X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Meksika Kordil’erasi.
 
Meksika Kordil’erasi tog‘lari o’lkasiga Kaliforniya 
yarim oroli, shimoli-g‘arbiy Meksika platosi, Meksika yassi tog‘ligi, Baland 
vulkanlar tizmasi, g‘arbiy Serra-Madre va Sharqiy Serra-Madre tog‘lari qaraydi. 
O’lkaning janubiy chegarasi tektonik cho‘kmadagi Balsas daryosi vodiysidan o‘tadi. 
Bu tektonik vodiy Shimoliy Amerika bilan Markaziy Amerika o‘rtasida tabiiy 
geografik chegara vazifasini ham bajaradi. 
Kaliforniya yarim oroli Tinch okeanining Kaliforniya qo‘ltig‘i bilan ajralgan 
bo‘lib, uzunligi 1200 km, kengligi 50-250 km masofaga cho‘zilgan. Maydoni 144 
ming km
2
ga yaqin. Sharqiy qirg‘oqlari qo‘ltiqqa tik tushgan, g‘arbiy qirg‘oqlari esa 
aksincha, qiya pastekislik bo‘lib, ayrim joylarda lagunalar ham uchraydi. Yarim 
orolning sharqiy qismi bo‘ylab balandligi 500-1500 m bo‘lgan vulkanik va kristall 
massivlar ko‘tarilgan. Ulardan eng balandi 
La-Enkantad
tog‘i
(3078 m) hisoblanadi. 
G‘arbiy qirg‘oq bo‘ylab 1000-1500 m balandlikdagi zinapoyasimon 
ko‘tarilgan yassi tog‘liklar, dengizbo‘yi pastekisliklari va Serra Viskayno tog‘i
cho‘zilgan. Umuman, Kaliforniya tog‘lari AQSh Qirg‘oq tizmalarining janubiy 
davomi hisoblanadi. Yarim orolning shimolida subtropik va janubda tropik iqlim 
hukmronlik qiladi. Yog’in kam, o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 250 mm dan 
oshmaydi. Tabiat majmualari cho‘l, chala cho‘l va tog‘ landshaftlaridan iborat. 
Cho‘llarda kaktuslar, agavalar, yukkalar va meksitlar o‘sadi. Tog‘li hududlarda 
baland mintaqa sifatida o‘rmonlar uchraydi. Meksika tog‘ligi maydoni 1200 ming 
km
2
. Uning asosiy qismini sharqdan, g‘arbdan va janubdan baland tog‘lar bilan 
o‘ralgan Meksika yassi tog‘ligi tashkil etadi. U tog‘lik laramiy bosqichida vujudga 
kelgan bo‘lib, tektonik jihatdan Qoyali tog‘larning davomi hisoblanadi. 
Yassi tog‘likning shimoliy qismi Buyuk tekisliklar va Kolorado platosi bilan 
tutashgan. Uning sharqiy chekkasida 
Sharqiy Serra-Madre (Penya-Nevada, 4054 m)
va g‘arbida 
G‘arbiy Serra-Madre (Chorreras, 3150 m)
tog‘lari ko‘tarilgan. Janubiy 
qismi qator so‘ngan va harakatdagi vulkanlar bilan o‘ralgan bo‘lib, ular 
Ko‘ndalang 
Vulkanik Serra
tog‘i deb ataladi. Tog‘likning va butun Meksikaning eng baland 
nuqtasi 
Orisaba vulkani (5747 m)
ham shu yerda joylashgan. Bundan tashqari 
Popokatepetel (5452 m), Istaksiuatl (5286 m), Kolima (3846 m) 
kabi vulkanlari yassi 


195 
tog‘likning janubida qad ko‘tarib turibdi. Parikutin va Xorulo vulkanlari eng yosh 
va ular yaqinda hosil bo‘lgan. 
Meksika tog‘ligining ichki qismi ikki rayonga Shimoliy Mesa va Markaziy 
Mesaga bo‘linadi. Shimoliy Mesa uncha baland bo‘lmagan va qisqa tog‘lar bilan 
ajralib turgan alohida-alohida tekislik hududlardan iborat. Tekislik hududlarning 
balandligi 900-1200 m ni tashkil etadi. Markaziy Mesa tog‘ ko‘tarilmalari va 
botiqlar bilan ajralgan bir qator vulkanik platolardan tarkib topgan. Uning okean 
sathidan balandligi 2000-2400 m. Meksikaning ko‘plab shaharlar va qo‘rg‘onlari 
Markaziy Mesaning botiqlarida joylashgan. Meksika yassi tog‘ligi ohaktoshlardan, 
qumtoshlardan, mergellardan tashkil topgan. Yuzasining katta maydoni lavalar bilan 
qoplangan. 
Ko‘ndalang Vulkanik Serra tog‘ining vulkan konuslari oralig‘ida vulkanik 
jinslardan tarkib topgan keng botiqlar va platolar joylashgan. Ular eng qadimdan 
inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida kuchli o‘zlashtirilgan hududlar bo‘lib, hozirgi kunda 
shahar seliteb va agrolandshaftlar bilan band. Baland tog‘lar bilan o‘ralgan va 
balandligi 2300 m bo‘lgan platolarning birida Meksikaning poytaxti Mexiko shahri 
joylashgan. Meksika Kordil’era o’lkasining iqlimi tropik iqlim. Uning shimoliy va 
shimoli-g‘arbiy qismlari uchun qurg‘oqchil, kontinental cho‘l va chala cho‘l iqlim, 
eng janubiy va sharqiy qismlari uchun nam iqlim xarakterli. Yassi tog‘likning 
shimoliy va shimoli-g‘arbiy qismlarida kontinental quruq tropik iqlim hukmronlik 
qilgani uchun yozi issiq va qishi yumshoq bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha harorati 
shimoldan janubga tomon +15°S dan +20°S gacha, yanvarning o‘rtacha harorati 
+9°S dan +14°S gacha o‘zgaradi. Qish oylarida shimoldan keladigan sovuq havo 
massasi hisobiga harorat -20°S gacha pasayishi mumkin. Havoning namligining 
baland bo‘lishiga qaramasdan yillik yog‘in miqdori 200-400 mm, g‘arbiy Serra-
Madre tog‘i yonbag‘irlarida biroz ko‘payadi. 
O’lkaning janubiy qismi Atlantika passatlarining tropik havo massasi ta’sirida 
bo‘lganligi sababli yog‘in ko‘payadi. Yog’inning asosiy qismi yoz fasliga to‘g‘ri 
keladi. Sharqiy Serra-Madre tog‘ining sharqiy yonbag‘riga va Ko‘ndalang Vulkanik 
Serra tog‘ining janubiy yonbag‘riga yiliga 2000-4000 mm yog‘in yogadi. Tog‘lar va 
platolarning 1500 m dan yuqori qismida harorat +20
o
S dan yuqori ko‘tarilmaydi. 
3000 m dan balandda qish oylarida sovuq bo‘lib qor yog‘adi. Qor chizig‘i 4500 m 
dan balandda yotadi. Ko‘ndalang Vulkanik Serra tog‘larining cho‘qqilarida qor va 
muzlar yil davomida saqlanadi. Meksika Kordil’era tog‘larining iqlimi uchta 
mintaqaga bo‘linadi. 1400 m balandlikkacha bo‘lgan qismi terra-kalida (issiq) 
mintaqaga, 3000 m gacha bo‘lgan qismi terra-teplada (mo‘tadil) mintaqaga va 3000 
m dan yuqorisi terra-fria (sovuq) mintaqaga qaraydi. 
Meksika tog‘ligining o‘simliklar olami xilma-xil va nihoyatda endemik 
turlarga boy. Tog‘likning shimoliy qismi cho‘l va chala cho‘l landshaft 
majmualaridan tarkib topgan. Bu o’lka kaktus florasining shakllanish va tarqalish 
vatani bo‘lganligi uchun kaktusli cho‘l landshaftlari katta-katta maydonlarni 
egallagan. Meksika tog‘ligining o‘simlik dunyosida 8000 dan ortik endemik turlar 
bor. Jumladan kaktuslarning 500 ga yaqin turi, agavalarning 140 turi mavjud. 
Bulardan tashqari opunsiyalar, sereuslar, yukkalar, tikanli butalar keng tarqalgan. 


196 
Yumaloq tikanli kaktuslarning aylanasi 2 m gacha bo‘lib, ularning tarkibida 2 t 
gacha suv saqlanadi. 
Tog‘larning 1000-1200 m gacha bo‘lgan sernam yonbag‘irlari doimiy yashil 
tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Bu o‘rmonlar asosan turli xil eman va magnoliya 
daraxtlaridan iborat. Tog‘larning o‘rtacha balandlikdagi qismi chinor, eman, 
yong‘oq, qarag‘ay, pixta va mojjevelniklardan tashkil topgan aralash va igna bargli 
o‘rmonlar mintaqasi bilan band. Ularning 4000-4500 m dan yuqori qismida subal’p 
va al’p mintaqalari joylashgan. Meksika tog‘ligining tog‘oralig‘i botiqlarida, 
vodiylarida apelsin, kofe, banan, makkajo‘xori va boshqa subtropik hamda tropik 
ekinlar yetishtiriladi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish