177
o‘tadi. G‘arbiy chegarasi Missisipi daryosining yuqori oqimigacha cho‘ziladi.
Sharqda chegara vazifasini Kanada qalqonini Appalachi tog‘laridan ajratib turuvchi
Shampleyn grabeni bajaradi. Janubda aralash va keng bargli o‘rmonlar bilan
chegaralanadi.
Buyuk ko‘llar tabiiy geografik o‘lkasi nafaqat tektonik jihatdan,
balki
landshaft majmualarining xususiyatlari jihatidan ham o‘tkinchi xarakterga ega.
O‘lka qalqonli sharoitdan platformali rejim hukmronlik qilayotgan makonga o‘tish
oralig‘ida joylashganligi uchun uning hududida yangi tektonik harakatlar bir
muncha kuchli namoyon bo‘ladi, chuqur tektonik vodiylar, ko‘l botiqlari, kuesta
relyef shakllari keng tarqalgan. Buyuk ko‘llar o‘lkasi shu hududga xarakterli bo‘lgan
yirik va chuqur ko‘llari, to‘g‘ri
chiziqli daryolari, chuqur vodiylari, serostona va
sharsharalari qisqa daryolari bilan qo‘shni o‘lkalardan farq qiladi. Buyuk ko‘llar
o‘lkasida beshta yirik – Yukon, Michigan, Guron, Eri, Ontario va juda ko‘p mayda
ko‘llar mavjud. Buyuk ko‘llar orasida eng kattasi Yuqori ko‘l (82 100 km
2
), kattaligi
jihatdan Kaspiy ko‘lidan keyin dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi va eng kichigi
Ontario ko‘li (19 477 km
2
). Buyuk ko‘llarning qirg‘oq
chiziqlarining umumiy
uzunligi 10 490 km, suv hajmi 24 620 km
3
. Bu dunyo bo‘yicha chuchuk suvlarning
eng katta miqdordagi zahirasidir.
Buyuk ko‘llar botig‘ining kelib chiqishi tektonik harakatlar, materik
muzligidan oldin sodir bo‘lgan daryo eroziyasi, muz eroziyasi va akkumulyasiyasi
jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq. Ko‘llarning dastlabki qiyofasi endogen va
ekzogen kuchlar ta’sirida bir necha marta o‘zgarib, hozirgi ko‘rinishiga ega bo‘lgan.
Ko‘llarning shimoliy qirg‘oqlari kuchli parchalangan, baland, tabiati xushmanzarali,
tik yonbag‘irlar keng tarqalgan. Ayniqsa, Yuqori va Guron ko‘llarining shimoliy
qismi qizil,
kulrang qumoq jinslardan, granitlardan va gneyslardan tarkib topgan
bo‘lib, ular balandligi 200-270 m keladigan qoyali, tik tub qirg‘oqlarni hosil qiladi.
Ko‘llarning janubiy va janubi-sharqiy qirg‘oqlari past, lagunali, qumli va gilli.
Michigan ko‘lining sohillarida balandligi 10-20 m keladigan dyunalar mavjud.
Kuchli shamollar paytida ko‘llarda
seyshlar
hosil bo‘ladi. Seyshlarning balandligi
3-4 m ga yetadi. Ko‘llarning suv rejimiga va dinamikasiga oqimlar ham ta’sir etadi.
Oqimlar soat strelkasiga qarshi yo‘nalishda harakat qiladi.
Buyuk ko‘llar o‘lkasining iqlim sharoiti biroz kontinentalligi bilan
xarakterlanadi. Bu o‘zining ifodasini haroratning fasllarga qarab keskin o‘zgarishida
va atmosfera yog‘inlari rejimida topgan. Ayniqsa havo haroratining qish bilan yoz
o‘rtasidagi ko‘rsatkichlarda keskin farq borligi ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Barcha
hududda qish oylarining o‘rtacha harorati manfiy. O‘lkaning shimoliy qismidan
yanvarning -15°S li izotermasi o‘tsa, uning janubidan -5°S li izotermasi o‘tgan.
Michigan ko‘lining janubiy sohillarida suvning ta’siri natijasida yanvarning o‘rtacha
harorati -3°S gacha ko‘tariladi. Yoz oylari shimolda ancha iliq, janubda esa issiq.
Iyulning o‘rtacha harorati o‘lkaning shimolida +20°S ni, janubida esa +25°S ni
tashkil etadi. Buyuk tekisliklarga nisbatan Buyuk ko‘llar o‘lkasiga yog‘in ko‘p
tushadi. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 750 mm ni tashkil etadi. Sharqqa tomon bu
ko‘rsatkich 1000 mm gacha ko‘payadi, g‘arbga tomon bir muncha kamayadi.
Atmosfera yog‘inlari o‘lka hududining hamma qismida deyarli bir tekis
178
taqsimlangan. Qishda yog‘in asosan qor shaklida yogadi va qor qoplami qalin
bo‘ladi. Eng ko‘p yog‘in yoz fasliga to‘g‘ri keladi.
Buyuk ko‘llar o‘lkasida daryo va kanallar yaxshi ravojlangan. Yirik, o‘rtacha
kattalikdagi va mayda ko‘llar juda ko’p. Daryolari Buyuk ko‘llar
va Missisipi
havzalariga qaraydi. Buyuk ko‘llarning suv yig‘adigan havzasining maydoni, ko‘llar
sathi bilan birgalikda 772 000 km
2
ga teng. Ko‘llar va daryolar qor, yomg‘ir va yer
osti suvlaridan to‘yinadi. Ko‘llardan oqib chiqadigan daryolarning gidrologik rejimi
va suv sarfi yil davomida bir xil taqsimlanganligi bilan boshqa o‘lkalarning
daryolaridan farq qiladi. Ko‘l va daryolar dekabrda muz bilan qoplanib, aprel oyida
muz qoplamidan ozod bo‘ladi. Ko‘llar baliqlar faunasiga juda boy. Bu yerda
baliqlarning 28 oilasiga mansub 173 turi yashaydi. Zog‘ora va olabug‘a baliqlari
ko‘pchillikni tashkil etadi. Sudak va osyotr baliqlari nisbatan keng tarqalgan, ko‘l
foreli sanoat ahamiyatiga ega.
Buyuk ko‘llar o‘lkasi AQSh va Kanadaning aholi zich yashaydigan regioni
hisoblanadi. Ko‘llar atrofida sanoati rivojlangan shaharlar ko‘plab joylashgan.
O‘lkaning tabiiy landshaftlari antropogen omil ta’sirida kuchli o‘zgargan. Materikka
yevropaliklar kelgunga qadar Buyuk ko‘llar o‘lkasining g‘arbida,
janubida va
sharqida qalin o‘rmonlar bo‘lgan. Mahalliy aholi – hindularning ovchi qabilalari
mo‘ynali hayvonlarni ovlash bilan shug‘ullanganlar. Hozir esa o‘rmon massivlari
kam joyda saqlanib qolgan. Haydalgan yerlar makkajo‘xori va bug‘doy ekinlari
bilan band. Buyuk ko‘llar Shimoliy Amerikaning ichki hududlari, yirik daryolari va
Atlantika okeani bilan suv yo‘llari orqali bog‘langan. Buyuk ko‘llardagi kema
yo‘llarining uzunligi 3900 km ga yetadi. Ko‘llar va daryolar orqali temir rudalari,
toshko‘mir, qurilish materiallari, sanoat mahsulotlari, don tashiladi. Ko‘llarning bir
yillik yuk aylanmasi 200 mln. tonnadan oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: