X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Nazorat savollari: 
1.
Tabiiy geografik rayonning o’lkalarga ajralish sabablarini ayting? 
2.
Kordil’era tog’lari tabiiy sharoitiga tavsif bering? 
3.
Tabiiy geografik o’lkalarga qiyosiy tavsif bering? 
4.
TGRning o’lkalarga ajratishning geografik tomonlarini aniqlang? 
5.7.4. MARKAZIY AMERIKA TABIIY GEOGRAFIK RAYONI 
Tayanch so’z va iboralar: 
Markaziy Amerika, gidrografik to‘r, Panama 
bo‘yni, Taxumulko, Serra-Madre, laterit tuproq, seysmik harakatlar. 
 
Markaziy Amerika Shimoliy Amerikaning eng janubiy kambar qismidagi 
maydoni jihatdan Sharq va G‘arb o‘lkalariga nisbatan kichik tabiiy geografik o‘lka 
hisoblanadi. U shimol tomonda Meksika tog‘ligining janubiy etagidagi Balsas 
vodiysi tektonik botig‘idan boshlanib, janubda Shimoliy Amerikani Janubiy 
Amerika bilan tutashtirib turuvchi Daren qo‘ltig‘igacha davom etadi. Markaziy 
Amerika shimoli-sharq tomonda Atlantika okeanining Meksika qo‘ltig‘i va Karib 
dengizi bilan o‘ralgan bo‘lsa, janubi-g‘arb tomonda Tinch okean bilan o‘ralgan. 
Uning uzunligi 2400 km, kengligi Panama bo‘ynida 48 km, Yukatan yarim oroli 
kengligida 960 km ni tashkil etadi. O‘lkaning xarakterli xususiyatlaridan biri 
shundan iboratki, uning barcha hududida seysmik harakatlar ancha faol bo‘lib, 
hozirgi zamon vulkanlari tez-tez harakatga kelib turadi. Buning natijasida vaqti-
vaqti bilan kuchli zilzilalar sodir bo‘lib, katta talafotlar keltiradi. 
Markaziy Amerikaning Tinch okean sohili kambar pastekislik bo‘lib, dengiz, 
allyuvial va vulkanik yotqiziqlardan tashkil topgan. Qirg‘oq chizig‘i shimolda tekis 
va kam, janubida esa aksincha qo‘ltiqlar bilan kuchli parchalangan, yarim orollar va 
orollar hosil bo‘lgan. Kuchli parchalangan janubiy sohilda Teuantepek, Papagayo, 
Nikoya, Koronado, Osa, Chiriki, Asuero va Panama qo‘ltiqlari joylashgan. Meksika 
qo‘ltig‘i va Karib dengizi sohillari tekis, parchalanish kam va qo‘ltiqlar ham sanoqli. 
Meksika qo‘ltig‘i sohilida Kampechi qo‘ltig‘i va Karib dengizi sohilida Gonduras 
hamda Maskitos qo‘ltiqlari bor. Qirg‘oq yaqinlarida marjon orollari va morjon riflari 
keng tarqalgan. 
Markaziy Amerikaning tog‘lari asosan uning g‘arbiy qismida joylashgan. 
Ular Janubiy Serra-Madre va Serra-Madre tog‘lari deb ataladi. Sharqiy qismida, 


197 
Meksika qo‘ltig‘i va Karib dengizi sohillarida pastekisliklar keng polosa hosil qilib 
cho‘zilgan. Tinch okean sohilidagi kambar pastekisliklar ustidan kristall, 
burmalangan cho‘kindi va vulkanik jinslardan tuzilgan tog‘lar va tog‘
massivlari 
okean sathidan 2000-3000 m baland ko‘tarilgan. Ayniqsa Tinch okean yonbag‘ri 
bo‘ylab joylashgan so‘ngan va harakatdagi vulkanlarning balandligi 4000 m dan 
ham ortadi. Markaziy Amerikaning eng baland nuqtasi Gvatemala tog‘laridagi 
Taxumulko
so‘ngan vulkanidir (4220 m). Balandligi jihatidan undan keyingi o‘rinda 
Takana
vulkani (4046 m), 
Mamatombo 
(1280 m) turadi. Kosta-Rikadagi 
Irasu
vulkanining balandligi 3452 m ga, Panamadagi 
Chiriki 
vulkanining balandligi 3374 
m ga yetadi. Harakatdagi Fuego, Santa-Mariya va Atitlan vulkanlarining balandligi 
3000 m dan oshadi. Janubiy Serra-Madre, Serra-Madre va undan janubi-sharqdagi 
tog‘lar tektonik cho‘kmalar, botiqlar va chuqur daryo vodiylari bilan kesilib, bir 
qator tizmalarga, tog‘ massivlariga bo‘lingan. Tektonik cho‘kmalarda, botiqlarda va 
vodiylarda hosil bo‘lgan baland tekisliklar Markaziy Amerika davlatlarining aholi 
zich yashaydigan va sanoat markazlari rivojlangan asosiy rayonlari hisoblanadi. 
Markaziy Amerikaning sharqiy Meksika qo‘ltig‘i va Karib dengizi 
qirg‘oqbo‘yi pastekisliklari Tinch okean sohilidagi pastekisliklarga nisbatan 
kengligi bilan farq qiladi. Ayniqsa, Yukatan yarim orolining deyarli hamma hududi 
katta masofaga cho‘zilgan keng pastekislikdan iborat. Meksika qo‘ltig‘i va Karib 
dengizi sohilidagi pastekisliklar gil yotqiziqlari bilan qoplangan. Yukatan yarim 
orolida esa paleogen va neogen davrlarining ohaktoshlari yer yuzasiga chiqib yotadi 
va karst tipidagi relyef shakllarining yaxshi rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. 
Sohillarda botqoqlangan yerlar, lagunalar, qum tillari, dyuna gryadalari keng 
tarqalgan. 
Markaziy Amerikaning hududi kichik bo‘lishiga qaramasdan ikkita iqlim 
mintaqasida – tropik va subekvatorial mintaqalarda joylashgan. Ular o‘rtasidagi 
chegara Nikaragua tektonik cho‘kmasidan o‘tadi. Iqlim sharoitining xarakterli 
xususiyati eng issiq oy bilan eng salqin oyning harorati o‘rtasidagi farqning juda 
kam bo‘lishidir. Bunday farq atigi 3-5°S ni tashkil etadi. Pastekisliklarda va tog‘ 
etaklarida eng salqin oyning o‘rtacha harorati shimolida +21
0
+24°S ga, janubida 
+26°S ga, eng issiq oyning o‘rtacha harorati +27
o
+28°S ga teng. 
Markaziy Amerikada yog’in bir tekisda taqsimlanmagan. O‘lkaning sharqiy 
Atlantika okeaniga qaragan qismi shimoli-sharqiy passatlar keltiradigan nisbatan 
nam bo‘lgan tropik havo massalari ta’sirida bo‘ladi. Bu havo massalari yil davomida 
harakatda bo‘lib, yoz oylarida juda intensivlashadi. Shuning uchun Markaziy 
Amerika tog‘larining sharqiy yonbag‘irlari va dengiz sohillaridagi keng 
pastekisliklar uchun nam tropik iqlim xarakterli bo‘lib, yog’in yil bo‘yi takrorlanib 
turadi. Yog’inning maksimal qismi yoz fasliga to‘g‘ri keladi. O‘rtacha yillik yog’in 
miqdori shimolda 1500-2000 mm dan janubda 3000-4000 mm gacha, hatto ayrim 
yonbag‘irlarda 7000 mm gacha boradi. G‘arbiy Tinch okean yonbag‘irlarida nam 
iqlim faqat yoz oylariga to‘g‘ri kelib, yog’in shimolda 1000 mm atrofida tushadi. 
Quruq davr bir yilda 6-7 oy davom etadi. Janubda esa yog’in miqdori 1700 mm 
gacha ko‘payib, quruq davr 3 oygacha qisqaradi. Ichki botiqlarda va Yukatan yarim 
orolining shimoli-g‘arbiy qismida yog‘in miqdori 500 mm dan oshmaydi. 


198 
Markaziy Amerikaning eng janubiy qismi subekvatorial iqlim mintaqasida 
joylashgan. Bu yerga namlikni janubdan va janubi-g‘arbdan ekvatorial havo 
massalari olib keladi. Yog‘in asosan yoz oylarida bo‘ladi. 
Markaziy Amerikaning deyarli barcha daryolari qisqa, tez oqar, jo‘shqin, 
sersuv va gidroenergiya zahirasiga boy. O‘lkaning bosh suvayirg‘ichi Atlantika 
okeaniga nisbatan Tinch okeanga yaqin joylashgan. Shuning uchun sharqqa qarab 
oquvchi, Meksika qo‘ltig‘i va Karib dengiziga quyuluvchi daryolar uzunroq hamda 
yil bo‘yi to‘lib oqadi. Tinch okeanga quyuluvchi daryolar esa juda qisqa, faqat yozda 
to‘lib oqadi. Yukatan yarim orolida atmosfera yog‘inlari yetarli darajada bo‘lishiga 
qaramasdan gidrografiya to‘ri rivojlanmagan. Chunki, karst hodisalarining keng 
tarqalganiga sababli yog‘innning hamma qismi yer ostiga singib ketib, karst 
gidrografiyasini hosil qiladi. Bu yerda yashaydigan aholi suvga bo‘lgan ehtiyojini 
qondirish uchun yer ostida to‘plangan karst suvlaridan foydalanadi. 
Tog‘ tizmalarini bir-biridan ajratib turuvchi tektonik botiqlarda ko‘plab 
ko‘llar vujudga kelgan. Ana shunday tektonik ko‘llardan eng yiriklari Nikaragua va 
Managua hisoblanadi. Nikaragua Markaziy Amerikaning eng katta ko‘li bo‘lib, 
uning maydoni 8430 km
2
, uzunligi 167 km va maksimal chuqurligi 70 m. Ko‘lning 
suv sathi quruq va nam fasllarga qarab o‘zgarib turadi. Tipitapa daryosi Managua 
ko‘lidan oqib chiqib Nikaragua ko‘liga quyiladi. Nikaraguadan San-Xuan daryosi 
oqib chiqadi va Karib dengiziga quyiladi. Ko‘lning g‘arbiy qismida Ometepe oroli 
va shu nomli vulkan joylashgan. 
Markaziy Amerikaning tuproqlari va o‘simliklari iqlim mintaqalariga va yer 
yuzasining orografik tuzilishiga moslashgan holda taqsimlangan. Uning shimoli-
sharqiy qismidagi pastekisliklarda va tog‘ yonbag‘irlarining 800 m balandlikkacha 
bo‘lgan hududlarida podzollashgan laterit tuproqlari keng tarqalgan. Yevropaliklar 
kelgunga qadar bu yerlar nam tropik o‘rmonlari bilan qoplangan. Keyinchalik 
o‘rmonlarning kesilib ketishi tufayli ularning maydoni qurib qolgan. Saqlanib 
qolgan o‘rmonlarda qimmatbaho yog‘och beradigan nim pushti, qora rangli 
daraxtlar, qizg‘ish maxagoni daraxti, xilma-xil palmalar, dafnalar, bambuklar, 
paparotniklar (qirqquloqpar) va fikuslar o‘sadi. O‘rmonlarda liana va epifitlar yaxshi 
rivojlangan. O‘zlashtirilgan pastekisliklarda va yonbag‘irlarning quyi qismida 
banan, shokolad daraxti, shakarqamish plantasiyalari barpo etilgan. 
Tog‘larning 1000-1500 m dan yuqori bo‘lgan shimoli-sharqiy yonbag‘irlari 
eman, qarag‘ay, daraxtsimon paparotniklar (qirqquloqlar) bilan, 3200 m 
balandlikkacha bo‘lgan qismi eman, magnoliya, igna bargli daraxtlar bilan 
qoplangan. Bu mintaqalarda o‘rmonlar quyi mintaqaning nam tropik o‘rmonlariga 
nisbatan yaxshi saqlangan. Undan yuqorida subal’p va al’p o‘tloqzorlari joylashgan. 
O‘lkaning janubi-g‘arbiy namlik yaxshi bo‘lgan va qizil tuproqlar rivojlangan 
quyi mintaqada seyba va sedrella o‘rmonlari o‘sadi. Atmosfera yog‘inlari kam 
tushadigan tog‘ etaklari mimoza va akasiyalardan tashkil topgan siyrak o‘rmonlar 
hamda kserofit butazorlar bilan qoplangan. Quyi mintaqaning o‘zlashtirilgan 
maydonlari tamaki va paxta ekinlari bilan band. Okean sathidan 600-900 m 
balandliklar oralig‘ida kofe yetishtiriladi. O‘rta mintaqaning o‘rmonlari eman, oq 
zirk, likvidambar va boshqa daraxtlardan tashkil topgan. O‘zlashtirilgan yerlarda 


199 
makkajo‘xori, bug‘doy, loviya, no‘xat kabi don ekinlari eqiladi. Yuqori mintaqada 
qarag‘ayzorlar keng tarqalgan bo‘lib, yel va pixtalar aralash holda o‘sadi. Yassi 
tog‘liklar yaylov sifatida foydalaniladi. Madaniylashtirilgan hududlarida kartoshka, 
arpa va dukkakli o‘simliklar ekiladi. Binobarin, o‘simliklar geografiyasini tahlili 
shuni ko‘rsatadiki, Markaziy Amerikaning flora tarkibida Nikaragua tektonik 
botig‘idan shimolda Shimoliy Amerikaga xos turlar, janubda Janubiy Amerikaga 
xos turlar hukmronlik qiladi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish