X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Tropik mintaqalar. 
Bu mintaqalar shimoliy va janubiy yarim sharlarning 
tropik kengliklariga to’g’ri keladi. Tropik iqlim mintaqasi Shimoliy Afrikada yaxshi 
rivojlangan bo’lib, u Sahroi Kabirning juda katta qismini egallagan. Sahroi 
Kabirning tropik iqlimi faqat materikda emas, balki butun dunyoda eng issiq va eng 
quruq iqlim hisoblanadi. Bu yerda yoz nihoyatda issiq bo’lganligidan hamda deyarli 
bulut bo’lmaydi. Quyosh toshloq va qumli cho’llarning yer yuzasini +70°,+80°S 
gacha qizdiradi, havo harorati +40°, +45°S gacha ko’tariladi. Kechasi esa yer yuzasi 
va havo tez soviydi. Mintaqa hududida mumkin bo’lgan bug’lanish miqdoridan
haqiqiy bug’lanish miqdori 20-25 marta katta. Yoz oylarida Shimoliy Afrikaning 
tropik iqlim mintaqasida quruq havo massasini keltiradigan shimoli-sharqiy passat 
shamollar hukmronlik qiladi. Qishda esa antisiklon rejim qaror topadi. Shunday 
qilib, yil bo’yi bu mintaqada yomg’ir hosil qiladigan va nam keltiradigan qulay 
sharoit vujudga kelmaydi. Yozda vaqti-vaqti bilan kuchli samum shamollari esib
qum bo’roni bo’lib turadi. Afrikaning janubiy tropik iqlim mintaqasi shimoliy tropik 
iqlim mintaqasiga qaraganda kichikroq maydonni egallaydi. Bu yerda yog’in 
shimoliy tropik cho’liga nisbatan ko’proq yog’adi. Bunga sabab janubiy tropik iqlim 
mintaqasiga Hind okeanidan esib turadigan janubi-sharqiy passat shamollari nam 


22 
havo massasini keltiradi va yog’in miqdorini oshiradi. Mintaqaning g’arbida, 
Atlantika okeani sohillarida yog’in miqdori keskin kamayadi. Natijada okean bilan 
tutashib turgan Namib cho’li hosil bo’lgan. Tropik mintaqaning eng sharqiy 
qismida, Drakon tog’larining sharqiy yon bag’irlarida va Madagaskar orolining 
sharqida yomg’ir juda ko’p yog’adi (2000-3000 mm). Chunki, bu yerdagi tog’ yon 
bag’irlari to’siq vazifasini bajarib, okeandan keladigan nam havo massasini ushlab 
qoladi hamda yog’inning ko’p yog’ishiga sababchi bo’ladi. Janubiy Afrikaning 
tropik mintaqasida iqlimning ikki xil tipi - cho’l tropik (3A) va nam tropik (3B) iqlim 
tiplari vujudga keladi. Janubiy yarim sharda quruq tropik iqlim tipi Kalaxari botig’i 
uchun ham xarakterli. Ammo bu yerda Sahroi Kabirga nisbatan yog’in Hind 
okeanidan esadigan janubi-sharqiy passat shamollari hisobiga ko’p yog’adi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish