189
tog‘lar
Orolli tog‘ zanjiri
deb ataladi. Bu tog‘lar zanjirining eng baland nuqtasi
Vankuver
orolida joylashgan
Viktoriya
cho‘qqisidir (2200 m).
Kanadaning Tinch okean sohili Shimoliy Amerikada eng kuchli parchalangan
hududlardan biri bo‘lib, bu yerdagi orollar tizimi bir-biridan va materikdan tor
bo‘g‘izlar orqali ajralib turadi. Orollar zanjirini esa Qirg‘oq tektonik cho‘kmasi
materikdan ajratib turadi. Tektonik cho‘kmaning bir yo‘nalishi materik ichkarisiga
kirib borib Pyudjet-Saund qo‘ltig‘ini hosil qiladi. Kanada Kordil’erasiga qarashli
qirg‘oq tizmalari mezozoy burmalanish jarayonida vujudga kelgan bo‘lib, asosan
granitlardan tarkib topgan. Uning eng baland nuqtasi
Uoddington
tog‘i
okean
sathidan 4042 m ko‘tarilgan.
Qirg‘oq tizmasidan sharqda Villamet bo‘ylama tektonik cho‘kmasi
joylashgan. Bu cho‘kma paleogen va neogen davrlarining dengiz yotqiziqlari
hamda daryolarning allyuvial yotqiziqlari bilan to‘ldirilgan. Villamet cho‘kmasi
tektonik jihatdan Qirg‘oq cho‘kmasining davomi hisobolanadi. Bu cho‘kmadan
sharqda Kanada Qirg‘oq tizmalarining janubiy davomi bo‘lgan
Kaskad
tog‘lari
meridional yo‘nalishda 1000 km ga yaqin masofaga cho‘zilgan. Bu tog‘lar cho‘kindi
va vulkanik jinslardan tarkib topgan. Tashqi qiyofasi asimmetrik ko‘rinishga ega.
Sharqiy yonbag‘ri tik jarlik, g‘arbiy yonbag‘ri esa aksincha qiya. Yonbag‘irlar
chuqur vodiy va tor daralar bilan kuchli kesilgan.
Kaskad tog‘larining 1750-2000 m balandlikdagi platosimon yuzalari nisbatan
tekislangan. Tekislangan yuzalar ustidan bir necha so’ngan vulkanlarning konuslari
yuqoriga qad ko‘targan. Vulkan konuslari yosh lavalardan tarkib topgan bo‘lib, ular
kam yemirilgan. Ularning eng yiriklari
Reynir (4391m)
va
Shasta (4361m)
tog‘laridir.
Lassen-Pik
vulkani eng so‘nggi marta bundan 85 yil avval otilgan.
Tog‘larda fumarola va issiq buloqlar ko‘p uchraydi.
Kaskad tog‘larida landshaft majmualari vertikal zonalar bo‘ylab joylashgan.
G‘arbiy yonbag‘rida nam qoramtir igna bargli o‘rmonlar sharqiy quruqroq
kontinental yonbag‘rida qarag‘ay o‘rmonlari keng tarqalgan. 2800-3000
m dan
balandda o‘rmon landshaftlari subal’p va al’p mintaqalari bilan almashinadi.
Tog‘larning eng baland joylari qor va muzliklar bilan qoplangan.
Tinch okean sohili tog‘
tizmalaridan sharq tomonda ichki platolar va tog‘lar
polosasi joylashgan. Bu polosa
Stikin
tog‘lari va
Nechako, Frayzer
hamda
Kolumbiya
platolaridan iborat. Ichki tog‘lar va platolarning balandligi 800-1500 m
ni tashkil etadi. Platolar ichida eng kattasi Kolumbiyadir. Kolumbiya platosi Kaskad
va Qoyali tog‘ tizmalari oralig‘ida joylashgan. Maydoni 500 000 km
2
atrofida bo‘lib,
shimoldan janubga 400 km va g‘arbdan sharqqa 250 km masofaga cho‘zilgan.
O‘rtacha balandligi 700-1000 m. Platoning geologik tuzilishida asosan 1200 m
qalinlikdagi vulkanik bazalt jinslari ishtirok etadi. Lavali platoning shimoliy qismi
materik muzliklari olib kelgan yotqiziqlar bilan, janubiy qismi lyossimon jinslar
bilan qoplangan. Iqlimi quruq, kontinental, yoz oylari issiq, yog‘in juda kam bo‘ladi.
Yillik yog‘in miqdori 400-500 mm dan oshmaydi. Plato hududi Kolumbiya, Sneyk
daryolari va ularning irmoqlari bilan chuqur kesilgan. Daryolar hosil qilgan
daralarning chuqurligi 900-1500 m gacha boradi. Tabiati dasht va chala cho‘l
190
landshaflaridan tarkib topgan. O‘zlashtirilgan
unumdor qora, kashtan va qo‘ng‘ir
tuproqlar sug‘oriladigan agrolandshaftlar bilan band.
Kanada Kordil’erasining sharqiy qismi Qoyali tog‘lar bilan o‘ralgan. Qoyali
tog‘lar Kanadada Makkenzi tog‘ining janubidan boshlanib, AQSh hududi bo‘ylab
davom etadi. Uning faqat shimoliy, Missuri daryosinint kenglik bo‘ylab oqadigan
vodiysigacha bo‘lgan qismi Kanada Kordil’erasi o’lkasiga qaraydi. Qoyali tog‘lar
bir necha bo‘ylama tog‘lardan va ularni bir-biridan ajratib turgan keng vodiylardan
iborat. Qoyali tog‘larning eng baland cho‘qqilari qor va muzliklar bilan qoplangan.
Bular Kanada hududida joylashgan
Robson (3954m)
va
Kolumbiya (3747m)
tog‘laridir. Cho‘qqilar o‘rtasida balandligi 1134 m bo‘lgan
Yellouxed
davoni kesib
o‘tgan. Shimoliy Qoyali tog‘larning relyefi uchun muzlik relyef shakllari va
bo‘ylama tektonik cho‘kmalar xarakterli. Tektonik cho‘kmalardan Kolumbiya,
Freyzer va boshqa daryolar oqib o‘tadi.
O’lkaning orografik tuzilishi iqlim xususiyatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Tinch okean sohilidagi tog‘
tizmalarining g‘arbiy yonbag‘ri sernam va mayin
iqlimli. Orollardagi tog‘lar, qirg‘oq va Kaskad tog‘
tizmalarining g‘arbiy
yonbag‘irlari 2000 mm, ayrim qismlari 6000 mm gacha yog‘in oladi. Qor juda ko‘p
yog‘adi. Qirg‘oq tizmalarida qorning qalinligi 6-9 m gacha boradi. Okean sohillarida
yoz oylari ancha salqin. Kaliforniya sovuq oqimining ta’siri tufayli iyulning o‘rtacha
harorati +13
0
+15°S atrofida bo‘ladi. Qishda sovuqsiz kunlar uzoq davom etadi.
Yanvarning o‘rtacha harorati 0°S dan -3°S gacha o‘zgaradi.
Qirg‘oqdan uzoqlashgan sari iqlim xususiyatlari keskin o‘zgarib, okean iqlimi
o‘rniga kontinental iqlim sharoiti kuchaya boradi. Vallamet botig‘ida yog’in miqdori
1000 mm gacha, lavali platolarda 400-500 mm gacha kamayadi. Yog‘in asosan qish
oylariga to‘g‘ri keladi. Ichki platolarda yoz issiq va quruq bo‘lganligi sababli qishloq
xo‘jalik ekinlari sun’iy sug‘orishni taqozo etadi. Qoyali tog‘larning
sharqiy
yonbag‘irlarida Atlantika okeanidan keladigan havo massalari hisobiga yog’in
miqdori bir oz ko‘payadi. Bu hududlarda maksimum yog’in qish paytiga emas, balki
yoz oylariga to‘g‘ri keladi.
Kanada Kordil’erasi hududida gidrografik to‘r yaxshi rivojlangan. Daryo
tarmoqlarining ko‘p va sersuv bo‘lishiga sabab orografik tuzilish xususiyatlari,
yog’in miqdorining ko‘pligi va tog‘ muzliklarining keng tarqalganligidir. Daryolari
Qirg‘oq, Kaskad va Qoyali tog‘ tizmalaridagi muzliklardan hamda ko‘llardan
boshlanadi. Eng yirik daryolari Kolumbiya va uning irmoqlari Sneyk, Freyzer,
Spokan, Uillamettlardir. Bu daryolar qor va muzliklardan to‘yinib, yoz oylarida
to‘lib oqadi. Okean sohillariga yaqin joylarda daryolar yomg‘ir
suvlaridan ham
to‘yinadi. Tog‘ vodiylarida Flatxed, Pand-Orey va boshqa ko‘llar mavjud. Barcha
daryolari gidroenergiya resurslarga boy. Kolumbiya daryosida Grand-Kupi va
Bonnevil gidrouzellari qurilgan.
Iqlimning g‘arbdan sharqqa tomon o‘zgarishi o’lkaning tuproq-o‘simlik
qoplamiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Okean sohillarida, 1200-1500 m balandlikkacha
bo‘lgan tog‘ yonbag‘irlarida, orollarda o‘rmonlar yaxshi saqlangan. Qirg‘oq tog‘
tizmasi yonbag‘ridagi Villamet cho‘kmasidagi o‘rmonlar sitxa yeli, Duglas pixtasi,
tuya, g‘arb xemlogi va boshqa igna bargli daraxtlardan tashkil topgan. Vankuver
191
orolidagi daraxtlarning bo‘yi 60-75 m gacha yetadi. Kaskad tog‘ tizmasidagi
qadimgi qalin o‘rmonlar kesilib ketgan va ularning o‘rnini ikkilamchi siyrak
antropogen o‘rmonlar egallagan. Ikkilamchi tog‘ o‘rmonlarida
Duglas pixtasi va
sariq qarag‘aylar keng tarqalgan. Ichki platolarda o‘simlik qoplami shimoldan
janubga tomon o‘zgarib boradi. Platoning shimoliy qismi o‘rmonlar bilan, o‘rta
qismi o‘rmon dasht va janubiy qismi dasht o‘simliklari bilan qoplangan. Qurg‘oqchil
yerlari butazorlar va kserofit boshoqli o‘tlar bilan band. Ichki platolarning
haydaladigan joylarida donchilik va bog’dorchilik yaxshi rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: