X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

AQSh Kordil’erasi.
AQSh Kordil’era tog‘lari o’lkasi Kaliforniya botig‘i va 
Katta Havzaning shimoliy qismlaridan boshlanib, janubda Kaliforniya qo‘ltig‘i va 
Meksika tog‘lig’igacha davom etadi. Uning hududi subtropik kengliklarda 
joylashgan bo‘lib, quruq iqlim va kserotermik sharoitda vujudga kelgan landshaft 
majmualari bilan Kanada va Alyaska Kordil’eralaridan ajralib turadi. AQSh 
Kordil’erasi shimoldagi o’lkalardan o‘zining nisbatan kengligi, geologik strukturasi 
va orografik tuzilishining murakkabligi bilan ham farq qiladi. 
Bu hududda ham Kordil’era tizimining boshqa qismlariga o‘xshash tog‘ 
tizmalari va ularni bir-biridan ajratib turgan ichki platolar, botiqlar Tinch okean 
qirg‘oqlariga parallel ravishda joylashgan. G‘arbda sohil bo‘ylab o‘rtacha 
balandlikdagi Qirg‘oq tizmalari okean sathidan 1600-2000 metr ko‘tarilgan. Bu 
tizmalarning ayrim hududlari Tinch okeanga quyiladigan daryolarning ko‘ndalang 
vodiylari bilan kesilgan. Qirg‘oq bo‘ylarida yangi tektonik harakatlar bir muncha 
faol bo‘lganligi sababli yer qimirlashlar tez-tez takrorlanib turadi. 
Qirg‘oq tizmalaridan sharqda Kaliforniya tog‘
oralig‘i botig‘i 
joylashgan. U 
shimoli-g‘arbdan janubi-sharqqa tomon submeridional ravishda 800 km masofaga 
cho‘zilgan. Kengligi 40-80 km va maydoni 47 000 km
2
ga yaqin. Botiq yuzasi okean 
sathidan 20-160 m balandlikda joylashgan. Kaliforniya botig‘i kelib chiqishiga ko‘ra 
tektonik bukilma bo‘lib, mezozoyda vujudga kelgan. Keyinchalik asta-sekin juda 
katta qalinlikdagi allyuvial-prolyuvial cho‘kindi yotqizilar bilan to‘lib borgan.
Kaliforniya botig‘ining iqlimi tipik O‘rta dengiz tipidagi subtropik iqlim. Nam 
subtropik iqlimdan kontenentallik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Yoz oylari issiq 
bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha harorati shimolda 27° C dan janubda 35° C gacha 
ko‘tariladi. Bu yo‘nalishda atmosfera yog‘inlari aksincha kamayadi. Yilllik yog’in 
miqdori shimolda 750-1000 mm ni, janubda 150-200 mm ni tashkil etadi. Shimoliy 
qismi subtropik chala cho‘l landshaftlari bilan band. Kaliforniya vodiysi AQShning 
subtoripik dehqonchilik rivojlangan vodiysi hisoblanadi. Bu yerda Sakramento va 
San-Xoakin daryolarining suvi bilan sug‘oriladigan sitrusli bog‘lar va tokzorlar 
barpo etilgan. 
Kaliforniya vodiysidan sharqda submeridnonal yo‘nalishda 750 km masofaga 
cho‘zilgan 
Serra-Nevada
tog‘
tizmasi joylashgan. Uning eng baland nuqtasi 
Uitni
tog‘i okean sathddan 4418 m yuqori ko‘tarilgan. Serra-Nevada massivi Nevada 
burmalanish bosqichida vujudga kelgan, tektonik jihatdan kam parchalangan, granit 
va dioritlardan tashkil topgan. Tizmaning sharqiy tik yonbag‘ri chuqur daralar bilan, 
g‘arbiy qiya yonbag‘ri daryo vodiylari bilan kesilgan. Yonbag‘irlarning yuqori 
qismi qadimgi muzliklar bilan ishlangan. Sharqiy tog‘ etaklarida issiq buloqlar va 


192 
loyqa vulkanlar uchraydi. Yangi tektonik harakatlar faoliyati hozir ham davom 
etmoqda. 
Serra-Nevada tog‘ tizmasi o‘rta dengiz tipidagi subtropik iqlimga ega. Uning 
g‘arbiy yonbag‘ri nam subtropik bo‘lib, yiliga 2000 mm dan ziyod yog‘in tushadi. 
Sharqiy yonbag‘rining iqlimi aksincha quruq va kontinental. Yog‘inning asosiy 
qismi qish oylariga to‘g‘ri keladi. Tuproq-o‘simlik qoplami balandlik mintaqalar 
bo‘ylab joylashgan. Quyi mintaqada tog‘ jigar rang va qizil-jigar rang tuproqlar
yuqori mintaqalarda tog‘-qo‘ng‘ir va tog‘-o‘tloq tuproqlari rivojlangan. G‘arbiy 
yonbag‘rining 1000 m balandlikkacha bo‘lgan qismi doimiy yashil eman butalari 
bilan, 1500 m atrofidagi balandliklar bo‘yi 150 m ga va diametri 10 m ga yetadigan 
ulkan sekvoyya o‘rmonlari bilan, 2800-3000 m balandlikkacha bo‘lgan qismi shakar 
qarag‘ay, sariq qarag‘ay, kedr, pixta kabi igna bargli o‘rmonlar bilan qoplangan. 
3000 m dan yuqori qismi
al’p o‘tloqlari bilan band. Sharqiy yonbag‘rida qarag‘ayli 
siyrak o‘rmonlar keng tarqalgan. 
Serra-Nevada tizmasi bilan Qoyali tog‘lar oralig‘ida keskin kontinental 
iqlimli va chala cho‘l landshaftlari keng tarqalgan Kata Havza yassi tog‘ligi 
joylashgan. Uning yuzasi o‘rtacha 1200-1500 m ko‘tarilgan. Umumiy maydoni 550 
ming km
2
. Katta Havza hududi shimoldan janubga tomon bir-biriga parallel ravishda 
chuzilgan tog‘lardan, platolardan, botiqlardan va cho‘kmalardan iborat. Tog‘lar 80-
120 km masofaga cho‘zilgan, balandligi 3000 m dan ham oshadi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish