197
Meksika qo‘ltig‘i va Karib dengizi sohillarida pastekisliklar keng polosa hosil qilib
cho‘zilgan. Tinch okean sohilidagi kambar pastekisliklar ustidan kristall,
burmalangan cho‘kindi va vulkanik jinslardan tuzilgan tog‘lar va tog‘
massivlari
okean sathidan 2000-3000 m baland ko‘tarilgan. Ayniqsa Tinch okean yonbag‘ri
bo‘ylab joylashgan so‘ngan va harakatdagi vulkanlarning balandligi 4000
m dan
ham ortadi. Markaziy Amerikaning eng baland nuqtasi Gvatemala tog‘laridagi
Taxumulko
so‘ngan vulkanidir (4220 m). Balandligi jihatidan undan keyingi o‘rinda
Takana
vulkani (4046 m),
Mamatombo
(1280 m) turadi. Kosta-Rikadagi
Irasu
vulkanining balandligi 3452 m ga, Panamadagi
Chiriki
vulkanining balandligi 3374
m ga yetadi. Harakatdagi Fuego, Santa-Mariya va Atitlan vulkanlarining balandligi
3000 m dan oshadi. Janubiy Serra-Madre, Serra-Madre va undan janubi-sharqdagi
tog‘lar tektonik cho‘kmalar, botiqlar va chuqur daryo vodiylari bilan kesilib, bir
qator tizmalarga, tog‘ massivlariga bo‘lingan. Tektonik cho‘kmalarda, botiqlarda va
vodiylarda hosil bo‘lgan baland tekisliklar Markaziy Amerika davlatlarining aholi
zich yashaydigan va sanoat markazlari rivojlangan asosiy rayonlari hisoblanadi.
Markaziy Amerikaning sharqiy Meksika qo‘ltig‘i va Karib dengizi
qirg‘oqbo‘yi pastekisliklari Tinch okean sohilidagi pastekisliklarga nisbatan
kengligi bilan farq qiladi. Ayniqsa, Yukatan yarim orolining deyarli hamma hududi
katta masofaga cho‘zilgan keng pastekislikdan iborat. Meksika qo‘ltig‘i va Karib
dengizi sohilidagi pastekisliklar gil yotqiziqlari bilan qoplangan. Yukatan yarim
orolida esa paleogen va neogen davrlarining ohaktoshlari yer yuzasiga chiqib yotadi
va karst tipidagi relyef shakllarining yaxshi rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi.
Sohillarda
botqoqlangan yerlar, lagunalar, qum tillari, dyuna gryadalari keng
tarqalgan.
Markaziy Amerikaning hududi kichik bo‘lishiga qaramasdan ikkita iqlim
mintaqasida – tropik va subekvatorial mintaqalarda joylashgan. Ular o‘rtasidagi
chegara Nikaragua tektonik cho‘kmasidan o‘tadi. Iqlim sharoitining xarakterli
xususiyati eng issiq oy bilan eng salqin oyning harorati o‘rtasidagi farqning juda
kam bo‘lishidir. Bunday farq atigi 3-5°S ni tashkil etadi. Pastekisliklarda va tog‘
etaklarida eng salqin oyning o‘rtacha harorati shimolida +21
0
+24°S ga,
janubida
+26°S ga, eng issiq oyning o‘rtacha harorati +27
o
+28°S ga teng.
Markaziy Amerikada yog’in bir tekisda taqsimlanmagan. O‘lkaning sharqiy
Atlantika okeaniga qaragan qismi shimoli-sharqiy passatlar keltiradigan nisbatan
nam bo‘lgan tropik havo massalari ta’sirida bo‘ladi. Bu havo massalari yil davomida
harakatda bo‘lib, yoz oylarida juda intensivlashadi. Shuning uchun Markaziy
Amerika tog‘larining sharqiy yonbag‘irlari va dengiz sohillaridagi keng
pastekisliklar uchun nam tropik iqlim xarakterli bo‘lib, yog’in yil bo‘yi takrorlanib
turadi. Yog’inning maksimal qismi yoz fasliga to‘g‘ri keladi. O‘rtacha yillik yog’in
miqdori shimolda 1500-2000 mm dan janubda 3000-4000 mm gacha, hatto ayrim
yonbag‘irlarda 7000 mm gacha boradi. G‘arbiy Tinch okean yonbag‘irlarida nam
iqlim faqat yoz oylariga to‘g‘ri kelib, yog’in shimolda 1000 mm atrofida tushadi.
Quruq davr bir yilda 6-7 oy davom etadi. Janubda esa yog’in miqdori 1700 mm
gacha ko‘payib, quruq davr 3 oygacha qisqaradi. Ichki botiqlarda va Yukatan yarim
orolining shimoli-g‘arbiy qismida yog‘in miqdori 500 mm dan oshmaydi.
198
Markaziy Amerikaning eng janubiy qismi subekvatorial iqlim mintaqasida
joylashgan. Bu yerga namlikni janubdan va janubi-g‘arbdan ekvatorial havo
massalari olib keladi. Yog‘in asosan yoz oylarida bo‘ladi.
Markaziy Amerikaning
deyarli barcha daryolari qisqa, tez oqar, jo‘shqin,
sersuv va gidroenergiya zahirasiga boy. O‘lkaning bosh suvayirg‘ichi Atlantika
okeaniga nisbatan Tinch okeanga yaqin joylashgan. Shuning uchun sharqqa qarab
oquvchi, Meksika qo‘ltig‘i va Karib dengiziga quyuluvchi daryolar uzunroq hamda
yil bo‘yi to‘lib oqadi. Tinch okeanga quyuluvchi daryolar esa juda qisqa, faqat yozda
to‘lib oqadi. Yukatan yarim orolida atmosfera yog‘inlari yetarli darajada bo‘lishiga
qaramasdan gidrografiya to‘ri rivojlanmagan. Chunki, karst hodisalarining keng
tarqalganiga sababli yog‘innning hamma qismi yer ostiga singib ketib, karst
gidrografiyasini hosil qiladi. Bu yerda yashaydigan aholi suvga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish uchun yer ostida to‘plangan karst suvlaridan foydalanadi.
Tog‘ tizmalarini bir-biridan ajratib turuvchi tektonik botiqlarda ko‘plab
ko‘llar vujudga kelgan. Ana shunday tektonik ko‘llardan eng yiriklari Nikaragua va
Managua hisoblanadi. Nikaragua Markaziy Amerikaning eng katta ko‘li bo‘lib,
uning maydoni 8430 km
2
, uzunligi 167 km va maksimal chuqurligi 70 m. Ko‘lning
suv sathi quruq va nam fasllarga qarab o‘zgarib turadi. Tipitapa daryosi Managua
ko‘lidan oqib chiqib Nikaragua ko‘liga quyiladi. Nikaraguadan San-Xuan daryosi
oqib chiqadi va Karib dengiziga quyiladi. Ko‘lning g‘arbiy qismida Ometepe oroli
va shu nomli vulkan joylashgan.
Markaziy Amerikaning tuproqlari va o‘simliklari
iqlim mintaqalariga va yer
yuzasining orografik tuzilishiga moslashgan holda taqsimlangan. Uning shimoli-
sharqiy qismidagi pastekisliklarda va tog‘ yonbag‘irlarining 800 m balandlikkacha
bo‘lgan hududlarida podzollashgan laterit tuproqlari keng tarqalgan. Yevropaliklar
kelgunga qadar bu yerlar nam tropik o‘rmonlari bilan qoplangan. Keyinchalik
o‘rmonlarning kesilib ketishi tufayli ularning maydoni qurib qolgan. Saqlanib
qolgan o‘rmonlarda qimmatbaho yog‘och beradigan nim pushti, qora rangli
daraxtlar, qizg‘ish
maxagoni daraxti, xilma-xil palmalar, dafnalar, bambuklar,
paparotniklar (qirqquloqpar) va fikuslar o‘sadi. O‘rmonlarda liana va epifitlar yaxshi
rivojlangan. O‘zlashtirilgan pastekisliklarda va yonbag‘irlarning quyi qismida
banan, shokolad daraxti, shakarqamish plantasiyalari barpo etilgan.
Tog‘larning 1000-1500 m dan yuqori bo‘lgan shimoli-sharqiy yonbag‘irlari
eman, qarag‘ay, daraxtsimon paparotniklar (qirqquloqlar) bilan, 3200 m
balandlikkacha bo‘lgan qismi eman,
magnoliya, igna bargli daraxtlar bilan
qoplangan. Bu mintaqalarda o‘rmonlar quyi mintaqaning nam tropik o‘rmonlariga
nisbatan yaxshi saqlangan. Undan yuqorida subal’p va al’p o‘tloqzorlari joylashgan.
O‘lkaning janubi-g‘arbiy namlik yaxshi bo‘lgan va qizil tuproqlar rivojlangan
quyi mintaqada seyba va sedrella o‘rmonlari o‘sadi. Atmosfera yog‘inlari kam
tushadigan tog‘ etaklari mimoza va akasiyalardan tashkil topgan siyrak o‘rmonlar
hamda kserofit butazorlar bilan qoplangan. Quyi mintaqaning o‘zlashtirilgan
maydonlari tamaki va paxta ekinlari bilan band. Okean sathidan 600-900 m
balandliklar oralig‘ida kofe yetishtiriladi. O‘rta mintaqaning o‘rmonlari eman, oq
zirk, likvidambar va boshqa daraxtlardan tashkil topgan. O‘zlashtirilgan yerlarda
199
makkajo‘xori, bug‘doy, loviya, no‘xat kabi don ekinlari eqiladi. Yuqori mintaqada
qarag‘ayzorlar keng tarqalgan bo‘lib, yel va pixtalar aralash holda o‘sadi. Yassi
tog‘liklar yaylov sifatida foydalaniladi. Madaniylashtirilgan hududlarida kartoshka,
arpa va dukkakli o‘simliklar ekiladi. Binobarin, o‘simliklar
geografiyasini tahlili
shuni ko‘rsatadiki, Markaziy Amerikaning flora tarkibida Nikaragua tektonik
botig‘idan shimolda Shimoliy Amerikaga xos turlar, janubda Janubiy Amerikaga
xos turlar hukmronlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: