Foydali qazilmalari.
Afrika kontinenti turli xil qimmatli tabiiy boyliklarni o’z
zaminida asrab yotgan ulkan xazinadir. Bu yerdagi qazilma boyliklarning
ko’pchiligi dunyodagi eng yirik konlardan hisoblanadi. Ularning geografik tarqalishi
va hosil bo’lishi materikning geologik tuzilishiga hamda uning rivojlanish tarixiga
bog’liq. Afrikada magmatik jinslarning keng tarqalishi rudali foydali qazilmalarning
ko’p bo’lishiga sabab bo’lgan. Ular yer po’stining tektonik yoriqlari va uzilmalari
orqali oqib chiqqan magmatik jinslarda hosil bo’lgan. Sharqiy va Janubiy Afrikadagi
foydali qazilmalarning aksariyati ochiq usul bilan qazib olinadi, chunki bu yerdagi
rudali qadimgi kristall jinslar yer yuzasiga yaqin yotadi. Afrikaning asosiy qazilma
boyliklari kembriydan oldin va kembriy davrida hosil bo’lgan. Jumladan olmos,
oltin, uran, xromit, mis, temir rudasi, boksit, qalayi, polimetall konlari kembriydan
oldingi magmatik jinslar tarkibida uchraydi. Afrika olmos qazib chiqarishda
dunyoda birinchi o’rinda turadi. Dunyoda qazib chiqariladigan olmosning 98% ga
yaqini Afrika hududidan olinadi. Olmosdan qimmatbaho toshlar tayyorlanibgina
qolmasdan, undan sanoatda ham keng foydalaniladi.
Afrikada magmatik yo’l bilan paydo bo’lgan foydali qazilmalardan tashqari
cho’kindi yo’l bilan hosil bo’lgan tabiiy boyliklar ham ko’pchilikni tashkil etadi.
Materikning pastqam, cho’kindi jinslar to’plangan joylarida toshko’mir, neft, tabiiy
gaz, marganes rudalari, tuzlar, fosforitlar keng tarqalgan. Materikning shimoliy
qismida
Atlantika okeani sohilidan Qizil dengiz sohiligacha cho’zilgan keng maydonda
katta zahiraga ega bo’lgan fosforit konlari ko’p tarqalgan. Sahroi Kabirning Jazoirga
qarashli qismida va Liviyada neft va gaz konlari, Marokashda marganes rudalari, Jazoir va
Tunisda temir
,
qo’rg’oshin va rux konlari mavjud. Rodeziyada oltin, Gvineyada boksit
konlari, Ganada marganes rudasi, boksit va oltin konlari, Nigeriyada kumush va kolumbit
konlari hamda Marokashda kobalt va polimetall konlari bor.
Markaziy Afrikaning mis mintaqasi kembriy davrida hosil bo’lgan magmatik
jinslar orasida ko’p uchraydi. Bu mintaqada keng tarqalgan mis konlaridan tashqari
uran rudasi, kobalt, rux konlari, Janubi-G’arbiy Afrikada berilliy, vanadiy va litiy
konlari uchraydi. Janubiy Afrika materikning boshqa hududlariga nisbatan foydali
qazilmalarga ancha boy. Bu yerda olmos, uran, kumush, xromit, marganes, temir,
titan-magnetit, korund, flyuorit, surma, toshko’mir, asbest va boshqa konlar keng
tarqalgan. Shimoliy Afrikada va Gvineya qo’ltig’i sohillarida katta neft konlari
mavjud. Atlas tog’larida, Atlantika okeani sohillarida cho’kindi jinslardan hosil
bo’lgan temir rudalari bor. Liviyada kaliy tuzi qazib olinadi. Atlas burmali
tog’larining sinklinal zonalarida neft va fosforit konlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |