X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Tibet tog’ligi.
Tibet Yer yuzidagi eng buyuk, yaxlit va baland tog’likdir. Uning 
o’rtacha balandligi 4000-5000 m, ko’pchilik tizmalarning maksimal balandligi 6000 
m dan oshadi. Tibet tog’ligi Osiyoning boshqa qismlaridan uni o’rab turgan baland 
tizmalar orqali ajralib turadi. Uning o’ziga xos xususiyatlari juda katta mutloq 
balanddikka ko’tarilganligi, quruq kontinental tog’ iqlimiga ega ekanligi, baland 
tog’ cho’l va chala cho’l landshaftlarining keng tarqalganligidir. Tibetning tektonik 
morfo strukturasi turli yoshdagi jinslardan tarkib topgan bo’lib, ular paleozoy,
mezozoy va kaynozoy burmalanishlari natijasida vujudga kelgan. Al’p tog’ hosil 
bo’lish jarayonida Tibetning hamma qismi yoppasiga ko’tarila boshlagan. Kuchli 
zilzilalarning bo’lib turishi, vulkanlar va qaynoq buloqlarning mavjudligi tog’ hosil 
bo’lish jarayonini davom etayotganligidan darak beradi. Tog’likning geologik 
tuzilishida granit, gneys, kvarsit, ohaktosh, qumtosh va slaneslar ishtirok etadi. Bu 
tog’ jinslaridan oltin, rangli metallar, polimetall va temir rudalari, yonuvchi slanes, 
toshko’mir, surma konlari topilgan. Sho’r ko’llarda tuz, soda va boshqa 
minerallarning katta zahiralari mavjud. 
Tibet tog’ligining rel’efida va iqlim sharoitida ichki tafovutlar mavjud. Uning 
shimoliy qismida kenglik bo’ylab cho’zilgan Kunlun tog’ tizimi joylashgan. Bu 
tizim sharqda ikki tarmoqqa bo’lingan bo’lib, shimolda Oltintog’ va Nanshan 
tizmalaridan, janubda Orqatog’ (Prjevalsk) va Marko Polo tizmalaridan iborat. Bu 
tizmalar oralig’ida Saydam botig’i joylashgan. Botiqning dengiz sathidan balandligi 
2700-3000 m, uzunligi 700 km va keng joyi 300 km. Tibetning eng baland nuqtalari 
Kunlunda joylashgan. Bular Ulug’muztog’ (7723 m), Cho’ngqorlitog’ (7720 m) va 
Muztog’ (7282 m) cho’qqilaridir. G’arbiy va Markaziy Tibetning yuzasi tekislangan 
tizmalardan, uvoq materiallar bilan to’lgan botiqlardan tuzilgan va dengiz sathidan 
o’rtacha 4500-5000 m baland ko’tarilgan. Ayrim botiqlar oqmas ko’llar bilan band. 
Sharqiy Tibet uchun yorqin ifodalangan tektonik va erozion parchalanishlar 


318 
xarakterli. Parallel joylashgan tog’ tizmalari bir-biridan chuqur darasimon vodiylar 
bilan ajralib turadi. Darasimon vodiylardan Xuanxe, Yanszi, Mekong, Saluin kabi 
yirik daryolar oqib o’tadi. Sharqiy Tibetning sharqiy qismida Xuanxe va Yanszi 
daryo vodiylari oralig’ida Sino-Tibet tog’lari joylashgan. Uning uzunligi 750 km, 
maksimal balandligi Gungashan cho’qqisida 7596 m ga yetadi. Tibetning janubiy 
chekka qismida bir necha tog’ tizmalari baland ko’tarilgan bo’lib, ular Transhimolay 
(Gandisishan) tog’lari deb ataladi. Bu tog’ tizmalari Himolaydan Braxmaputra 
(Sangpo) va Hind daryolarining keng bo’ylama tektonik vodiylari orqali ajralib 
turadi. Braxmaputra daryosining chap irmog’i vodiysida, 3650 m balandlikda Lxasa 
shahri joylashgan. 
Tibet tog’ligi juda baland bo’lganligi sababli iqlimi keskin kontinental, sovuq 
va quruq. Uning g’arbiy va markaziy qismlarida (mahalliy nomi Changtan) o’rtacha 
yillik harorat 0°+5°S ga teng. Qish uzoq davom etadi. Qor kam yog’adi, harorat -
32°S gacha pasayadi. Yoz salqin va qisqa. Iyulning o’rtacha haroarti +10°+15°S, 
ba’zan +20°S gacha ko’tariladi. Yozda ham harorat 0°S dan pasayib, tuproq qatlami 
muzlashi mumkin. Tibetning janubidagi vodiylarda iqlim nisbatan iliq. Iyulning 
o’rtacha harorati +14°+18°S, yanvarniki -2°-4°S. Yog’in miqdori tog’likning 
aksariyat qismida 100-200 mm ni tashkil etadi, chekkalarida 500 mm gacha 
ko’payadi. Tibetning faqatgina janubiy va sharqiy qismlariga Hind va Tinch 
okeanlaridan keladigan yozgi mussonlar ta’sir etib, yillik yog’in miqdorini 800-1000
mm ga yetkazadi. Iqlimning quruqligi natijasida Changtanda qor chizig’i 6000 m 
balandlikdan, janubda Transhimolay tog’larida 5000-5500 m balandlikdan o’tadi.
Tibetning shimoliy, g’arbiy va markaziy hududlarida iqlimning quruqligi tufayli 
daryo to’ri nihoyatda kam rivojlangan. Baland tog’ tizmalaridagi muzliklardan 
boshlanib, shimol tomonga oquvchi daryolar berk havzalarga quyiladi. Tog’likning 
mo’tadil namli, muzliklar va doimiy qorlar keng tarqalgan janubiy va sharqiy 
qismlaridan boshlanuvchi Osiyoning yirik daryolari Tinch va Hind okeanlari 
havzalariga qaraydi. Tibetning janubiy va sharqiy qismlaridan boshlanuvchi 
Xuanxe, Yanszi, Mekong, Saluin, Braxmaputra, Hind daryolari tog’ muzliklaridan 
va musson yomg’irlaridan to’yinib yozda to’lib oqadi. Tibetda qoldiqli ko’llar ko’p. 
Ular pleystosenning oxirida vujudga kelgan muzliklarning erishidan hosil bo’lgan 
yirik ko’llarning qoldiqlaridir. Keyinchalik bu ko’llarning maydoni quruq iqlim 
sharoitida keskin qisqarib, mayda va sho’r ko’llarga aylangan. Ko’pchilik ko’llar 
sayoz bo’lganligi tufayli qurib qolib, ularning o’rnida sho’rxoklar, sho’rxok-
botqoqlar hosil bo’lgan. Eng yirik ko’llar Selling (dengiz sathidan 4495 m baland), 
Namso, Kukunor (3205 m), Orin-Nur, Jorin-Nur va boshqalardir. Tibetning g’arbida 
va janubida muzliklar, doimiy qorlar keng tarqalgan. Sharqqa tomon tog’larning 
pasayishi munosabati bilan ularning soni va maydoni keskin kamaya boradi. Janubiy 
va Sharqiy Tibetda doimiy qorlar va muzliklar 5000 m dan yuqorida joylashgan. 
Tibetning katta qismida baland tog’ dasht, chala cho’l va cho’llarga xos 
bo’lgan, chirindiga kambag’al, shag’al aralash tuproqlar keng tarqalgan. Ayrim 
joylarda tuproqlar va o’simliklar umuman shakllanmagan. Tog’likning chekka 
yaxshi namlangan janubiy va sharqiy hududlarida tog’ o’tloq-dasht va tog’-o’tloq 
tuproqlar uchraydi. Uning katta-katta maydonlarini chala cho’l va cho’l landshaftlari 


319 
egallagan. Daryo vodiylari bo’ylab yashil butazorlar va to’qayzorlar polosasi 
cho’zilgan. Transhimolayda turli xil o’tli tog’ dashtlari uchraydi. Nanshanning 
Sharqiy va Sino-Tibet tog’ining shimoliy qismlarida eman, qarag’ay, qayin, yel 
daraxtlaridan tashkil topgan aralash o’rmonlar o’sadi. Tibetning chekka janubi-
sharqiy qismida eman, yel, qarag’ay, sarv daraxti va boshqalardan iborat doimiy 
yashil keng bargli va igna bargli o’rmonlar musson iqlim ta’sirida vujudga kelgan. 
Bu yerda tog’-o’rmon qo’ng’ir tuproqlari yaxshi rivojlangan. Yirik daryo 
vodiylarida terak, tol, qarag’ay, yel, Yapon qayini, tis, padub kabi daraxtlar 
uchraydi. 
Tibetning fauna tarkibida tuyoqli va kemiruvchi hayvonlar ko’pchilikni tashkil 
etadi. Uning shimoliy qismi uchun qo’tos, orongo va ada antilopalari, arxar, ko’lon, 
kukuyaman, pishuxaxo’r ayiq, bo’ri, tulki, quyon, tarbag’an, pishuxa va boshqa xil 
hayvonlar xarakterli. Janubiy qismida shimolda uchramaydigan mushkli bug’u, 
qoplon, yo’lbars, g’izol, kabarg’a, suvsar, latcha, makaklar yashaydi. Qushlardan 
Tibet ulari, Tibet sajasi, tog’ g’ozi, tog’ o’rdagi, to’rg’ay, tustovuq, lochin, kalxat, 
kaptarlar ko’p uchraydi. Ayrim qushlar Tibet sut emizuvchilariga o’xshab yerga in 
qazib qishda ham yashaydi.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish