X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Nazorat savollari:
1. Baland Osiyo tabiiy geografik rayoni tabiiy sharoiti va orografik xususiyatlariga 
tavsif bering?
2. Hinduqush va Qoraqurum o’lkasi iqlimiy sharoitini tavsiflang?
3. Tibet tog’ligi o’lkasi orografiyasi va gidrografiyasining o’ziga xos tomonlari 
nimada?
4. Baland Osiyo tabiiy geografik rayoni tabiat mintaqalari geografiyasiga tavsif 
bering?
6.7.10. SHARQIY OSIYO
 
 
Tayanch so’z va iboralar:
tabiiy landshaft, antropogen landshaft, burmali 
tog’lar, palaxsali tog’lar, akkumulyativ tekisliklar, Tinch okean geosinklinal 
mintaqasi, allyuvial yotqiziqlar, musson yomg’irlari, agrolandshaft, mussonlar. 
 
Sharqiy Osiyo Yevrosiyo materigining sharqiy chekka qismida, Tinch okean 
sohillarida joylashgan musson iqlimli tog’-tekislik tabiiy geografik o’lka. U 
shimolda Janubiy Uzoq Sharq o’lkasidan boshlanib, janubda Janubiy Xitoy past 
burmali tog’lari bilan tugallanadi. Sharqda Tinch okeanning Yapon, Sariq, Sharqiy 
Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlari bilan chegaralangan. G’arbda Katta Xinganning 
g’arbiy tog’ etaklari, Gobi cho’li, Inshan tizmasi, Sino-Tibetning sharqiy tog’ 
etaklari va Yunnan-Guychjou tog’ligining g’arbiy qismi bilan chegaradosh. O’lka 
tarkibiga Koreya yarim oroli, Yapon, Tayvan va Xaynan orollari ham kiradi. Sharqiy 
Osiyoda aholi eng zich joylashganligi tufayli tabiiy landshaftlar Osiyoning boshqa 
regionlariga nisbatan kuchli o’zlashtirilgan va ularning o’rnini antropogen 
landshaftlar egallagan. 


320 
Sharqiy Osiyo shimoldan janubga tomon 4200 km dan ziyod masofaga 
cho’zilgan va shu yo’nalishda mo’tadil, subtropik, tropik iqlim mintaqalarini kesib 
o’tgan. Uning zaminida eng qadimgi kristall jinslardan tarkib topgan Xitoy-Koreya 
va Janubiy Xitoy platformalari yotadi. Bu platformalarga Markaziy Manjuriya, 
Buyuk Xitoy tekisligi, Manjuriya-Koreya tog’lari, Janubiy Xitoy burmali tog’lari va 
boshqa o’rtacha balandlikdagi hamda past tog’ tizmalari to’g’ri keladi. O’lkaning 
materik qismi qadimdan kontinental sharoitda rivojlanib kelgan quruqlik bo’lib, bu 
yerda o’rtacha balandlikdagi burmali palaxsali tog’lar akkumlyativ tekisliklar bilan 
tutashib ketgan. Sharqiy Osiyo orollari va ularni yuvib turuvchi dengizlar Tinch 
okean geosinklinal mintaqasiga qaraydi. O’lkaning bu qismi kuchli zilzilalar va 
hozirgi zamon vulkanizmining o’chog’i hisoblanadi. 
Sharqiy Osiyo musson iqlimli o’lka bo’lsada, uning landshaft komplekslari 
uchun o’ziga xos xususiyatlar, ichki tafovutlar, zonal tabaqalanishlar xarakterli. 
Bunday xususiyatlarni o’lka sharoitida birinchidan turli xil iqlim mintaqalarida 
joylashganligi, ikkinchidan materik qismi bilan orollar qismini geologik rivojlanish 
tarixi, uchinchidan tarkibi va rel’efining xilma-xilligi kabi omillar belgilaydi. Ana 
shu mezonga asoslanib Sharqiy Osiyo tabiiy geografik rayoni quyidagi o’lkalarga 
ajratiladi: Mo’tadil iqlimli Sharqiy Osiyo, Subtropik iqlimli Sharqiy Osiyo, Tropik 
iqlimli Sharqiy Osiyo va Yapon orollari. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish