X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Alyaska Kordil’erasi.
 
Alyaska Kordil’era tog‘lari landshaft o’lkaiga 
Alyaskaning barcha hududidagi (bundan eng janubiy Tinch okean sohili mustasno) 
va Kanadaning shimoli-g‘arbiy qismidagi tog‘lar – Aleut, Alyaska, Bruks tizmalari, 
Kuskovim, Berd, De-Longa, Richardson, Makkenzi tog‘lari, Yukon platosi va 
boshqalar kiradi. 
Alyaska Kordil’erasining Tinch okean bo‘yi polosasidagi tog‘ tizmalari 
nevada burmalanishi davrida vujudga kelgan. Keyinchalik ular yangi tektonik 
harakatlar natijasida qaytadan yoshargan. Hozirgi relyef shakllarining hosil bo‘lishi 
yangi vertikal harakatlarning samarasidir. Yangi vertikal harakatlarga vulkanik 
jarayonlar hamroh bo‘lib, ularning faoliyati hozir ham tugagan emas. 
Yoysimon shaklda cho‘zilgan va kuchli parchalangan Aleut orollaridagi 
tog‘lar Al’p burmalanish zonasiga mansub bo‘lib, ularning hududida 25 ga yaqin 
so‘nmagan vulkanlar mavjud. Orollardagi vulkanlarning balandligi 3000 m gacha 
yetadi. Bu zonaning davomi bo‘lgan Aleut tizmasi Alyaska yarim orolining katta 
qismini egallagan, Kenay yarim oroligacha davom etadi. Aleut tizmasida ham 
balandligi 3000 m dan oshadigan bir qator so‘ngan va harakatdagi vulkanlar bor. 
Kenay yarim orolidagi tog‘larning orografik davomi bo‘lgan Chugach tog‘lari 
Kopper daryosining chuqur daralari bilan kesilib, murakkab relyef shakllarini hosil 
qilgan. Uning mutloq balandligi 4000 m dan oshadi. Undan janubda Avliyo Ilya 
tog‘i joylashgan. Bu tog‘ Alyaska Kordil’erasi landshaft o’lkasining janubiy 
chegarasi bo‘lib, uning Logan cho‘qqisi okean sathidan 6046 m balandlikkacha 
ko‘tarilgan. 
Alyaska Kordil’erasining yirik va eng baland tog‘laridan biri Alyaska 
tizmasidir. Tizma yoysimon shaklda 1000 km dan ortiq masofaga cho‘zilgan. Uning 
Mak-Kinli cho‘qqisi okean sathidan 6194 m ko‘tarilgan bo‘lib, Shimoliy 
Amerikaning eng baland nuqtasi hisoblanadi. Alyaska tizmasi Tinch okean bilan 
Bering dengizi o‘rtasida suvayirg‘ich vazifasini bajaradi. Uning suvayirg‘ich qismi 
granitlardan va chekka qismlari cho‘kma jinslardan tarkib topgan. Tizmaning 
yonbag‘irlari tik, qoyali, yuqori qismlari al’p tipidagi relyef shakllariga ega. Alyaska 
tizmasi Tinch okeanidan keladigan havo massalarini to‘sib qolib, iqlim ajratuvchi 
vazifasini ham bajaradi. Uning janubiy nam yonbag‘ri 800 m balandlikkacha igna 
bargli o‘rmonlari bilan qoplangan, yuqori qismida qor va muzliklar hukmronlik 
qiladi. Shimoliy kontinental yonbag‘irda tog‘ o‘rmonlarining chegarasi 1000-1100 
m gacha ko‘tariladi. Undan yuqorida tog‘
tundra zonasi boshlanadi. Tizmaning 
janubi-sharqiy qismida balandligi 5000 m ga yetadigan vulkanik tog‘ massivi 
Vrangel qad ko‘targan. Bu tog‘lar hozirgi davr qor va muzliklari bilan qoplangan. 


187 
Tinch okean qirg‘oq tizmalaridan shimol va sharq tomonda Yukon daryosi va 
uning irmoqlari bilan kesilgan Yukon platosi joylashgan. Platoning kengligi 300 km, 
balandligi sharqda 1500 m dan, g‘arbda 1000-800 m gacha pasayib boradi va dengiz 
sohillarida pastekislikka aylanadi. Geologik tuzilishida kembriygacha bo‘lgan 
kristall jinslar, paleozoyning cho‘kindi va kristall jinslari yetakchi rol o‘ynaydi. 
Platoning tarkibiy qismlari yirik yassi tog‘li massivlardan va ularni bir-biridan 
ajratib turgan tektonik botiqlardan iborat. Tektonik botiqlarning yer yuzasi dengiz 
sathidan 150-200 m baland. Ular to‘rtlamchi davr flyuvioglyasial va allyuvial 
cho‘kindi qumoq, suglinkali jinslar bilan koplangan. Yassi tog‘liklarning yuzasi 
to‘lqinsimon va tepaliksimon relyef shakllariga ega. Ayrim joylarda ko‘tarilib 
turgan Kuskokvim va Kilbuk tog‘lari uchun materik muzligi ta’sirida vujudga 
kelgan va kuchli parchalangan al’p relyef shakllari xarkaterli. 
Plato hududi subarktika iqlim mitaqasida joylashgan, kontinental xarakterga 
ega. Qishi qahraton sovuq va davomli. Yanvarning o‘rtacha harorati -15°-20°S, 
o‘rtacha mutloq minimum harorati -50° C. Yoz juda salqin va qisqa, iyulning 
o‘rtacha harorati +9°+15°S atrofida. Yillik yog‘in miqdori 250-300 mm. Iqlimning 
sovuqligi tufayli ko‘p yillik muzloq yerlar keng tarqalgan. Botiqlarda daryo qayirlari 
past, tekis va kuchli botqoqlangan. Tuproq qoplami yassi tog‘liklarda tog‘ muzloq 
tayga va tog‘
tundra tuproqlaridan iborat. Yukon daryosi va irmoqlarining 
qayirlarida past bo‘yli tol-terak o‘rmonlari, terrasalarda va vodiyga yaqin 
yonbag‘irlarda oq yel, amerika tilog‘ochidan tarkib topgan o‘rmonlar o‘sadi. Yassi 
tog‘liklarning 400 m dan yuqori qismida siyrak o‘rmonlar zonasi, 600-700 m dan 
balandda butazorli va o‘tloq-tundra zonasi joylashgan. Plotoda boreal o‘rmonlarga 
xos (qo‘ng‘ir ayiq, los, silovsin) va tundraga xos (qutb tulkisi, lemming, shimol 
bug‘usi) hayvon turlari yashaydi. 
Yukon platosidan shimol tomonda kenglik bo‘ylab cho‘zilgan Bruks tog‘i 
g‘arbda tepaliklardan boshlanib, sharqda 2800 m balandlikkacha ko‘tariladi. Bruks 
tog‘i ko‘ndalang daryo vodiylari bilan kesilgan va kuchli parchalangan. Tog‘ning 
hamma qismida Qutb Uraliga o‘xshash sovuq nurash natijasida parchalangan tosh 
uyumlari mavjud. 
Bruks tog‘idan sharqda meridional ravishda yo‘nalgan Richardson tog‘i bor. 
Undan janubi-sharqqa tomon cho‘zilgan Makkenzi va Seluin tog‘lari joylashgan. 
Makkenzi tog‘ining o‘tkir qirralari 2500 m balandlikkacha ko‘tarilib, qoyali 
yonbag‘irlar hosil qilgan. Seluin tog‘i ham Makkenzi tog‘iga parallel ravishda 
shimoli-g‘arbdan, janubi-sharqqa tomon cho‘zilgan bo‘lib, uning eng baland nuqtasi 
2972 m. Seluin tog‘i Makkenzi va Yukon daryo havzalari o‘rtasda suvayirg‘ich 
rolini bajaradi. Bu tog‘larda aholi yashash uchun geografik sharoit noqulay 
bo‘lganligi tufayli tabiiy landshaftlar juda kam o‘zgargan. Makkenzi tog‘idan sharq 
tomonda, Makkenzi daryosi o‘rta oqimining o‘ng qirg‘og‘ida Franklin tog‘i 
joylashgan. Alyaska Kordil’erasi foydali qazilmalarga boy. Ayniqsa oltin konlari 
keng tarqalgan. Ko‘pchilik rayonlarda mis, kumush va boshqa rangli metallar bor. 
Mezozoy yotqiziqlaridan toshko‘mir qazib olinadi. Paleogen yotqiziqlaridan neft va 
gaz konlari topilgan. 


188 
O’lkaning iqlimi Tinch okean sohillaridan materik ichkiqismiga tomon 
o‘zgarib boradi. Qirg‘oqqa yaqin joylar va janubi-g‘arbga qaragan tog‘
yonbag‘irlari 
Tinch okeandan keladigan havo massalari ta’sirida bo‘lganligi sababli nam dengiz 
iqlimi xarkaterli. Alyaska va Kenay yarim orollarida iyulning o‘rtacha harorati 
+10°S atrofida. Tinch okeanga qaragan yonbag‘irlarda yillik yog‘in miqdori 1000 
mm dan 3000 mm gacha ko‘payadi. Yog‘inning asosiy qismi kuz va qish oylariga 
to‘g‘ri keladi. Tumanli kunlar yil davomida kuzatiladi. Qor chizig‘ining o‘rtacha 
balandligi 500 m ni tashkil etadi. Vrangel tog‘lari butunlay qor va firn muzliklar 
bilan qoplangan. Uning yonbag‘irlaridan vodiy muzliklari siljib tushib, dunyodagi 
eng uzun tog‘
muzligini hosil qiladi. Bu uzunligi 90 km ga yetadigan 
Nabesna 
muzligidir. Avliyo Ilya tog‘idan siljib tushgan al’p muzliklari kengligi 100 km va 
maydoni 4000 km 
2
keladigan 
Malyaspina
tog‘ oldi muz massivini hosil qiladi. 
Alyaska Kordil’erasi ichki qismlarining iqlimi Tinch okean sohillari iqlimiga 
nisbatan ancha sovuq va kontinental. O’lkaning ichki qismlarining iqlimi Sharqiy 
Sibirning keskin kontinental iqlimi bilan taqqoslash mumkin. Tog‘ tizmalaridan 
shimolda yassi tog‘liklarning ichki botiqlarida minimal harorat -40°-50°S gacha 
pasayadi. Yanvarning o‘rtacha harorati -15°-30°S ni tashkil etadi. Yillik yog‘in 
miqdori 350 mm dan oshmaydi. Daryolari kam suvli va muzliklardan to‘yinadi. 
Shimoliy Muz okeani qirg‘oqlariga qarashli joylari tipik arktika iqlim xususiyatlari 
bilan xarakterlanadi. Qishi juda qattiq sovuq, qariyb 10 oy davom etadi. Keng 
tarqalgan ko‘llar va botqokliqlar yilning aksariyat paytlarida muz bilan qoplanib 
yotadi. 
Tinch okean sohillari va tog‘larning quyi yonbag‘irlari igna bargli o‘rmonlar 
bilan, Bruks tog‘i va Shimoliy Muz okeani sohillari tundra o‘simliklari bilan 
qoplangan. Makkenzi tog‘ida igna bargli o‘rmonlari 1200-1600 m balandlikkacha 
ko‘tariladi. Aksariyat tog‘larning 1000-1500 m dan yuqori qismlarini tipik tog‘
tundralari egallagan. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish