193
yuza qismida 8-25 km, daryoning suv sathida 1 km atrofida. Konyonning yonbag‘ri
tik tushgan, kuchli parchalangan. Kolorado daryosi gorizontal yotgan mezozoy,
paleozoy cho‘kindi jinslaridan tortib to arxeyning kristall jinslarigacha chuqur kesib
o‘tib, rang-barang tabiat obidalarini hosil qilgan.
Platoning ayrim hududlarida qoldiqli tog‘lar, so’ngan vulkanlar va lakkolit
massivlari ancha balandlikka ko‘tarilgan.
Ularning eng baland joyi
Hamferis-Pik
tog‘idir (3851 m). Iqlimi quruq, keskin kontinental, subtropik.
Daryolarning suv
rejimi kuchli o‘zgaruvchan va tez oqar. Kolorado daryosi Katta Kanyonning ayrim
joylarida soatiga 25 km tezlik bilan oqadi. Yozda ko‘pchilik daryolar qurib qoladi
yoki suvi kamayadi. Koloradoning o‘zi Qoyali tog‘lardagi qorlardan to‘yinadi.
Qazilma boyliklari ichida uran, vanadiy, polimetall rudalari va oltin konlari yetakchi
o‘rin egallaydi.
Kolorado platosidan janubi-g‘arbda uncha balnad bo‘lmagan qum massivlari
va maydalangan materiallar bilan qoplangan cho‘lli platolar mavjud. Ulardan
Moxave
cho‘li Kolorado daryosidan g‘arbda va
Xila
cho‘li undan sharqda
joylashgan. Moxave cho‘lining janubida joylashgan tektonik cho‘kma
yuzasi okean
sathidan 75-85 m pastda bo’lib bu cho‘kma
Imperiya vodiysi
deb ataladi.
AQSh Kordil’erasi o’lkasining sharqiy qismi Qoyali tog‘lar bilan o‘ralgan. Bu
tog‘lar tik yonbag‘irlar hosil qilib, shimoldan janubga tomon cho‘zilgan. O’lkaning
shimoliy qismida Qoyali tog‘lar muzlik eroziyasi natijasida kuchli parchalangan.
Platolar yuzasi muzlik ta’sirida yemirilgan tosh uyumlari bilan qoplangan,
yonbag‘irlari esa chuqur daryo vodiylari bilan kesilgan. Asosiy daryo vodiylari
Missuri daryosiga va uning irmog‘i Yelloustounga qaraydi.
Qoyali tog‘larning janubiy qismi antiklinal tizmalardan tashkil toptan bo‘lib,
ularning markaziy qismlari kristall jinslardan, chekka qismlari cho‘kindi jinslardan
iborat. Qoyali tog‘lar tizmasi orasida eng yiriklari
Old tizma, Big-Xorn, Sangre-de-
Kristo Uind-River
tog‘lari bo‘lib, ularning balandligi 4000 – 4300 m dan oshadi.
Jumladan Old tizmadagi
Elbert
cho‘qqisining balandligi 4399 m va Sangre-de-
Kristo tog‘idagi
Blanko-Pik
cho‘qqisining balandligi 4363 m.
Qoyali tog‘larning g‘arbiy yonbag‘riga va tog‘ oralig‘i botiqlariga nisbatan
sharqiy yonbag‘ri atmosfera yog‘inlari bilan yaxshi namlangan. Sharqiy yonbag‘rida
yillik yog‘in miqdori o‘rtacha 700-800 mm ga teng bo‘lsa, g‘arbiy yonbag‘rida va
tog‘ oralig‘i botiqlarida 300-400 mm dan oshmaydi. Iyulning o‘rtacha harorati
shimolda +20°S dan janubda +30°S gacha ko‘tariladi. Yanvarning o‘rtacha harorati
shimolda -20°S bo‘lsa, janubda 0°S atrofida bo‘ladi.
Qor chegarasi ham shu
yo‘nalishda 3000 m dan 4000 m gacha ko‘tariladi. Qoyali tog‘lardan Shimoliy
Amerikaning yirik daryolari –
Missuri, Rio-Grande, Kolorado
va boshqa daryolar
boshlanadi, muz, qor va yomgir suvlaridan to‘yinadi.
Qoyali tog‘larning yonbag‘irlarida o‘rmon massivlari keng tarqalgan.
Tizmaning shimolida o‘rmonlar g‘arb tilog‘ochi, Duglas yeli, pixta, yel, tuya, suga
kabi daraxtlardan, janubida sariq qarag‘ay, oq, pixta,
mojjevelniklardan tarkib
topgan. Shimolda o‘rmonlar hatto vodiylarda ham yaxshi o‘sadi, janubda esa
ularning o‘rnini dasht zonasiga xos o‘t o‘simliklar egallaydi.
194
AQSh Kordil’erasi hududida tabiiy landshaftlarni va tabiat obidalarini
muhofaza qilish maqsadida qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar tashkil etilgan. Serra-
Nevada tog‘ tizmasidagi Sekvoyya qo‘riqxonasi,
Yosemit vodiysidagi Yosemit
qo‘riqxonasi, Qoyali tog‘ tizmasidagi Yellouston milliy bog‘i shular jumlasidandir.
Yelouston milliy bog‘i balandligi 2100-2500 m keladigan platoda joylashgan. Uning
atrofi 3000 m balandlikkacha ko‘tarilgan tog‘lar bilan o‘ralgan. Maydoni 8500 km
2
.
Plato vulkanik jinslardan tarkib topgan. Milliy bog‘ning diqqatga sazavor
obidalaridan biri – geyzerlardir. Eng yiriklaridan Ulkan (Gigant) geyzeri 40 m
balandlikgacha otiladi, suvining harorati +94,8°. Eski xizmatchi (Stariy slujaka)
geyzeri 42 m balandlikkacha otiladi, suvining harorati +90,4° ga teng. Geyzerlardan
tashqari 1000 dan ortiq issiq buloqlar mavjud. Qo‘riqxonada tog‘ ko‘llari ham bor.
Eng kattasi 2270 m balandlikda joylashgan
Yellouston
ko‘lidir. Qo‘riqxonaning
barcha hududi igna va mayda bargli o‘rmonlar bilan qoplangan. O‘rmonlarda
bizonlar, qora ayiqlar, grizli ayig‘i va bug‘ular yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: