X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Subtropik iqlimli Sharqiy Osiyo



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Subtropik iqlimli Sharqiy Osiyo.
O’lka tarkibiga Buyuk Xitoy tekisligi
Sinlin va Tayxanshan tizma tog’lari, Lyossli plato, Sichuan botig’idan tarkib topgan 
markaziy qismi kiradi. O’lkaning sharqiy qismida tekislik rel’ef tipi, g’arbiy qismida 
tog’ rel’ef tipi hukmron. Buyuk Xitoy tekisligi Sharqiy Osiyoning o’rta qismini 
egallagan yirik allyuvial tekislik. Uning yer yuzasi ancha tekis bo’lib, Xuanxe va 
Yanszi daryolari hamda ularning tarmoqlari keltirgan allyuvial yotqiziqlardan 
tashkil topgan. Allyuvial yotqiziqlarning qalinligi 800-1000 m gacha boradi. 
Tekislik yuzasining asosiy qismi dengiz sathidan 50 m baland, tog’ oldi hududlarida 
100 m gacha ko’tarilgan. Maydoni 300 ming km
2
. Rel’efida yassi tekislik 
hukmronlik qiladi. Markaziy qismida uncha baland bo’lmagan Shandun tog’lari 
joylashgan. Bu tog’lar arxeyning kristalli slaneslari va granitlaridan tuzilgan bo’lib, 
ikki qismga bo’linadi. Janubi-g’arbiy qismi o’rtacha balandlikdagi tog’ bo’lib, uning 
eng baland nuqtasi Tayshan tog’ida 1591 m. Shandun yarim orolida joylashgan 
shimoli-sharqiy qismi past tog’ massivlaridan iborat. Bu massivlar daryo vodiylari 
bilan chuqur kesilgan, aksariyat qismining balandligi 500 m ga yaqin. Eng baland 
joyi 1170 m. 
G’arbda kenglik bo’ylab cho’zilgan asimmetrik shakldagi Sinlin tog’ tizmasi 
joylashgan. Uzunligi 1000 km dan ziyodroq, shimoliy yon bag’ri tik, janubi qiya, 
vodiylar bilan kuchli parchalangan, tog’ tepalari tekis. Maksimal balandligi 
Taybayshan cho’qqisida 4107 m. Sharq tomonda shimoli-sharqiy, janubi-sharqiy 
tarmoqlarga bo’lingan. Undan shimoli-sharq tomonda Tayxanshan tizmasi 
submeridional ravishda 400 km ga cho’zilgan. Balandligi 1840 m ga yetadi. Sinlin 
va Tayxanshan tog’ tizmalari arxeyning granit, gneyslaridan, quyi paleozoyning 


323 
slanes, ohaktoshlaridan tuzilgan. Tayxanshan tog’idan g’arb tomonida Lyossli plato 
yastanib yotadi. Uning balandligi sharqdan g’arbga tomon 1000 m dan 2500 m gacha 
ko’tarilib boradi. Lyosslarning qalinligi 100 m gacha yetadi. Plato daryo vodiylari 
bilan chuqur kesilgan, jarliklar keng tarqalgan. Sino-Tibet va Dabashan (2708 m) 
tog’lari oralig’ida Sichuan botig’i joylashgan. Yuzasining balandligi o’rta qismida 
400-500 m ni, chekkalarida 900-1000 m ni tashkil etadi. Bu yerda mezozoy 
kontinental yotqiziqlarning qalinligi qariyb 4000 m ni tashkil etadi. Yotqiziqlar 
orasida qizil rangli qumtoshlar keng tarqalgan va Sichuan botig’ini Qizil Havza deb 
ham atashadi. Qazilma boyliklarning xilma-xil bo’lishi o’lka hududining geologik 
tuzilshi bilan chambarchas bog’liq. Mezozoy intruziv jinslarida temir, magnetit,
mis rudalari, polimetallar ko’p uchraydi. Tog’li hududlardagi molibden, marganes, 
qo’rg’oshin, rux, qalay konlari katta ahamiyatga ega. Botiq va tekisliklarda neft, 
tabiiy gaz, toshko’mir konlari bor. 
O’lkaning katta maydoni subtropik iqlim mintaqasida joylashgan, faqat 
shimoliy qismigina mo’tadil mintaqaga qaraydi. Bu yer uchun xarakterli bo’lgan 
musson iqlimning xususiyati havo massalarining fasliy almashinib turishidir. Ya’ni 
yozda okean, qishda kontinental havo massalari o’zining yorqin ifodasini topgan. 
Yanvarning o’rtacha harorati Buyuk Xitoy tekisligining shimolida -6
0
-2°S, o’rta 
qismida 0°+2°S, janubida +3°+4
0
S, Sichuan botig’ida +10°S dan yuqori. Yozda 
okeandan iliq va nam havo massasi kirib keladi. Iyulning o’rtacha harorati dengiz 
sohillarida +26°S dan ichkari hududlarda +29°S gacha ko’tariladi. Yog’in miqdori 
tekislikda shimoldan janubga tomon 400-500 mm dan 750-1000 mm gacha o’zgarib 
boradi. Nam iqlimli Sichuan botig’ining o’rta qismida yillik yog’in miqdori 800-
1200 mm ni, chekkalarida 1250-1750 mm ni tashkil etadi. Yog’inning qariyb 80% 
yoz oylariga to’g’ri keladi. Musson yomg’irlari vaqtida tekislik daryolari juda to’lib 
oqadi, suv toshqinlari tez-tez takrorlanib turadi. 
Daryo to’ri yaxshi rivojlangan va to’lin suvli. Bu yerdan Xitoyning eng yirik 
daryolari oqib o’tadi. Bular Xuanxe, Yanszi, Veyxey, Xayxe va boshqa daryolardir. 
Barcha daryo tizimlari uzunligi 1782 km bo’lgan Buyuk kanal orqali tutashtirilgan. 
Buyuk kanal shimolda Pekindan boshlanib, janubda Xanchjougacha davom etadi. 
Daryolar tog’ muzliklaridan va musson yomg’irlaridan to’yinib yozda toshib oqadi. 
Ularning suvidan ekin maydonlarini sug’orishda va daryo transportida keng 
foydalaniladi. Tekisliklarda ko’llar va suv omborlari ko’p. Eng yirik ko’llari Tayxu, 
Xunszeku, Gaoyuxu, Veyshanxu va boshqalar. Daryo vodiylarida qayir ko’llar va 
botqoqliklar keng tarqalgan. Tuproq qoplamida kuchli o’zlashtirilgan qo’ng’ir, jigar 
rang va allyuvial tuprolar asosiy o’rin egallaydi. Pastqam joylarda botqoq va o’tloq 
tuproqlar hosil bo’lgan. Sichuan botig’ida qizil va sariq tuproqlar rivojlangan. 
Dengiz sohillarida sho’r tuproqlar uchraydi. 
Sharqiy Osiyoning markaziy qismida tabiiy o’simliklardan subtropik o’rmonlar 
yaxshi rivojlangan. Ular doimiy yashil eman, magnoliya, dafna, tunga, kamfar 
daraxtlaridan hamda igna bargli janub qarag’ayi, sarv daraxtidan tarkib topgan. 
O’rmonlarning quyi yarusida yelpig’ichsimon palma, kameliya, rododendronlar 
o’sadi. Ayrim joylarda bambukzorlar uchraydi. Subtropik o’rmonlar 700-1000 m 
dan balandda bargini to’kadigan mo’tadil tipdagi o’rmonlar mintaqasi bilan 


324 
almashinadi. Bu mintaqada buk, eman, grab va igna bargli daraxtlar o’sadi. 
O’rmonlardan yuqorida tog’ o’tloqlari va butazorlar hosil bo’lgan. Tayxanshan 
tizmasiniig’ yon bag’ri keng bargli o’rmonlar bilan qoplangan. Sharqiy Osiyo 
Xitoyning aholi zich joylashgan hududi hisoblanadi. Shu sababli Buyuk Xitoy 
tekisligi qadimdan maksimal darajada o’zlashtirilgan. Qishloq xo’jaligida sholi, 
paxta, makkajo’xori, araxis, dukkaklilar, gaolyan, shakar qamish, tamaki ekiladi. 
Tog’larning terrasalashtirilgan yon bag’irlarida sitruslar, choy, tut va tunga 
daraxtlari o’stiriladi. Natijada o’rmonlarning maydoni keskin kamayib ketgan. 
Maydon jihatidan tabiiy landshaftlarga nisbatan antropogen landshaftlar ustunlik 
qiladi. Antropogen landshaftlar maydonining kengayishi munosabati bilan yovvoyi 
hayvonlarning soni keskin kamaygan va ularning arellari qisqargan. Tog’li 
hududlarda saqlanib qolgan o’rmonlarda Himolay qora ayig’i, qoplon, panda, 
yenotsimon itlar yashaydi. Janubiy o’rmonlarda boshqa hayvonlar bilan bir qatorda 
gibbonlar, makakalar, lemurlar uchraydi. Qushlardan tustovuklar, to’tilar, qurlar 
ko’pchilikni tashkil etadi. Daryo va ko’llari baliqlarga boy. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish