X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Sharqiy Yevropa tekisligi



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Sharqiy Yevropa tekisligi. 
Yevrosiyo materigi tekisliklari o’rtasida Sharqiy 
Yevropa tekisligi maydonining kattaligi jihatidan birinchi o’rinda turadi va yer usti 
tuzilishining murakkabligi bilan farq qiladi. Bu tekislik kembriydan oldin vujudga 
kelgan eng qadimgi kristall jinsli platforma ustida hosil bo’lgan. U sharqda Ural tog’ 
etaklaridan boshlanib, g’arbda
 
Pol'sha va Shimoliy Germaniya
 
hududlarigacha 
davom etadi. Asosiy rel’ef shakllari mustaqil nomlarga ega bo’lgan tekislik
pastekisliklar (Boltiqbo’yi, Dvina-Mezen, Pechora, Meshchera, Polese, Oka-Don, 


210 
Qora-dengizbo’yi, Kaspiybo’yi) va balandliklar, kryajlar (O’rtarus, Valday, 
Dneprbo’yi, Belorus, Bugulma-Belebey, Yal’pi Sirt, Timan, Donesk) dan iborat. 
Sharqiy Yevropa tekisligining o’rtacha mutloq balandligi 370 m atrofida bo’lib, eng 
baland nuqtasi qirlarda va kryajlarda 380 m gacha yetadi.
 
Kaspiybo’yi
 
pastekisligi 
platformaning eng chuqur sinklizasida shakllangan akkumulyativ tekisliklar tipiga 
kiradi. Uning yuzasi dunyo okeani sathidan -26, -28 m pastda joylashgan. Bu 
pastekislik eng yosh dengiz yotqiziqlaridan tarkib topgan, parchalanmagan 
mezorel’ef va mikrorel’ef shakllari hukmronlik qiladi. 
G’arbiy Sibir pastekisligi. 
Ural tog’lari bilan O’rta Sibir yassi tog’ligi 
oralig’ida joylashgan bo’lib, G’arbiy Sibir pastekisligi Yer yuzidagi eng yiriklaridan 
biri hisoblanadi. Uning yer yuzasi tuzilishi Sharqiy Yevropa tekisligi va Turon 
pastekisligi yer yuzasining tuzilishiga nisbatan ancha oddiyligi bilan farq qiladi. 
G’arbiy Sibir pastekisligi epigertsin plitasi ustida shakllangan bo’lib, uning zaminini 
dislokasiyalashgan va metomorflashgan paleozoy yotqiziqlari tashkil etadi. 
Tekislikning yuza qatlami esa mezozoy va kaynozoyning dengiz hamda kontinental 
yotqiziqlaridan tarkib topgan. G’arbiy Sibir hududi dengiz havzasidan o’rta 
oligosenda ozod bo’lgan. Yuqori paleogendan qum-gil kontinental yotqiziqlari 
to’plana boshlagan. G’arbiy Sibirning umumiy yuza ko’rinishi botiq shakliga ega 
bo’lib, uning o’rtacha balandligi markaziy qismida 50-100 m ni, Uralyoni qismida 
va Oltoy tog’ etaklarida 150-250 m ni tashkil etadi. Yer yuzasining umumiy 
nishabligi janubdan shimolga tomon juda sekin pasayib boradi. G’arbiy Sibir 
pastekisligi odatda to’rtta yirik geomorfologik oblastga bo’linadi: 1) Shimoldagi 
dengiz akkumulyativ tekisliklar; 2) muzlik va suv-muzlik tekisliklar; 3) muzlikyoni 
ko’l-allyuvial tekisliklar; 4) janubiy muzlikdan tashqari tekisliklar. Bu 
geomorfologik oblastlar to’rtlamchi davr rivojlanish tarixi, yangi tektonik 
harakatlarning namoyon bo’lish xususiyatlari hamda hozirgi zamon ekzogen 
jarayonlarning zonalligi bilan bir-biridan farq qiladi. G’arbiy Sibir Yevrosiyo 
tekisliklari va pastekisliklari orasida eng kuchli botqoqlangan hudud hisoblanadi. Bu 
o’lkada botqoqliklar va botqoqlangan o’rmonlarning umumiy maydoni 128 mln. ga 
dan ortiq. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish