Nazorat savollari:
1.
Yevrosiyo geografik o’rnidagi asosiy xususiyatlar qanday aks etgan?
2.
Evropa va Osiyo tushunchasini tavsiflang?
3.
Materik okean qismlari qanday xususiyatlarga ega?
4.
Yevrosiyoning o’rganilish tarixiga izoh bering?
6.2. YEVROSIYO MATERIGI TEKTONIKASI
Tayanch so’z va iboralar:
kembriy, tektonik harakatlar, platformalar,
paleozoy, mezozoy, kaynozoy, Gondvana, Baykal burmalanish oblastlari, Paleozoy
burmalanish oblastlari, Mezozoy burmalanish oblastlari, Kaynozoy burmalanish
oblastlari, Valday muzligi.
Yevrosiyoning geologik tuzilishida barcha geologik davrlarda - kembriydan
oldingi davrdan boshlab to’rtlamchi davrgacha paydo bo’lgan metamorfik, otqindi
va cho’kindi tog’ jinslari ishtirok etadi. Bu tog’ jinslari materik hududida g’oyat
xilma-xil bo’lib, ular tektonik harakatlar natijasida bir necha marta o’zgarishlarga
duch kelgan murakkab geologik hodisalarni o’zida aks ettiradi. Yevrosiyoning
hozirgi mavjud bo’lgan geologik strukturasining shakllanishida Yer yuzidagi
ma’lum barcha davr burmalanishlari ro’y bergan. Bu burmalanishlar natijasida
materikning asosiy struktura birliklari platformalar, burmalangan tog’lar,
geosinklinallar hamda xilma-xil tektonik shakllar vujudga kelgan.
Kembriydan oldingi burmalanish oblastlari.
Materikning eng qadimdan
kontinental rejimga o’tgan qismi kembriydan oldin vujudga kelgan platformali
strukturalardir. Ularni paleozoy, mezozoy va kaynozoyda hosil bo’lgan cho’kindi
jinslar qoplab olgan. Yevrosiyoning qadimgi yadrolaridan biri Sharqiy Yevropa yoki
Rossiya platformasidir. Bu platforma o’rta proterozoyda, Kareliya burmalanishi
davrida shakllangan. Uning g’arbiy qismi uchun Boltiq va Ukraina qalqonlari hamda
Belorus va Voronej anteklizalari xarakterli. Platformaning botiq zaminidagi asosiy
strukturalar sinklizalardir. Uning g’arbida Pol'sha-Germaniya, Boltiq sinklizalari va
204
sharqda Moskva, Pechora, Kaspiybo’yi sinklizalari mavjud. Arxey va proterozoyda
hosil bo’lgan kristall jinslar - gneyslar, granitlar, slyudali slaneslar, amfibolitlar,
fillitlar,
kvarsitlar,
qumtoshlar,
platformaning
burmalangan,
murakkab
dislokasiyalashgan zaminini tashkil etadi. Platformaning usti yoshroq jinslar bilan
qoplangan bo’lib, ular uncha burmalangan emas. Yoshroq jinslarning qalinligi turli
joylarda turlicha bo’lib, zamin rel’efining past-balandligiga bog’liq. Qadimiy
kristall jinslar qalqonlarda va anteklizalarda yer yuzasiga yaqin va ayrim joylarda
yer yuzasiga chiqib yotsa, sinklizalarda 2000-4000 m, Kaspiybo’yida esa 10 000 m
dan ham pastda yotadi.
Materikning Osiyo qismidagi qadimiy kristall jinsli platformali yadrolar Sibir,
Xitoy, Arabiston va Hindiston platformalaridan tashkil topgan. Sibir
platformasining geologik tuzilishi va rivojlanish tarixi ko’p jihatdan Sharqiy
Yevropa platformasiga o’xshaydi. Biroq undan farqi Sibir platformasi yuqori
proterozoyda shakllangan va 1 mln. km
2
dan ziyod maydoni trappa magmalari bilan
qoplangan. U o’zining hududiy chegarasi jihatdan O’rta Sibir yassi tog’ligiga to’g’ri
keladi.
Platforma zaminining ko’tarilib turgan katta qismlari Aldan qalqoni, Anabara
massivi, Yenisey va Turuxan balandliklarini tashkil etadi. Uning botiq qismlari
Tunguska, Vilyuy, Xatanga sinklizalaridan va Angara-Lena bukilmasidan iborat. Bu
sinklizalar turli xil davrlarda hosil bo’lgan. Tunguska sinklizasi quyi paleozoyda,
Xatanga sinklizasi o’rta paleozoyda va Vilyuy sinklizasi mezozoyda cho’kkan.
Ularning chuqurligi 6-8 km gacha yetadi. Sibir platformasining geologik tuzilishi
O’rta Sibir yassi tog’ligi yer yuzasining asosiy xususiyatlarini belgilaydi. Xitoy
platformasi alohida-alohida Shimoliy Xitoy, Janubiy Xitoy, Tarim, Tibet kabi
barqaror massivlardan tarkib topgan. Yevrosiyoning janubiy qismida joylashgan
Arabiston va Hindiston platformalari geologlarning faraziga ko’ra Gondvana
quruqligining parchalangan bo’laklari bo’lib, ular paleogenning oxiri va neogenning
boshlarida materikka qo’shilgan. Bu platformalarning ayrim joylarida qadimiy
zamin yer yuzasiga chiqib yotib, materikning Osiyo qismida qalqonlar tizimini
tashkil etadi. Bular Arabiston, Sino-Koreya va boshqa qalqonlardir.
Osiyodagi platformalar Sharqiy Yevropa platformasidan farq qilib, ular
harakatchan qadimiy platformalar guruhiga kiradi. Bu platformalar dengiz sathidan
ancha balandda joylashgan bo’lib, kontinental yotqiziqlarning yuvilib ketish va
to’planish jarayonlari xarakterli. Osiyo platformalari harakatchan bo’lganligi tufayli
bu yerda chuqur tektonik yoriqlar faqat qadimiy zaminda sodir bo’lib qolmasdan,
ularni qoplab olgan cho’kindi qatlamda ham yuz beradi. Natijada magmalar otilib
turli yoshdagi trappa formasiyalarini hosil qiladi. Jumladan, Hindiston yarim
orolining 1mln. km
2
maydonini qoplab olgan va qalinligi 3000-4000 m keladigan
trappa magmalari yuqori trias va yura davrida, Arabiston platformasining janubi-
g’arbidagi trappa magmalari bo’r va uchlamchi davrlarda, Xitoy platformasining
janubi-g’arbidagi trappa magmalari permdan keyin hosil bo’lgan. Yevrosiyoda
kembriydan oldingi burmalanish natijasida vujudga kelgan geologik strukturali
oblastlardan tashqari Baykal burmalanishi, paleozoy (Kaledon, Gertsin)
205
burmalanishi, mezozoy burmalanishi va kaynozoy (Al’p) burmalanishi oblastlari
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |