinal mintaqasida Markaziy Fransiya massivi, Janubiy 
Yevrosiyoning bir qismi, Kichik Osiyo va Eron tog’liklari, palaxsali o’rtaliq 
massivlari shakllandi. Materikning markaziy va Sharqiy qismlarida G’arbiy Sayan, 
Kuznesk Olatovi, Salair kryaji, Oltoyning Sharqiy rayonlari, Qozog’iston burmali 
tog’larining g’arbiy qismi, Tyanshanning shimolidagi burmali tog’lar, Tannu-Ola 
tog’larining katta qismi va Xitoyning janubi-sharqidagi burmalangan tizmalar hosil 
bo’ldi. Kaledon burmalanishi qisman Uralda, Novaya Zemlya orolida, G’arbiy Sibir 
tekisligiga yondosh bo’lgan joylarda ham sodir bo’lgan. Quyi paleozoyning tog’ 
jinslari kuchli burmalangan va metamorflashgandir. 
Gertsin (Yuqori paleozoy) burmalanishi Janubiy Yevrosiyo geosinklinal 
mintaqasi bo’ylab, g’arbda Atlantika okeani sohillaridan sharqda Hindiston yarim 
oroligacha cho’zilgan. Gertsin burmalanish strukturasiga Pireney yarim orolidagi, 
Britaniya orollarining janubiy qismidagi, Fransiyadagi tog’lar, Markaziy 
Yevropaning o’rtacha balandlikdagi tog’lari, Ural, Tyanshanning markaziy 
qismlaridagi burmali tog’lar, Taymir, Qozog’iston burmali tog’larining janubi-
sharqiy qismi, Turon plitasi, G’arbiy Sibir plitasi, Janubi-Sharqiy Zabaykale, O’rta 
Amurbo’yi va boshqa tog’lar kiradi. Gertsin burmalanishi davrida Sharqiy Yevropa, 
Sibir va Xitoy platformalarining tarmoqlanishi hisobiga materikning yanada 
kengayishi yuz berdi. Materikning janubiy chegarasi janubga tomon cho’kindi 
jinslarning to’planish jarayoni davom etayotgan Al’p-Himolay geosinklinal 
mintaqasigacha siljigan. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish