1-amaliy mashg’lot
XARITA № 5
Mavzu:
Gorizontal holda yotgan qatlamlar va diz'yunktiv strukturalar mavjud bo'lgan
geologik xaritani rasmiylashtirish. Хarita bo’yicha geologik qirqim va stratigrafik ustun
tuzish. Geologik xaritaning tahlili
.
Ishning maqsadi:
Gorizontal va burmalangan qatlamlar tasvirlangan geologik xaritani
rasmiylashtirish va geologik tuzilishini tahlili.
Ishning bajarilish tartibi:
1. Xaritada chegarani ko’rsatilgan silur (S
1
, S
2
), devon (D
1
, D
2
, D
3
), paleogen ( P
1
, P
2
,P
3
) va neogen
(miotsen, quyi va yuqori pliotsen) qatlamlarini geoxronologik jadval asosida bo’yash.
2. Gorizotal xolda yotgan paleogen va neogen davr yotqiziqlari bo’yicha geologik qirqim tuzish.
3. Burmalangan xolda yotgan silur va devon yotqiziqlarini yotish elementlari (yotish azimuti,
yo’nalish azimuti va yotish burchagi) ni aniqlash.
4. Burmali strukturani turini aniqlash.
5. Silur, devon yotqiziqlarini kesib o’tuvchi geolgik qirqim tuzish.
6. Paleogen va neogen yotqiziqlarini haqiqiy qalinligini aniqlash va 1:10000 masshtabda stratigrafik
ustun tuzish.
7. Silur, devon, paleogen, neogen yotqiziqlarini haqiqiy qalinligini aniqlash va umumiy tavsiliy
1:10000 masshtabda stratigrafik ustun tuzish.
8. Geologik nomuvofiq turini aniqlash.
9. O’rganilayotgan geologik xaritaning geologik tuzilishi haqida qisqacha ta’rif yozish.
10. Rel’efning maksimal va minimal qiyalik burchagini grafik va analitik usulda aniqlash.
Amaliy ishni topshirish tartibi:
1. Geoxronologik jadval asosida bo’lgan geologik xarita topshiriladi.
2. Silur davri yotqiziqlarini kesib o’tgan geologik kesma topshiriladi.
3. Silur (S), devon (D), paleogen ( P) va neogen (N) yotqiziqlarini kesib o’tgan geologik kesma
topshiriladi.
4. Paleogen (P ) va neogen (N) yotqiziqlari uchun stratigrafik ustun topshiriladi.
5. Silur (S) davri paleogen va neogen yotqiziqlari uchun umumiy tavsiliy stratigrafik ustun
topshiriladi.
6. Xaritaning geologik tuzilishi xaqida qisqacha ta’rif yozma ravishda topshiriladi.
Nazorat savollari:
1. Geologik xarita nima?
2. Geologik xaritaga qanday chizmalar ilova qilinadi?
3. Stratigrafik ustun moxiyati.
4. Geologik kesma tuzish maqsadlari.
5. Qumtosh, gravelit, konglamerat, gilli slanets, mergenl, ohaktosh va dolomitni shartli belgilarini
chizish.
6. Qatlam deb nimaga aytiladi?
7. Qatlam qanday elementlarga ajratiladi.
8. Cho’qindi tog’ jinslari qanday tamoyillarga asosan tasniflanadi.
9. Stratigrafik nomuvofiq nima?
10. Gorizontal yotish deganda nimani tushunasiz.
11. Gorizontal yotgan qatlamlarning qalinligi qanday aniqlanadi.
12. Gorizontal yotgan qatlamlar bo’yicha kesmalar tuzish xususiyatlari nimalardan iborat.
13. Gorizontal yotgan qatlamlar xaritada qanday aniqlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |