1. 5-mavzu. Osiyo qit’asining geologik tuzilishi va relyefi. Reja



Download 88 Kb.
Sana07.07.2022
Hajmi88 Kb.
#755548
Bog'liq
5-mavzu


1.5-mavzu. Osiyo qit’asining geologik tuzilishi va relyefi.


Reja:
1. Geografik o‘rni.
2. Geologik tuzilishi.
3. Relefi va foydali qazilmalari.

Yevrosiyo materigining taxminan 54 mln. kv. km. bo‘lgan umumiy maydonidan 43 mln. kv.km.ga yaqini Osiyoga tug‘ri keladi. Osiyo asosan mo‘tadil va subtropik geografik kengliklarda joylashgan Yevropadan farq qilib, subarktika, mo‘tadil va subtropik geografik kengliklarda ham, tropik va ekvatorial geografik kengliklarda ham katta maydonlarni ishg‘ol qilgan.


Osiyo 53° shimoliy kenglik bilan 12° janubiy kenglik oralig‘ida joylashgan. Osiyo g‘arbdan sharqka tomon ham juda katta masofaga cho‘zilgan subtropik kenglikdadir. Maydonning kattaligi, uning markaziy qismlarining okeanlardan ancha uzoqligi, atmosfera sirkulyasiyasi va orografiya xususiyatlari bilan birgalikda Osiyoning ichki rayonlarida kontinental iqlim hamda kurg‘oqchil landshaftlarning xukmronlik qilishiga sabab bo‘lgan. Osiyoning qurg‘oqchil rayonlari materikning ichki kontinental qismida joylashgan.
Osiyo tabiati yaqin geologik o‘tmishda bu qit’aga o‘sha vaqtda tutashib turgan materiklar: shimoli-sharqda Shimoliy Amerika, janubi-sharqda Avstraliya, janubi-g‘arbda Afrika bilan juda bog‘liq holda tarkib topgan. Bu materiklar bilan Osiyo o‘rtasida aloqalar bo‘lganligini ularning bir-birlariga yaqin qismlarida er bag‘rining, relef va organik dunyoning o‘xshashligi isbot etadi. Osiyo Yevropaga qaraganda g‘oyat yaxlit va bir butundir. Osiyoning janubida uning katta yarim orollari Arabiston, Xindiston, Xindixitoy yarim orollari joylashgan, bo‘lib ular bir-birlaridan ochiq dengiz va qo‘ltiqlar orqali ajralib turadi. Arabiston va Xindiston yarim orollari yaxlit bo‘lib, ularning qirg‘oqlari Afrika qirg‘oqlariga o‘xshab kam o‘yilgan. Osiyoning sharq tomoni qirg‘oq chiziqlari va qirg‘oqlari tuzilishiga ko‘ra tamomila boshqacha. Bu erdagi qirg‘oqlarning ko‘pchilik qismida uzun yoy shaklidagi orollar zanjiri cho‘zilgan bo‘lib, yoylarning uch qismlari materikka yaqinlashib keladi, o‘rta qismlari esa materikdan 800-1000 km gacha va undan ham ko‘prok uzoqlashgan. Bu yoy shaklidagi orollar zanjirining asosiylari Kuril-Kamchatka, Saxalin-YApon, Ryukyu-Koreya, Kalimantan-Luson-Tayvan va Zond orollari zanjirlaridir.
Osiyoni o‘rab olgan okean va dengizlarning suv massasi qit’a tabiatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Lekin bu ta’sir hamma joyda bir xil emas. Quruqlik g‘oyat keng ekanligi, uning isishi va sovishida mavsumiy tafovut keskin ro‘y berishi sababli Osiyoning butun janubi-sharqiy hamda qisman janubiy chekkalari atmosferaning musson sirkulyasiyasi tasiridadir. Osiyoning ichki rayonlariga nam dengiz havo massalarining qirib kelishini ular yo‘lida to‘siq bo‘lib turgan tog‘ tizmalari cheklab qo‘ygan. Osiyoning ba’zi katta-katta rayonlari shu vaqtga qadar sust o‘zlashtirilgan va kam tekshirilgan. Uning boshqa joylarini odam juda qadimdan o‘zlashtirgan va bu erlarda aholi zich yashaydi. Osiyo ayrim qismlarining tabiatini o‘rganayotganda shu narsani nazarda tutmoq kerakki, aholi zich joylashgan rayonlarda tabiat o‘zining dastlabki qiyofasini yo‘qotgan.
2. Geologik tuzilishi. Osiyo Yer yuzasining to‘rtdan uch qismidan ortiqrog‘ini turli balandlikdagi va shakldagi tog‘ tizmalari hamda tog‘liklar, yassi tog‘lik va platolar ishg‘ol qilgan; ular Osiyoning markaziy qismlarini ham, deyarli butun chekkalarini ham egallab olgan. Tog‘li o‘lkalar orasida Tibet, Eron va Kichik Osiyo tog‘liklari, Markaziy Osiyoning shimoliy qismidagi hamda Xindiston yarim orolidagi yassi tog‘lik va tog‘liklar ayniqsa katta maydonlarni ishg‘ol qiladi. Ana shu yassi tog‘lik va tog‘liklarni chekka tog‘lar ulkan yoylar shaklida o‘rab olgan. Bu chekka tog‘lar ba’zi erlarda bir-birlaridan ajralib, ikkita tog‘ kamarini hosil qiladi, ba’zi joylar esa ular yana yagona tog‘ tuguniga to‘planadi. Bu tog‘lar kamari orasidagi eng baland tog‘ tizmalari kichik Osiyo tog‘ligining shimolidagi Pontiya eng baland tog‘liklar va tog‘ tizmalari kamari Old Osiyo, Tibet orqali o‘tib, Xindixitoygacha cho‘zilgan. Qayd qilib o‘tilgan tog‘ kamaridan tashqarida nisbatan uncha baland bo‘lmagan (400 m dan 500-1000 m gacha) emirilgan tog‘lik o‘lkalar joylashgan. SHu bilan birga bu erlarda tog‘ tizmalari ma’lum bir tomonga yo‘nalmagan. Arabiston va Xindiston yarim orollarida o‘rtacha balandlikdagi va past platolar hamda yassi tog‘liklar ko‘pchilikni tashkil etadi. Osiyoning g‘arbiy Sibir va Turon tekisliklaridan boshqa tekisliklari katta emas. Tekisliklar Osiyoning ichki rayonlarida ham, chekkalarida ham bor. Osiyoning pastak tekisliklari uning chekkalarida joylashgan. Tekisliklar tog‘lar bilan o‘ralgan bo‘lib, ular tog‘larda emirilgan mahsulotlar, asosan allyuvial jinslar bilan tez to‘lib boradi. SHu sababli pastak tekisliklar maydoni ayniqsa dengiz tomonga, ya’ni delta qismlari tomonga o‘sib boradi. Chekkadagi pastak tekisliklarga Mesopotamiya, Xind-Gang, Iravadi, Mekong, SHimoliy Xitoy va Sunlyao pasttekisliklarini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Gipsometrik va tektonik kartalar bir-birlariga taqqoslansa, Osiyodagi yirik relef shakllarining asosiy tektonik bo‘laklarga mos kelishini osongina payqash mumkin. Vaxolanki, xozirgi relefning ko‘pgina xususiyatlari tektonik strukturalarning yoshi va tarixi bilangina bog‘liq bo‘lmay, yaqin o‘tgan geologik davr hamda xozirgi zamoninng ekzogen jarayonlari bilan ham bog‘liqdir. Osiyo, aniqrogi Yevrosiyo qadimiy yadro, ya’ni kembriydan avval paydo bo‘lgan Shimoliy Amerika platformasiga tobora yosh burmali oblastlarning muntazam ravishda qo‘shilib turishi yo‘li bilan tarkib topgan.
Shimoliy Amerikadan farq qilib, bir kancha ana shunday qadimiy yadrolar: Sibir, Xitoy SHarqiy Yevropa platformalariga ega bo‘lgan. Bu platformalar oralig‘ida bosqichma-bosqich asta-sekin rivojlanib borgan paleozoy hamda mezozoy davrlarining burmalangan zonalari ana shu platformalar kiyofasiga tobora moslashib bordi. Markaziy Osiyoning gumbazsimon va palaxsasimon xarakatlar zaifrok ro‘y bergan tog‘li rayonlardagi xozirgi relef o‘rtacha balandlikdagi va past tog‘lardan iborat.
Neotektonik xarakatlar to‘rtlamchi davrdan oldin tarkib topgan relefning yosharishigagina olib keldi. Burmalangan negiz kam o‘zgaradi. Bunday tog‘lar Mongoliya Xalk Respublikasi territoriyasi uchun xosdir. SHunday qilib, neotek-tonik xarakatlar turli xil natijalarga olib keldi: materikning markaziy qismida baland tog‘lar va chuqur cho‘kmalar vujudga keldi, chekka rayonlarning tektonik tuzilishi hamda relefi esa nisbatan kam o‘zgardi. Tog‘larda suv eroziyasining roli yana ham katta bo‘lgan. Suv eroziyasi yon bag‘irlardagi dastlabki o‘nqir-cho‘nqirliklarni kengaytirgan hamda chuqurlangan. Eroziya natijasida o‘yilgan joylarning chuqurligi Markaziy Osiyoning chekka tog‘larida uch-to‘rt ming metrga etadi va undan ham ortadi. Bunga vertikal ko‘tarilishlar, ya’ni tektonik xarakatlar natijasida eroziya bazasining o‘zgarishini sabab qilib ko‘rsatish mumkin.
Xorijiy Osiyoda geologik tuzilishiga va ham endogen, ham ekzogen jarayonlar natijasida tarkib topgan relef shakllariga qarab o‘n bitta yirik morfostrukturali rayonni ajratib kursatish mumkin.
Arabiston va Xindiston yarim orollarining relefi kristall va metamorfik zamin ustida yotuvchi peneplenlarning keng tarqalganligi bilan ajralib turadi. YArim orollarning ichki qismlarini yosh dislokatsiyalar buzib turadi. Ayniqsa ular yarim orollarning g‘arbiy chekkalarida kuchli rivojlangan. Arabiston yarim orolining g‘arbiy qismlarida balandlik amplitudasi katta. Bu erda -748 metrli O‘lik dengizdan balandligi 3000 metrgacha bo‘lgan tog‘ massivlari mavjud. Arabiston va Xindiston yarim orollari shimolda xamda shimoliy sharqda tog‘ tizmalariga paralel xolda cho‘zilgan Mesopotamiya va Xind Gang pasttekisliklari bilan chegaralanadi. Bu pasttekisliklar allyuvial jinslar bilan to‘lgan tog‘ oldi chuqur bukulmalarini ishg‘ol qilgan. Himalayoldi bukilmasining sharqiy qismida allyuvial yotqiziqlarning qalinligi 8-9 kmga etadi. Hind-Gang pasttekistligida, uning sharqiy qismidagi gorst (irg‘itma) balandlik – SHillong platosini hamda Dehli yaqinidagi Aravalli sistemasi va 51 boshqa joylarni hisobga olmaganda, tub jinslar hech bir joyda Yer yuzasiga chiqmaydi; shu sabali relef nihoyatda tekisdir.
Old Osiyo va Tibet tog‘liklarning relefi Tetisning yagona Alp-Ximolay geosinklinal zonasida territoriyaning ko‘p bosqichli rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Alp bosqichi tog‘ tizmalari yoylari qadimiy yadrolartog‘liklarning o‘rta qismlarini keng tuxumsimon shaklda o‘rab olgan. Kichik Osiyo tog‘ligini Pontiya va Tavr tog‘lari; Eron tog‘ligining Zagros, Makron, TurkmanXuroson va Hindikush tog‘lari; Tibet tog‘ligini Himalay, Qoraqum, Sichuan Alpi tog‘lari va boshqalaro‘rab turadi. Eng baland tog‘ tizmalari va tog‘liklar jumlasiga balandligi 5000 m ga etadigan Xundikush tog‘lari va ayniqsa Pomir kiradi. Pomirning ayrim cho‘llari balandligi 7000 m dan oshadi. Tog‘liklarning g‘arbdan sharqqa tomon balandlasha boruvchi morfometrik xususiyati o‘ziga diqqatni jalb etadi. Kichik Osiyo tog‘ligining o‘rtacha balandligi 600-800 m ga, chekkadagi tog‘larning balandligi esa 1500-2000 m ga teng (janubda Tavr va shimolda Pontiya tog‘lari); Eron tog‘ligi 800-1000 m, chekkadagi tog‘lar (Elbrus, Zagros, Hundikush va boshqalar) 2500 m ga yaqin, Tibet tog‘ligi 4500- 4600 m, chekkadagi tog‘lar (Himalay, Kunlun) 5000-6000 m ga yaqin balanlikka ega. Osiyoning ulkan tog‘lar mintaqada uning eng baland tog‘ tizmalari Xindiqush, Qoraqurm, Himolay va Birmaning g‘arbiy qismidagi tog‘lar joylashgan markaziy qismi aloxida ajralib turadi. Uzunligi 2,4 ming km ga yaqin, kengligi 300-500 km gacha bo‘lgan tog‘ yoyidan iborat Himolay tog‘lari ayniqsa diqqatga sazovordir. Himolay tog‘larining ko‘pgina cho‘qqilari 7000-8000 m ga etadi va undan ham oshadi, balandligi 8848 m ga etadigan Jomolungma (CHomolungma) tog‘i Er sharidagi eng yuksak cho‘qqidir.
Himolay tog‘lari yer po‘stining gumbazsimon xarakterdagi yosh harakatlari natijasida anna shunday baland ko‘tarilgan. Eng yuqori ko‘tarilgan joylar Himolay tog‘larining asosiy tizmalari joylashgan Katta Himolay tog‘lariga to‘g‘ri keladi. Bu tizmadan janubdagi tog‘ tizmalari bunchalik kuchli ko‘tarilmagan chekka mintaqada joylashgandir.
Relefning janubda tog‘ oldi zonasidagi past Sivalik tog‘ tizmasidan balandroq Kichik Himalay, so‘ngra esa Katta Himolay tog‘ tizmalarigacha o‘ziga xos «zinapoyasimon» balandlashib borishi chekka qismlarining kamroq ko‘tarilganligi bilan bog‘liqdir. Markaziy Osiyoda Tibetdan shimol tomonda atrofii tog‘lar bilan o‘ralgan baland tekisliklar keng tarqalgan. Taklamakon, Alashan cho‘llari, Gobi chala cho‘l va dashtlari bilan egallangan bu tekisliklar xamda Ordos platosining relefi yoki yuzasi nihoyatda tekis qum cho‘llaridan, yoki past tog‘lardan, yo bo‘lmasa, past tog‘liklardan iborat. Bularning sharqiy qismi Katta Xingan, Xangay, Xentey va boshqa tog‘ tizimalari bilan o‘ralgan. Bu erdagi eng yuksak tog‘ tizimalarining balandligi dengiz satxidan xisoblanganda atiga 2500-2700 m ga etadi, o‘rtacha balandligi ko‘pincha 1500-1800 m ga teng (2000 m gacha boradi) SHarqiy chekkadagi tog‘larning unchalik baland emasligi sabab shuki, ular geologik tuzilishi jixatdan qadimiy tog‘lardir hamda Osiyoning bu qismida yer po‘stining yosh intensiv xarakatlari ro‘y bermagan. Buning aksincha, tekisliklar g‘arb tomonidan baland tog‘tizimalari bilan o‘ralgan. Bu tog‘ tizmalari orasida Kunlun bilan Tyanshan ayniqsa balandir.
Tekislikni g‘arbdan o‘rab turgan tog‘ tizimalari, xudi Markaziy Osiyoning o‘zi kabi, gnrsen strukturasiga ega. Tyanshan, Kunlun va ularga tutashib turgan Nanshan, Quriqtog‘ hamda boshqa tog‘ tizimalari tekisliklarini g‘arb, janubi – g‘arb tomomnlaridan o‘rganib qolmay, ularni alohida yassi kotlovinlar – Tarim, Jung‘oriy, Saydam kotlovinalariga bo‘lib yuborgan. Bu kotlovinalarning qadimiy burmali zimini qo‘shni tog‘ tizimalarining denudatsiya mahsulotlari tagida ko‘milib qolgan. Kotolovinalarning xozirgi relefi xudi anna shu g‘ovak jinslar qatlamiga bog‘liqdir. SHimoli – SHarqiy Xitoydagi va SHarqiy Xitoydagi pastak tekisliklar, xususan Sunlyao, SHimoliy Xitoy past tekisliklari, Hindixitoynng Mekong va Menam daryolari etaklaridagi tekisliklarning absolyut balandigi 200 m gacha etadi.
Pasttekisliklar yuzasining yassi xarakterini bazi joylardagi past tog‘liklar va uncha baland bo‘lmagan sertepa qirlar buzib turadi. Bu past tog‘lik va qirlarning burmali zamini kembriy davridan avval yoki paleozoyda vujudga kelgan.
G‘arbiy Birmadagi tog‘lar – Patkay, Arakan – Yoma (Rakxayng), Pegu - Yoma tog‘ tizialari, shuningdek Iravadi past tekisligi ishg‘ol qilgan tog‘ oralig‘i tektonik bukilmasi ayniqsa yoshdir. YUqorida qayd etilgan tog‘ tizimalarida asosiy burmalanish Kaynazoyda ro‘y bergan. Ular Himolay tog‘laridan ancha past bo‘lib, asosan o‘rtacha balandlikdagi tog‘lardir. Faqat Sarmatiy tog‘ning balandiligi 3826 m ga teng.
Alp mintaqasidan sharqda Xindixitoy markaziy rayonlarining bir muncha qadimiy (poleozoy va mezozoy) strukturalarining yanada kengroq mintaqasi joylashgan bo‘lib, u Malakka yarim oroli bilan tugaydi. Bunga Xindixitoyning mirkaziy qismida joylashgan SHan karst tog‘ligi va u bilan qo‘ni bo‘lgan YUnnan tog‘ligi kiradi. YUnnan tog‘ligi Janubiy-G‘arbiy Xitoy tarkibidga kiradi. Bu tog‘liklarda keng tarqalgan oxak toshlar krast, relefli shakllarining keng tarqalishiga sabab bo‘lgan. Janubroqda markaziy Kordilera tog‘lari deb ataluvchi o‘rtacha balandlikdagi tog‘lik o‘lka joylashgan. Bu o‘lkada bo‘ylama vodiy va soylar ko‘p, tog‘larning balandligi 2850 m dan oshmaydi, o‘lkaning janubiy qismlari yaqinda ro‘y bergan cho‘kish natijasida dengiz tagida qolib ketgan.
YAponiya orollaridagi o‘q tog‘ tizmalarining balandligi 2000 m dan oshadi, Fudziyama tog‘ida esa 3776 m ga etadi, Filippin orollarida 2000-2900 m dir. MalaYa Arxipelaggiya relefi eng murakkabdir. Uning geologik tuzilishida yosh burmali strukturalari xam, platforma strukturalari ham ishtrok etgan. Bu erda baland vulkan komuslari zanjiri bilan burmali – palaxsali massiv tog‘ tizmalari birga uchraydi. Burmalangan – palaxsali massiv tog‘ tizmalari Kalimantan (Borneo) orollarini shimoliy yarmini hosil qiladi. Janibuysharqiy Osiyoni orollari yoylaridagi baland tog‘ tepasi – Kanabalu (4101 m) anna shu erda joylashgan.
Foydali qazilmalari. Osiyoning bir kancha rayonlari xozircha kam tekshirilgan. Biroq Osiyoning temir, marganets, xrom, molibden, volfram, qalay, vismut, margimush, surma, alyuminiy, mis, qo‘rg‘oshin, rux, oltin, nikel, kobalt, simob, titan, vanadiy shuningdek uran hamda toriy rudalariga boyligi xozirning o‘zidayok ma’lumdir.
Metall rudalarining asosiy zapaslari qadimiy platformalarda hamda massiv kristall yoki metamorfik jinslar Yer yuzasiga chiqib yotgan tog‘lik o‘lkalarda joylashgan. YOqilgi-energetika qazilmalari odatda tog‘ oldi va tog‘ oralig‘idagi cho‘kindi jinslar qoplami, platformalar sineklizalari hamda cho‘kkan turg‘un massivlar bilan bog‘liqdir.
Rudali foydali qazilmalar dastavval qadimiy madaniyatga ega bo‘lgan mamlakatlar - Xindiston bilan Xitoy topilgan va ishlatila boshlagan. Xindiston platformasining arxey-proterozoy jinslari temir rudalariga boy. Old Osiyo tog‘liklarida va Janubi-SHarqiy Osiyoda ham ko‘pgina ko‘mir konlari bor.
SHarqiy Osiyoning orollari yoyida ko‘mir kam uchraydi. Mesopotamiya tog‘ oldi bukilmasida neft juda ko‘p. Neft konlari Eron tog‘ oldi zonasidagi burmalangan strukturalarda va Arabiston platformasining sharqiy qismida ham bor. O‘rta SHarqning neftli oblasti neft zapasi jixatidan kapitalistik dunyodagi eng boy rayondir. Relefi - Yer po‘stining geosinklinallarida ham, platformalarida ham g‘oyat aktiv ro‘y bergan mezozoy-kaynozoy tektonik xarakalari Osiyoning struktura planini juda o‘zgartiri yuboradi va platformaga qadimda hamda yangidan qo‘shilgan quruqliklar relefidagi farqlarni ancha kamaytiradi. Tektonik xarakatlar relefning yirik endogen mega shakllarini vujudga keltirish bilan birga relef hosil kiluvchi ekzogen jarayonlarning yo‘nalishini ham oldindan belgilab berdi, chunki bu xarakatlar Osiyoning ichki rayonlari bilan chekka okean bo‘yi rayonlarga iqlimining kontinentalligida hamda oqim sharoitlarida keskin farqlarni vujudga keltirdi.

Nazorat savollari:


1. Osiyo qaysi geografik kengliklarda joylashgan va uni chekka nuqtalari.
2. Osiyo qit’asi qaysi geologik davrlarda shakllangan.
3. Osiyo qit’asida qanday foydali qazilmalar keng tarqalgan.
4. Osiyoda geologik tuzilishiga, relef shakllariga qarab o‘n bitta yirik morfostrukturali rayonlar ajratilgan ular qaysilar.
Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish