X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
 
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursi tabiiy geografiya tizimidagi 
asosiy fanlaridan biri bo’lib, tabiiy geografik fanlar tizimida yetakchi o’rinni 
egallaydi. Tabiiy geografiyaning o’rganish ob’ekti - yer po’stining yuqori qatlami, 
atmosferaning quyi troposfera qismi, okean va materik suvlari, tuproq-o’simlik 
qoplami, hayvonot olami va ularning o’zaro aloqadorligidan tarkib topgan geografik 
qobiq va uning landshaftlaridir. Geografik qobiqning bir butunligi uni tashkil etuvchi 
komponentlarning va sodir bo’layotgan jarayonlarning o’zaro uzviy bog’liqligi va 
ularning bir-biriga ta’sir etishi negizida shakllangan. Shuning uchun avvalo, 
geografik qobiq va uning ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan landshaft sferasi, ularning 
o’ziga xos xususiyatlari, vertikal chegaralari, qalinligi, strukturasi va rivojlanish 
tarixi, Quyosh issiqligining taqsimlanishi va iqlim mintaqalari, umumiy geografik 
qonuniyatlarini bilish muhim hisoblanadi.
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida Yerning geografik qobig’i 
va landshaft sferasi to’g’risida ta’lim berish bilan birga keng ko’lamni qamrab olgan 
inson xo’jalik faoliyati ta’sirida tabiiy landshaftlarda yuz berayotgan o’zgarishlar, 
buning oqibatida hosil bo’lgan ikkilamchi antropogen landshaftlar, buzilgan, kuchli 
o’zgartirilgan va madaniy landshaftlar to’g’risida ma’lumotlar beriladi. Bu fanni 
o’zlashtirishda avvalroq o’rganilgan “Umumiy yer bilimi”, “Geologiya”, 
“Topografiya va kartografiya asoslari”, “Geomorfologiya”, “Iqlimshunoslik”, 
“Gidrologiya”, “Tuproqlar geografiyasi”, “Biogeografiya” va boshqa tabiiy 
fanlardan olingan bilimlarning roli katta va ularga tayanadi.
Geografik qobiqdagi landshaftlarning zonal-regional tabaqalanishi, ularni 
tashkil etuvchi zonal, regional tabiat komplekslarini aniqlash, chegaralash, 
kartalashtirish va tavsiflash jarayoni tabiiy geografik rayonlashtirish asosida amalga 
oshiriladi. Geografik qobiqning muayyan hududlarini o’rganish bilan tabiiy 
geografiyaning tarmog’i hisoblangan regional tabiiy geografiya shug’ullanadi. Tabiiy 
geografiya bilan regional tabiiy geografiya o’zaro chambarchas bog’langan, chunki 
ularning o’rganish ob’ekti va predmeti geografik qobiqdir. Biroq, birinchi holatda 
geografik qobiq bir butunlik va umumiylik nuqtai nazardan qaralsa, ikkinchi holatda 
ichki tafovutlar va regional xususiyatlar nuqtai nazardan qaraladi. Regional tabiiy 
geografiya geografik qobiqning makonda tabiiy chegaralar bilan chegaralangan 
birliklarini o’rganadi. Bu birliklar miqyosiga ko’ra nihoyatda katta va kichik bo’lishi 
mumkin. Masalan, Avstraliya materigi, Hind okeani, Sahroi Kabir, O’rta Osiyo, 
Bering dengizi va boshqalar. Yirik regionlarni alohida-alohida o’rganish bilimni 
oshirishda katta ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda DTS asosida geografiya mutaxassis kadrlar tayyorlash 
tizimida "Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi" kursi fundamental fan sifatida 
alohida o’rin egallaydi. Bu kursda barcha materiklar va unga yaqin joylashgan 
orollari bilan birgalikda batafsil o’rganiladi. Har qaysi materik va okeanlarning 
tavsiloti umumiy qabul qilingan reja asosida berilgan. Bu reja barcha 
komponentlarning o’zaro aloqadorligini, bir-biriga bog’liqligini va ularni geografik 
qobiq doirasida landshaft komplekslarining shakllantirishdagi rolini hisobga olgan 



holda tuzilgan. O’quv qo’llanmada materiklar va okeanlarga tabiiy geografik tavsif 
berish bilan birga, ularning hozirgi davrdagi ekologik holati va tabiatini muhofaza 
qilish masalalari ham yoritilgan. Bu talabalarga ekologik ta’lim berish bilan birga, 
ularda ekologik madaniyatni ham shakllantiradi.
Materiklarni umumiy tabiiy geografik tavsiflash geografik o’rni, chegaralari, 
tekshirilish tarixi, geologik tuzilishi, materik muzliklari, rel’efi, foydali qazilmalari, 
iqlimi va iqlim mintaqalari, ichki suvlari, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi, 
tabiat zonalari, antropogen landshaftlari va tabiatni muhofaza qilish tartibida 
berilgan. Umumiy tabiiy geografik tavsifdan keyin materiklarning regional tavsifi 
berilgan.
Okeanlarning tabiiy geografik tavsifi Dunyo okeani tabiatining asosiy 
xususiyatlari - okean tagining geologik tuzilishi va rel’efi, suvlari, okeandagi hayot, 
okean yuzasidagi va okean tagidagi geografik zonalar, okean tabiatini muhofaza 
qilishning asosiy muammolari tizimida yoritilgan. Har qaysi okeanning tabiiy 
geografik sharoiti quyidagi tartibda ta’riflangan: geografik o’rni va chegaralari, 
tekshirilish tarixi, dengizlari va orollari, okean tagi rel’efi va geologik tuzilishi, 
iqlimi va suvlari, oqimlari, organik dunyosi, okeanning tabiat zonalari va xalq 
xo’jaligidagi ahamiyati.
Kursda materiklarning tabiiy geografik tavsifi Afrika, Avstraliya (Okeaniya), 
Antarktida, Janubiy va Shimoliy Amerika hamda Yevrosiyo materigi o’rganiladi. 
Okeanlarni tabiiy geografik tafsiloti Dunyo okeani, Tinch, Atlantika, Hind va 
Shimoliy Muz okeanlari tarzida amalga oshirilgan.
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursi geografiya fanidan mutaxassis 
kadrlar tayyorlash uchun zarur bo’lgan materiallar tizimli ravishda bayon qilingan. 
Talabalarning bilim, ko’nikma va malakasi darajasini oshirish uchun qo’shimcha 
ilmiy adabiyotlardan, geografik atlaslardan foydalanishni tavsiya etamiz.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish