X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Markaziy tekisliklar
.
Shimoliy Amerikaning o‘rta qismida joylashgan, 
shimolda Lavrentiy yassi tog‘ligi, sharqda Buyuk ko‘llar va Appalachi tog‘lari, 
g‘arbda Buyuk tekisliklar, janubda Meksikabo‘yi pastekisligi bilan chegaralangan. 
Yer yuzasining dengiz sathidan o‘rtacha balandligi janubda 150-200 m, shimolda, 
g‘arbda va sharqda 250-500 m. Markaziy tekisliklarning tektonik poydevorini 
Shimoliy Amerika platformasining janubiy qismi tashkil etadi. O‘lka hududi 
gorizontal ravishda yotgan quyi va yuqori paleozoy jinslaridan tarkib topgan. 
Qadimiy jinslarning ustki qismi keyinchalik to‘rtlamchi davr yotqiziqlari bilan 
qoplangan. 
Markaziy tekisliklarning shimoliy qismini yer yuzasiga to‘rtlamchi davr 
materik muzliklari kuchli ta’sir etgan. Katta maydondagi tekislik yuzasida morena 
yotqiziqlaridan hosil bo‘lgan tepaliklar va ular oralig‘ida joylashgan botqoqlangan 
cho‘kmalar ko‘p uchraydi. Tekisliklarning janubida morena yotqiziqlari o‘rnini 
lyosslar, lyossimon jinslar va qalin qum yotqiziqlari egallagan. Bu yotqiziqlar keng 
muzlikyoni havzalarida shakllangan.
Markaziy tekisliklarning janubi-sharqiy qismida gertsin tog‘larining tektonik 
harakatlar natijasida cho‘kmay qolgan ayrim hududlari yer yuzidan orollar shaklida 
ko‘tarilib qolgan. Bular balandligi 700-800 m dan oshadigan Uoshito va Boston 


179 
tog‘lari hamda balandligi 500-700 m keladigan Ozark platosidir. Ular Appalachi 
tog‘
tizimining janubi-g‘arbiy tektonik davomi hisoblanadi. 
Markaziy tekisliklarning hamma hududi daryo vodiylari va jarliklar bilan 
kesilgan. Ayniqsa, kuchli erozion parchalanish tekisliklarning lyoss va lyossimon 
jinslar keng tarqalgan janubiy qismi uchun xarakterlidir. Tekisliklarning janubi-
sharqiy qismida Ogayo daryosidan janubda karst relyef shakllari yaxshi rivojlangan. 
Karstlarning hosil bo‘lishi quyi karbon davridagi ohaktoshlarning yer yuzasiga 
yaqin yotganligi bilan bog‘liq. Karst hodisalariga Appalachi tog‘ etaklari yaqinidagi, 
Kamberlend platosida joylashgan Mamont g‘ori misol bo‘la oladi. Mamont g‘ori yer 
yuzasidan 300 m chuqurlikda, ohaktoshli jinslar orasida hosil bo‘lgan dunyodagi 
eng katta karst g‘orlaridan biri hisoblanadi. G‘orning morfologik tuzilishi juda 
murakkab bo‘lib, besh yarusli strukturaga ega. Speleologlarning ta’kidlashicha, 
hozirga qadar u to‘liq, tadqiq etilmagan. G‘orning tekshirilgan qismining uzunligi 
240 km. Tekshirilgan qismida 225 yo‘lak, 47 gumbazsimon xona, 23 shaxta bor. 
Mamont g‘orining yer osti gidrografik to‘ri juda murakkab tuzilgan. Gidrografik to‘r 
uchta yer osti ko‘lidan va uchta yer osti to‘ridan tarkib topgan. Yer osti daryolari 
Grin-River daryo tizimi bilan bog‘langan g‘orning ichidagi harorat doimiy bo‘lib, 
+13°S ni tashkil etadi. G‘orda yer osti landshaftiga xos organik hayot ham mavjud. 
U yerda qorong‘ilik sharoitiga moslashgan ko‘r chigirtka, o‘rgimchaklar, ko‘llarda 
va daryolarda ko‘r baliq va qisqichbaqalar yashaydi. 
Markaziy tekisliklarning iqlimi mo‘tadil va kontinental. Shimoliy qismida 
havo ancha salqin va janubida iliq. Yanvarning o‘rtacha harorati shimolda -20°S ga 
va janubda +4°S ga teng. Yozi salqin, yog’in ko‘p bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha harorati 
shimolda +19°S dan, janubda +26°S gacha ko‘tariladi. Yog‘in miqdori janubi-
sharqda 1200 mm dan shimoli-g‘arbda 400 mm gacha kamayadi. Qishda qor 
qoplamining qalinligi o‘lkaning shimolida 1m gacha borib uzoq saqlanadi, janubida 
esa qor uzoq saqlanmay tezda erib ketadi. 
Markaziy tekisliklar tabiiy holdaga unumdor tuproqlarga boy. Uning asosiy 
tuproq qoplami o‘rmon qo‘ng‘ir va qora tuproqlardan iborat. O‘lkaning katta 
maydonini egallagan preriyalarning baland bo‘yli o‘tlari kuchli degradasiyalashgan 
va yo‘q qilib yuborilgan. Aralash o‘rmonlarda zarang, tog‘ terak, getlok, yel, 
qarag‘aylar, daryo vodiylarida eman va gikorilar o‘sadi. Markaziy tekisliklarning 
deyarli barcha hududi Missisipi va uning yirik irmoqlari – Missuri va Ogayo 
havzalarida joylashganligi sababli obikor dehqonchilik yaxshi rivojlangan. Uning 
75% hududi haydalgan va agrolandshaft majmualari bilan band. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish