X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Appalachi tog‘lari.
 
Bu tabiiy geografik o‘lka Shimoliy Amerikaning sharqiy 
qismida AQSh va Kanada hududida joylashgan. U o‘rtacha balandlikdagi tog‘ tizimi 
bo‘lib, morfostrukturasi tizmalardan, platolardan, yassi tog‘liklardan, vodiylardan 
va tog‘ oldi tekisliklaridan tarkib topgan. Appalachi tog‘ tizimi shimoli-sharqdan 
janubi-g‘arbga qarab submeridional ravishda 2600 km masofaga cho‘zilgan. Eng 
baland cho‘qqisi o‘lkaning janubida joylashgan va okean sathidan 2037 m ko‘tarilib 
turgan Mitchell tog‘idir. 
Appalachi tog‘lari geologik taraqqiyot tarixiga ko‘ra Yer yuzidagi eng keksa 
tog‘lar qatoriga kiradi. U paleozoy erasining kaledon va gertsin tog‘ hosil bo‘lish 


182 
jarayonlari tufayli vujudga kelgan, kuchli yemirilgan, peneplenlashgan, so‘ngra 
yangi tektonik ko‘tarilishlar natijasida yoshargan tog‘lardan hisoblanadi. 
Appalachining shimoliy, janubi-sharqiy qismlari va Adirondak tog‘lari 
paleozoyning boshlarida burmalangan qadimiy gneys, slanes va kvarsitlardan tarkib 
topgan. Janubi-g‘arbiy qismi paleozoyning oxirida burmalangan ohaktosh, qumtosh, 
gilli slanes kabi cho‘kindi jinslardan tuzilgan. Mezozoyning oxiri va kaynozoyning 
boshlarida toshlar gumbazsimon ko‘tarilib, megaantiklinal strukturani vujudga 
keltiradi. Shu davrdan boshlab tog‘
yonbag‘irlari yaxshi rivojlangan daryo vodiylari 
bilan kuchli parchalanib, hozirgi relyef shakllari hosil bo‘lgan. 
Appalachi tog‘li o‘lkasidagi landshaftlarning differensiasiyalanishida katta 
farqlar mavjud. Bunday farqlar ayniqsa tog‘ tizimining shimoliy qismi bilan janubiy 
qismi o‘rtasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu boisdan o‘lka hududi ikki qismga – 
Shimoliy Appalachi va Janubii Appalachiga bo‘linadi. Ular o‘rtasidagi tabiiy 
chegara tog‘ tizimini ko‘ndalang kesib o‘tgan 
Moxok
tektonik cho‘kmasiga to‘g‘ri 
keladi. Bu cho‘kmadan Gudzon daryosi oqib o‘tadi. Appalachi tog‘larining iqlim 
sharoiti Atlantika okeani, ayniqsa Meksika qo‘ltig‘i ta’sirida shakllangan. Shu 
tufayli mayin va nam iqlim hukmronlik qiladi. O‘lkaning shimoliy qismi mo‘tadil 
va janubii qismi subtropik iqlim mintaqalariga qaraydi, 
Shimoliy Appalachining iqlim sharoiti janubga qaraganda bir muncha sovuq, 
havo harorati fasllarga qarab keskin o‘zgarib turadi. Eng sovuq oyning o‘rtacha 
harorati -5°S dan -12°S gacha pasayadi. Daryo va ko‘llari dekabrdan to aprelgacha 
muz bilan qoplanadi. Qor ko‘p yog’adi va qor qoplami qalin bo‘ladi. Bunga sabab 
o‘lkaning shimoliy qismiga Labrador sovuq oqimining ta’sir etishidir. Yoz oylari 
salqin, iyulning o‘rtacha harorati +18°S dan yuqori ko‘tarilmaydi. Tumanli va 
yomg‘irli kunlar ko‘p bo‘ladi. 
Janubiy Appalachi hududida havo harorati yozda ham, qishda ham shimolga 
nisbatan yuqori bo‘ladi. Qishda eng sovuq oyning o‘rtacha harorati +8°S atrofida. 
Balandlikka ko‘tarilgan sayin harorat pasayib boradi. Dengiz sathidan 600-700 m 
balandlikdan boshlab manfiy harorat kuzatiladi. Yoz oylari issiq, iyulning o‘rtacha 
harorati +25°S gacha boradi, yog’in juda ko‘p bo‘ladi. Appalachi tog‘lariga doimo 
Atlantika okeanidan keladigan nam havo massalari ta’sir etib turadi. Nam havo 
massalari o‘lkaning hamma hududiga katta miqdorda yog‘in keltiradi. Yog‘in 
yilning hamma fasllari uchun xarakterli. Yillik yog‘in miqdori shimoldan janubga 
tomon 1000 mm dan 2000 mm gacha ko‘payib boradi. Maksimum yog‘in yoz fasliga 
to‘g‘ri keladi. Namlikning ko‘pligi tufayli o‘lkada daryo tarmoqlari yaxshi 
rivojlangan. Appalachi tog‘laridan boshlanuvchi daryolar o‘z suvini Atlantika 
okeaniga va Missisipi havzasiga quyadi. Ular sersuv, yil davomida to‘lib oqadi, 
vodiylari chuqur ishlangan. Qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi. Yirik daryolari 
Sent-Djon, Gudzon, Saskuixanna va Tennessilar gidroenergiya resurslariga boy. 
O‘lka tabiatidagi ichki farqlar faqat geologik tuzilishi, relyefi va iqlimi 
sharoitlarida bo‘lib qolmasdan, tuproq-o‘simlik qoplamida ham aniq ifodalangan. 
Appalachining shimolida tog‘ podzol, tog‘ chimli podzol tuproqlari keng tarqalgan. 
Ular igna bargli va aralash o‘rmonlar bilan qoplangan. O‘rmonlar asosan tog‘larning 
yuqori qismida yaxshi saqlangan. Igna bargli tog‘ o‘rmonlarida qoramtir yel, balzam 


183 
pixtasi, oq qarag‘ay, tuyalar ko‘p o‘sadi. Aralash o‘rmonlarda igna bargli o‘rmonlar 
bilan birga shakar va qizil zarang, oq va sariq qayin, tog‘terak, emanlar keng 
tarqalgan. Ayrim joylarda qizil zarang, shakar zarang va emanlardan tarkib topgan 
o‘rmon massivlari saqlanib qolgan. Janubiy Appalachining tuproq qoplami o‘rmon 
qo‘ng‘ir, sariq va qizil tuproqlardan tashkil topgan. Katta maydonni egallagan 
appalachi keng bargli o‘rmonlarining tipik vakillari Moxok tektonik cho‘kmasi 
hududida paydo bo‘la boshlaydi. Keng bargli o‘rmonlarning asosini buk, chinor, 
tog‘ terak, kashtan
yong‘oq, zarang va shumtollar tashkil etadi. Tog‘larning 1000 m 
balanllikkacha bo‘lgan qismida endemik va relikt turlar – lola daraxti, magnoliya, 
oq akasiyalar o‘sadi. 1000 m dan balandlikda Shimoliy Appalachiga xos bo‘lgan 
aralash va igna bargli o‘rmonlar o‘sadi. Undan yuqorida subal’p mintaqasi 
joylashgan. 
Janubiy Appalachining o‘rmonlari antropogen omil ta’sirida juda siyraklashib 
qolgan. Ayrim hududlarda o‘rmonlar umuman kesib yuborilgan. Bunga sabab 
o‘lkaning geografik o‘rni va iqlim sharoitining inson hayoti uchun qulayligi hamda 
gidroresurslarga va foydali qazilmalarga boy ekanligidir. Tabiiy landshaftlar o‘rnini 
antropogen landshaftlar, ayniqsa agrolandshaftlar, seliteb va texnogen landshaftlar 
egallagan. Tabiiy qalin o‘rmonlar tog‘larning aholi siyrak yashaydigan baland 
joylarida yaxshi saqlanib qolgan. Bu yerda yirik o‘rmon hayvonlaridan Virginiya 
bug‘usini uchratiladi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish