X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Ko’llari. 
Afrika ko’llari materik bo’ylab notekis taqsimlangan. Ularning asosiy 
qismi ikki hududda - Sharqiy Afrika yassi tog’ligi va Efiopiya tog’ligida joylashgan. 
Qolgan hududlarda ko’llar kam uchraydi. Afrika ko’llari kelib chiqishiga ko’ra uchta 
tipga bo’linadi. Ular: 
1. 
Materik ichki qismidagi keng botiqlarning uncha chuqur bo’lmagan 
cho’kmalarida hosil bo’lgan ko’llar.
Bunga Chad ko’li, Niger daryosining o’rta 
oqimidagi ko’llar, Janubiy Afrikaning Kalaxari hududida joylashgan Ngami
Makarikari, Skau, Etosha ko’llari kiradi. Bularning ayrimlari antropogen davrning 
plyuvial epoxasidan saqlanib qolgan relikt ko’llar hisoblanadi. Shulardan biri oqmas 
Chad ko’li bo’lib, u Sahroi Kabirning janubida joylashgan. Maydoni yog’in 
miqdoriga va unga quyiladigan daryolarning suv rejimiga qarab 10 000 km

dan 18 
000 km
2
gacha o’zgarib turadi. O’rtacha chuqurligi 4-7 m. Ko’lning uzunligi 200 
km va kengligi 70-90 km. Okean sathidan 240 m balandda joylashgan. Unga Shari 
va Komadugu-Yobe daryolari o’z suvini quyadi. Yomg’irlar mavsumida ko’l 
maydoni ikki barobarga kengayib, ko’l qirg’oqlari botqoqlangan va sho’rlangan. 


26 
2. 
Materikning tektonik yoriqlarida, uzilmalarida va botiqlarida vujudga 
kelgan tektonik ko’llar
. Bu tipdagi ko’llarga asosan Sharqiy Afrika yassi tog’ligidagi 
tektonik yoriqlar tizimida va
botiqlarda joylashgan Tanganika, Nyasa, Kivu, Rudolf, 
Viktoriya, Koga, Eduard, Albert va boshqa ko’llar kiradi. Bularning aksariyatining 
shakli uzun masofaga cho’zilgan va chuqur ko’llardir. Ular baland va tik yonbag’irli 
tog’lar bilan o’ralgan. 
Tanganika
 
ko’li dunyodagi eng chuqur ko’llardan biri 
hisoblanadi. Uning maydoni 32 900 km
2
, uzunligi 650 km, eni 60-80 km, maksimal 
chuqurligi 1435 m. Ko’l atrofidagi tog’lar 2000 m gacha ko’tarilgan. Tanganika 
chuqurligi jihatdan Baykal ko’lidan keyin dunyoda ikkinchi o’rinda turadi. 
N’yasa
ko’li tektonik yoriqlar zonasida joylashgan va 580 km masafaga cho’zilgan. 
Viktoriya
 
ko’li Afrikadagi eng yirik va dunyodagi yirik ko’llardan biri hisoblanadi. 
Uning maydoni 68 000 km
2
, uzunligi 320 km, eni 275 km, maksimal chuqurligi 80 
m ni tashkil etadi. Kattaligi jihatidan Shimoliy Amerikadagi Yuqori ko’ldan keyin 
dunyoda ikkinchi o’rinda turadi. Ko’l botig’i yoriqda emas, qadimgi kristall 
platformaning tektonik harakatlar natijasida bukilgan joyida hosil bo’lgan. Shu 
sababli u tektonik ko’l bo’lsa ham sayoz ko’llardan biri hisoblanadi. 
3. 
Tektonik botiqlar va daryo vodiylarini lava oqimlari to’sib qolishi natijasida 
hosil bo’lgan to’g’on ko’llar
. Bunday ko’llar Efiopiya tog’ligida ko’p bo’lib, 
ulardan eng yirigi 1830 m balandlikda joylashgan 
Tana
ko’lidir. Uning maydoni 
3600 km
2
, maksimal chuqurligi 70 m. Ko’l tektonik botiqda suv yo’lining to’silib 
qolishi natijasida hosil bo’lgan va undan Ko’k Nil daryosi oqib chiqadi. Bulardan 
tashqari Shimoliy Afrika tekisliklarining pastqam joylarida hosil bo’lgan sho’r 
ko’llar ham uchraydi. Ular tog’oldi
tekisliklarida, tog’oralig’i botiqlarida keng 
tarqalgan. Bu ko’llarni mahalliy aholi 
shottlar
deb atashadi. Shott-esh-Shergi, Shott-
Melgir, Shott-Jarid va boshqalar shular jumlasidandir. Afrikaning daryo va ko’llari 
kishilar hayotida juda katta rol o’ynaydi. Yog’in kam yog’adigan joylarda ichki 
suvlardan ekin maydonlarini sug’orishda foydalaniladi. Obikor dehqonchiliq Nil
Niger, Zambezi va Senegal daryolarining vodiylarida yaxshi rivojlangan. Ayniqsa 
Sahroi Kabirni kesib o’tgan Nil vodiysida inson xo’jalik faoliyati ta’sirida vujudga 
kelgan va daryo bo’ylab cho’zilib yotgan vohalar go’yo cho’lga hayot baxsh 
etganday ko’rinadi. Afrika daryolari gidroenergiya resurslariga boy. Yirik daryo va 
ko’llar suv yo’li sifatida xizmat qiladi. Ulardan katta miqdorda baliq ham ovlanadi 
(Ilova, 1-rasm). 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish