X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Kanada Kordil’erasi.
 
Bu o’lkaga Kanadaning janubi-g‘arbiy qismidagi va 
AQSh ning shimoli-g‘arbiy qismidagi tog‘
tizmalari, platolar va botiqlar qaraydi. 
O’lkaning shimoliy chegarasi Avliyo Ilya va Makkenzi tog‘larining janubidan 
o‘tadi. Janubda Kaliforniya botig‘i, Katta Havzaning shimoliy qismi hamda 
Missurining yuqori qismidagi vodiysi bilan chegaralanadi. Kanada Kordil’erasining 
tog‘
tizmalari, platolari va yassi tog‘liklari Kordil’era tizimining boshqa qismlariga 
o‘xshab Tinch okean qirg‘oqlariga parallel ravishda joylashgan. O’lkaning bu 
xildagi orografik tuzilishi iqlim sharoitiga, tuproq-o‘simlik qoplami va landshaft 
kompleklarining zonal-regional differensiyalanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Kanada Kordil’erasi landshaft majmualarining mo‘tadil iqlim sharoitida 
shakllanganligi, tog‘
tizmalarining Alyaska va AQSh Kordil’eralariga nisbatan past 
bo‘lganligi, Tinch okean sohilidagi tog‘larning kuchli parchalanganligi va tog‘
muzliklarining kam tarqalganligi bilan ajralib turadi. Avliyo Ilya tog‘idan janubdagi 
yosh tog‘lar tizimi qirg‘oqqa juda yaqin joylashgan, kuchli parchalangan va ularning 
hozirgi relyef shakllari Aleksandr arxipelagi, Qirolicha Sharlotta orollari va 
Vankuver oroli kabi ko‘rinishlarga ega bo‘lgan. Unchalik baland bo‘lmagan bu 


189 
tog‘lar 
Orolli tog‘ zanjiri 
deb ataladi. Bu tog‘lar zanjirining eng baland nuqtasi 
Vankuver orolida joylashgan 
Viktoriya
cho‘qqisidir (2200 m). 
Kanadaning Tinch okean sohili Shimoliy Amerikada eng kuchli parchalangan 
hududlardan biri bo‘lib, bu yerdagi orollar tizimi bir-biridan va materikdan tor 
bo‘g‘izlar orqali ajralib turadi. Orollar zanjirini esa Qirg‘oq tektonik cho‘kmasi 
materikdan ajratib turadi. Tektonik cho‘kmaning bir yo‘nalishi materik ichkarisiga 
kirib borib Pyudjet-Saund qo‘ltig‘ini hosil qiladi. Kanada Kordil’erasiga qarashli 
qirg‘oq tizmalari mezozoy burmalanish jarayonida vujudga kelgan bo‘lib, asosan 
granitlardan tarkib topgan. Uning eng baland nuqtasi 
Uoddington
tog‘i okean 
sathidan 4042 m ko‘tarilgan. 
Qirg‘oq tizmasidan sharqda Villamet bo‘ylama tektonik cho‘kmasi 
joylashgan. Bu cho‘kma paleogen va neogen davrlarining dengiz yotqiziqlari
hamda daryolarning allyuvial yotqiziqlari bilan to‘ldirilgan. Villamet cho‘kmasi 
tektonik jihatdan Qirg‘oq cho‘kmasining davomi hisobolanadi. Bu cho‘kmadan 
sharqda Kanada Qirg‘oq tizmalarining janubiy davomi bo‘lgan 
Kaskad
tog‘lari 
meridional yo‘nalishda 1000 km ga yaqin masofaga cho‘zilgan. Bu tog‘lar cho‘kindi 
va vulkanik jinslardan tarkib topgan. Tashqi qiyofasi asimmetrik ko‘rinishga ega. 
Sharqiy yonbag‘ri tik jarlik, g‘arbiy yonbag‘ri esa aksincha qiya. Yonbag‘irlar 
chuqur vodiy va tor daralar bilan kuchli kesilgan. 
Kaskad tog‘larining 1750-2000 m balandlikdagi platosimon yuzalari nisbatan 
tekislangan. Tekislangan yuzalar ustidan bir necha so’ngan vulkanlarning konuslari 
yuqoriga qad ko‘targan. Vulkan konuslari yosh lavalardan tarkib topgan bo‘lib, ular 
kam yemirilgan. Ularning eng yiriklari 
Reynir (4391m)
va 
Shasta (4361m)
tog‘laridir. 
Lassen-Pik
vulkani eng so‘nggi marta bundan 85 yil avval otilgan. 
Tog‘larda fumarola va issiq buloqlar ko‘p uchraydi. 
Kaskad tog‘larida landshaft majmualari vertikal zonalar bo‘ylab joylashgan. 
G‘arbiy yonbag‘rida nam qoramtir igna bargli o‘rmonlar sharqiy quruqroq 
kontinental yonbag‘rida qarag‘ay o‘rmonlari keng tarqalgan. 2800-3000 m dan 
balandda o‘rmon landshaftlari subal’p va al’p mintaqalari bilan almashinadi. 
Tog‘larning eng baland joylari qor va muzliklar bilan qoplangan. 
Tinch okean sohili tog‘
tizmalaridan sharq tomonda ichki platolar va tog‘lar 
polosasi joylashgan. Bu polosa 
Stikin
tog‘lari va 
Nechako, Frayzer
hamda 
Kolumbiya 
platolaridan iborat. Ichki tog‘lar va platolarning balandligi 800-1500 m 
ni tashkil etadi. Platolar ichida eng kattasi Kolumbiyadir. Kolumbiya platosi Kaskad 
va Qoyali tog‘ tizmalari oralig‘ida joylashgan. Maydoni 500 000 km
2
atrofida bo‘lib, 
shimoldan janubga 400 km va g‘arbdan sharqqa 250 km masofaga cho‘zilgan. 
O‘rtacha balandligi 700-1000 m. Platoning geologik tuzilishida asosan 1200 m 
qalinlikdagi vulkanik bazalt jinslari ishtirok etadi. Lavali platoning shimoliy qismi
materik muzliklari olib kelgan yotqiziqlar bilan, janubiy qismi lyossimon jinslar 
bilan qoplangan. Iqlimi quruq, kontinental, yoz oylari issiq, yog‘in juda kam bo‘ladi. 
Yillik yog‘in miqdori 400-500 mm dan oshmaydi. Plato hududi Kolumbiya, Sneyk 
daryolari va ularning irmoqlari bilan chuqur kesilgan. Daryolar hosil qilgan 
daralarning chuqurligi 900-1500 m gacha boradi. Tabiati dasht va chala cho‘l 


190 
landshaflaridan tarkib topgan. O‘zlashtirilgan unumdor qora, kashtan va qo‘ng‘ir 
tuproqlar sug‘oriladigan agrolandshaftlar bilan band. 
Kanada Kordil’erasining sharqiy qismi Qoyali tog‘lar bilan o‘ralgan. Qoyali 
tog‘lar Kanadada Makkenzi tog‘ining janubidan boshlanib, AQSh hududi bo‘ylab 
davom etadi. Uning faqat shimoliy, Missuri daryosinint kenglik bo‘ylab oqadigan 
vodiysigacha bo‘lgan qismi Kanada Kordil’erasi o’lkasiga qaraydi. Qoyali tog‘lar 
bir necha bo‘ylama tog‘lardan va ularni bir-biridan ajratib turgan keng vodiylardan 
iborat. Qoyali tog‘larning eng baland cho‘qqilari qor va muzliklar bilan qoplangan. 
Bular Kanada hududida joylashgan 
Robson (3954m)
va 
Kolumbiya (3747m)
tog‘laridir. Cho‘qqilar o‘rtasida balandligi 1134 m bo‘lgan 
Yellouxed
davoni kesib 
o‘tgan. Shimoliy Qoyali tog‘larning relyefi uchun muzlik relyef shakllari va 
bo‘ylama tektonik cho‘kmalar xarakterli. Tektonik cho‘kmalardan Kolumbiya, 
Freyzer va boshqa daryolar oqib o‘tadi. 
O’lkaning orografik tuzilishi iqlim xususiyatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
Tinch okean sohilidagi tog‘
tizmalarining g‘arbiy yonbag‘ri sernam va mayin 
iqlimli. Orollardagi tog‘lar, qirg‘oq va Kaskad tog‘
tizmalarining g‘arbiy 
yonbag‘irlari 2000 mm, ayrim qismlari 6000 mm gacha yog‘in oladi. Qor juda ko‘p 
yog‘adi. Qirg‘oq tizmalarida qorning qalinligi 6-9 m gacha boradi. Okean sohillarida 
yoz oylari ancha salqin. Kaliforniya sovuq oqimining ta’siri tufayli iyulning o‘rtacha 
harorati +13
0
+15°S atrofida bo‘ladi. Qishda sovuqsiz kunlar uzoq davom etadi. 
Yanvarning o‘rtacha harorati 0°S dan -3°S gacha o‘zgaradi. 
Qirg‘oqdan uzoqlashgan sari iqlim xususiyatlari keskin o‘zgarib, okean iqlimi 
o‘rniga kontinental iqlim sharoiti kuchaya boradi. Vallamet botig‘ida yog’in miqdori 
1000 mm gacha, lavali platolarda 400-500 mm gacha kamayadi. Yog‘in asosan qish 
oylariga to‘g‘ri keladi. Ichki platolarda yoz issiq va quruq bo‘lganligi sababli qishloq 
xo‘jalik ekinlari sun’iy sug‘orishni taqozo etadi. Qoyali tog‘larning sharqiy 
yonbag‘irlarida Atlantika okeanidan keladigan havo massalari hisobiga yog’in 
miqdori bir oz ko‘payadi. Bu hududlarda maksimum yog’in qish paytiga emas, balki 
yoz oylariga to‘g‘ri keladi. 
Kanada Kordil’erasi hududida gidrografik to‘r yaxshi rivojlangan. Daryo 
tarmoqlarining ko‘p va sersuv bo‘lishiga sabab orografik tuzilish xususiyatlari, 
yog’in miqdorining ko‘pligi va tog‘ muzliklarining keng tarqalganligidir. Daryolari 
Qirg‘oq, Kaskad va Qoyali tog‘ tizmalaridagi muzliklardan hamda ko‘llardan 
boshlanadi. Eng yirik daryolari Kolumbiya va uning irmoqlari Sneyk, Freyzer, 
Spokan, Uillamettlardir. Bu daryolar qor va muzliklardan to‘yinib, yoz oylarida 
to‘lib oqadi. Okean sohillariga yaqin joylarda daryolar yomg‘ir suvlaridan ham 
to‘yinadi. Tog‘ vodiylarida Flatxed, Pand-Orey va boshqa ko‘llar mavjud. Barcha 
daryolari gidroenergiya resurslarga boy. Kolumbiya daryosida Grand-Kupi va 
Bonnevil gidrouzellari qurilgan. 
Iqlimning g‘arbdan sharqqa tomon o‘zgarishi o’lkaning tuproq-o‘simlik 
qoplamiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Okean sohillarida, 1200-1500 m balandlikkacha 
bo‘lgan tog‘ yonbag‘irlarida, orollarda o‘rmonlar yaxshi saqlangan. Qirg‘oq tog‘ 
tizmasi yonbag‘ridagi Villamet cho‘kmasidagi o‘rmonlar sitxa yeli, Duglas pixtasi, 
tuya, g‘arb xemlogi va boshqa igna bargli daraxtlardan tashkil topgan. Vankuver 


191 
orolidagi daraxtlarning bo‘yi 60-75 m gacha yetadi. Kaskad tog‘ tizmasidagi 
qadimgi qalin o‘rmonlar kesilib ketgan va ularning o‘rnini ikkilamchi siyrak 
antropogen o‘rmonlar egallagan. Ikkilamchi tog‘ o‘rmonlarida Duglas pixtasi va 
sariq qarag‘aylar keng tarqalgan. Ichki platolarda o‘simlik qoplami shimoldan 
janubga tomon o‘zgarib boradi. Platoning shimoliy qismi o‘rmonlar bilan, o‘rta 
qismi o‘rmon dasht va janubiy qismi dasht o‘simliklari bilan qoplangan. Qurg‘oqchil 
yerlari butazorlar va kserofit boshoqli o‘tlar bilan band. Ichki platolarning 
haydaladigan joylarida donchilik va bog’dorchilik yaxshi rivojlangan. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish