184
o‘lka hududi tabiiy geografik jihatdan uch qismga bo‘linadi:
Atlantikabo‘yi
pastekisliklari, Meksikabo‘yi pastekisliklari va Florida yarim oroli.
Atlantikabo‘yi pastekisligi.
Bu pastekislik shimolda Nyu-Yorkdan boshlanib,
janubda Florida yarim oroligacha davom etadi. G‘arbda Pidmont platosi va sharqda
Atlantika okeani bilan chegaralangan. Janubi-g‘arbda Meksikabo‘yi pastekisligi
bilan tutashib ketgan. Kengligi shimolda 30 km dan janubda 350
km gacha,
balandligi 100 m gacha boradi. Pastekislikning poydevori bo‘lgan paleozoy kristall
jinslari qalinligi 1000 m gacha boradigan ohaktosh, qumtosh, qum va gil yotqiziqlari
bilan qoplangan. Sohilning past dengiz terrasalari daryolarning keng botqoqli
qayirlari bilan kesilgan. Golfstrim iliq oqimi qirg‘oq yaqinidan oqib o‘tib,
pastekislikning iqlimiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Iqlimi subtropik, okean iqlimi.
Qishi iliq, yomg‘irli. Yanvarning o‘rtacha harorati shimolda 0° C dan janubda +20°S
gacha ko‘tariladi. Yozi issiq, va sernam. Iyulning o‘rtacha harorati 22
0
-28°S ni
tashkil etadi. Yillik yog‘in miqdori 1000-1400 mm atrofida. Tuproq qoplami qizil,
sariq allyuvial-chimli va botqoq tuproqdardan tarkib topgan. Subtropik o‘rmonlarda
xilma-xil qarag‘aylar va emanlar ko‘p o‘sadi. Botqoq yerlarda tis va sarv daraxtlari
keng tarqalgan.
Meksikabo‘yi pastekisligi.
Materikning Meksika qirg‘oqlari yaqinidagi
pastekislik hududlarini o‘z ichiga olgan bu pastekislik shimolda Markaziy tekislik,
Appalachi va Uoshito tog‘lari, shimoli-g‘arbda Buyuk
tekisliklar platosi bilan
chegaralanadi va janubda Meksika qo‘ltig‘i bilan yuvilib turadi. Uning hududi
qalinligi 6000-10000 m keladigan, neft va gaz konlariga boy qum, gil va boshqa
yotqiziqlardan tashkil topgan. Yer yuzasi janubdan shimol tomon dengiz sathidan
150 m gacha ko‘tarilib boradi, ko‘plab mayda va yirik daryo vodiylari bilan kesilgan.
Relyefining xarakteriga ko‘ra uchta geomorfologik tipga: yassi to‘lqinsimon dengiz
terrasalari, uncha baland bo‘lmagan kuesta tizmali qiya tekisliklar va Missisipining
yassi allyuvial pastekisliklariga bo‘linadi.
Meksikabo‘yi pastekisligining katta qismi uchun subtropik iqlim va janubi-
g‘arbiy qismi uchun tropik iqlim xarakterli. Yanvarning o‘rtacha harorati shimolda
+4°+8°S. Iyulning o‘rtacha harorati +26°+28°S. Yillik yog‘in miqdori g‘arbda 600-
800 mm va sharqda 1200-1500 mm. Pastekislik
hududidan Missisipi, Alabama,
Kolorado, Brazos, Rio-Grande va boshqa daryolar oqib o‘tadi va o‘z suvini Mekiska
qo‘ltig‘iga qo‘yadi.
Pastekislikda unumdor tuproqlar keng tarqalgan. Qumoq terrasalarda qizil va
sariq tuproqlar, ohaktoshli tekisliklarda chimli-korbonatli tuproqlar va daryo
qayirlarida chimli-allyuvial tuproqlar yaxshi rivojlangan. Nishabligi kam bo‘lgan
joylarda botqoq tuproqlar katta maydonni egallagan. O‘rmonlar nisbatan yaxshi
saqlangan, uning 35 % hududi o‘rmonlar bilan band. Qumoq yerlarda qarag‘aylar,
doimiy
yashil emanlar, magnoliyalar, voskovniklardan tarkib topgan. Daryo
qayirlarida terak va shamshod daraxtlari o‘sadi. Sohillarda mangra o‘rmonlari
mavjud. Meksikabo‘yi pasttekiligining unumdor tuproqlari qishloq xo‘jaligida keng
foydalaniladi. Ayniqsa Missisipi vodiysida paxta, Meksika sohillarida shakarqamish
va katta maydonlarda subtropik sitrusli mevalar yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
185
Florida yarim oroli.
Florida materikning janubi-sharqiy qismida joylashgan
va yassi tekislik relyef shakliga ega bo‘lgan yarim oroldir. U 1513 yilda ispaniyalik
Ponse de Leon tomonidan kashf etilgan. Yer yuzasi dengiz sathidan 100 m gacha
baland ko‘tarilgan, maydoni 115 ming km
2
. Florida
hududi paleogen-neogen
davrlarining ohaktoshlaridan, qisman dengiz va daryolarning mayin yotqiziqlaridan
tarkib topgan. Ohaktoshli qatlamlarda karst jarayoni kuchli rivojlangan. Yer ostida
g‘orlarning, buloqlarning, daryolarning va ko‘llarning keng tarqalishi ohaktoshlar
bilan uzviy bog‘liq.
Yarim orolning iqlimi tipik okean iqlimi bo‘lib, uning shimoliy qismi nam
subtropik va janubiy qismi tropik iqlim tipiga qaraydi. Qish oylari quyoshli va iliq
bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha harorati shimolda +14°S dan janubda +21°S gacha
ko‘tariladi. Yoz oylari sernam va iliq bo’ladi. Iyulning o‘rtacha harorati shimolda
+27
0
+28°S atrofida bo‘ladi. Yillik yog‘in miqdori 1200-1400 mm. Daryolari juda
qisqa, lekin sersuv. Hatto Sent-Djons daryosida kemalar bemalol qatnay oladi,
ko‘llarga
juda boy, eng kattasi Okichobi ko‘lidir. Botqoq landshaftlar keng
tarqalgan. Floridaning janubiy qismigacha botqoqlangan yerlarda Evergleyds milliy
bog‘i tashkil etilgan. O‘rmonlarda qarag‘aylar, magnoliyalar, palmalar, shamshod
daraxtlari o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: