X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Materik muzliklari. 
To’rtlamchi davr tarixining muhim voqealaridan biri 
materik muzliklaridir. Muzlik nazariyasining rivojlanishiga va muzlik davrini 
o’rganishga P.A.Kropotkin, S.N.Nikitin, G.F.Mirchink, K.K.Markov, N.N.Sokolov 
va boshqalar katta hissa qo’shdilar. Olimlarning fikriga ko’ra Yevrosiyoning 
shimoliy qismini to’rt marta materik muzligi bosgan. Bular Oka (Lixvin), Dnepr 
(Riss), Moskva va Valday (Vyurm) muzliklaridir. Ayrim olimlar Moskva muzligini 
Dnepr muzligining bosqichi deb qaraydilar. Muzlik davrlari uzoq davom etgan va 
iliq iqlimli muzliklararo davrlari bilan almashinib turgan. Muhim materik muzliklari 
Yevrosiyoniig Yevropa qismida shakllangan. 
Materik muzliklari orasida eng kattasi va eng qalini Dnepr muzligi bo’lib, uning 
janubiy chegarasi Sharqiy Yevropa tekisligi bo’ylab 48° sh.k. gacha bostirib kelgan. 
Bu muzlikning asosiy markazi bo’lgan Fenoskandiyada muz qalqonining qalinligi 
3000 m gacha yetgan. Dnepr muzligi butun Fenoskandiyani, Boltiq va Shimoliy 
dengizlarning cho’kmalarini, O’rta Yevropa tekisligini qoplab olgan. Materik 
muzligining ikkinchi markazi Qutb Urali va Novaya Zemlya orolida vujudga kelgan. 
Eng kichik markazi Taymir yarim orolida yuz bergan qadimgi materik muzligi 
bo’lgan. Undan sharq tomonda O’rta Sibir yassi tog’ligining shimoli-g’arbida, 
shimoli-sharqiy Sibirda va Chukotkada materik muzliklari orollar shaklida tog’ 
muzliklari xarakterida bo’lgan. G’arbiy Sibirda materik muzligining janubiy 
chegarasi 60°sh.k. dan janubgacha davom etgan. Eng oxirgi Valday (vyurm) 
muzligining qalinligi markazda 2000 m atrofida bo’lib, u O’rta va Shimoliy Yevropa 
hududlarini nisbatan yaqin vaqtlarda, ya’ni bundan 8-10 ming yil oldin tark etgan. 
Mahalliy tog’ muzliklarining markazlari Al’p, Pireney, Kavkaz, Karpat, Tyanshan, 
Pomir, Oltoy, Hinduqush, Himolay va materikning boshqa tog’ tizimlarida 
shakllangan va ular besh martagacha takrorlangan. 
Materik muzliklari Yevrosiyoning shimoliy qismining rel’efiga kuchli ta’sir 
ko’rsatgan. Ayniqsa, so’nggi Valday muzligining izlari hozirga qadar yaxshi 
saqlangan. Muzliklar Fenoskandiya va Qutb Urali tog’laridan surilib tushayotganida 
tog’ jinslarining yuzasini silliqlagan, parchalangan toshlarni janub tomonga olib 
ketgan. Muz erib ketganidan keyin Sharqiy Yevropa tekisligining va Osiyoning 


209 
shimoliy qismlarida ko’plab morena yotqiziqlarini, keng maydonlarda qumlarni va 
lyossimon jinslarni qoldirib ketgan. Morenalar baland tepaliklarni, uzoq masofaga 
cho’zilgan gryadalarni hosil qilgan. Ularning orasida pastliklar va uncha chuqur 
bo’lmagan ko’llar hosil bo’lgan. Bunday turdagi rel’ef shakllari morenali rel’ef 
deyiladi. Materik muzliklari tufayli hosil bo’lgan morenali rel’ef shakllari, son-
sanoqsiz morena va muz-tektonik ko’llar Yevrosiyoning shimoliy hududlarining 
tabiatiga rang-barang manzara baxsh etadi hamda bu hududlarning landshaft 
strukturasini yanada ham murakkab tuzilishiga ta’sir ko’rsatadi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish