X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Gobi-Alashan. 
Bu o’lka tabiiy sharoitining umumiy xususiyatlari o’xshash 
bo’lgan Gobi, Ordos, Beyshan yassi tog’liklaridan va Alashan cho’lidan tarkib 
topgan. Rel’efida peneplenlashgan baland yassi tog’liklar ustunlik qiladi. Gobi 
Markaziy Osiyodagi eng katta suvsiz cho’ldir. Uning nomi ham mongol tilida 
“suvsiz joy”
degan ma’noni anglatadi. Yassi tog’likning o’rtacha balandligi 800-
1500 m ni tashkil etadi, ayrim ko’tarilib turgan kalta tog’larning balandligi 2500-
3000 m gacha yetadi. Yer yuzasi qiya tekisliklardan, keng yassi tog’oralig’i 
vodiylaridan, qumli, gilli, toshloq, sho’rxok yerlardan iborat. Bu yerda cho’l va 
chala cho’l landshaftlari keng tarqalgan. Janubda Xuanxe daryosining kenglik 
bo’ylab oqadigan joydan shimolda Datsinshan tog’i 2400 m yuqoriga ko’tarilgan. 
Gobi yassi tog’ligida tektonik va deflyasion cho’kmalar, barxanli va gryadali qumlar 
keng tarqalgan. Gobidan janubda platformali sinklizada vujudga kelgan, yura va 
bo’r davrlarining qumtoshlari, qumli slaneslari, gillari bilan to’lgan Ordos platosi 
joylashgan. Uning balandligi 1000-2000 m atrofida bo’lib, shimoliy va janubiy 
qismlarida barxanli qum massivlari, o’rta qismida balandliklar va kryajlar tarqalgan. 
Platoning g’arbida joylashgan Arbiso tog’ining maksimal balandligi 3015 m. 
Alashan tog’i bilan Joshuy (Edzin-Gol) daryosi oralig’ida Alashan qum cho’li 
joylashgan. Uning yer yuzasi to’lqinsimon va qiya tekisliklardan iborat bo’lib, 
janubdan shimolga tomon 1600 m dan 835-900 m gacha pasayib boradi. Rel’efida 
do’ng va gryadali qum massivlari ko’pchilikni tashkil etadi. Pastqam gilli 
uchastkalarda sho’r yerlar va taqirlar hosil bo’lgan. Edzin-Gol daryosi bilan Lobnor 
botig’i oralig’ida palaxsali massivlardan va tizmalardan tashkil topgan Beyshan 
massivi Markaziy Osiyoning eng qadimgi quruqlik uchastkalaridan biridir. 
O’lkaning iqlim sharoiti keskin kontinental xarakterga ega. Qishda baland havo 
bosimi - Osiyo maksimumi vujudga keladi. Natijada qishda qattiq sovuq va havo 
ochiq bo’ladi. Yanvarnint o’rtacha harorati -10°-15°S, ba’zan -40°S gacha pasayadi. 
Yozi issiq, iyulning o’rtacha harorati +22°+25°S ga teng. Maksimal harorat +45°S 
ga chiqadi, tuproq yuzasi +70°S gacha qiziydi. Yillik yog’in miqdori Alashan 
cho’lida 70 mm dan Gobining shimoli-sharqiy qismida 200 mm gacha ko’payadi. 
Gobi-Alashanda doimiy oqar suvlar deyarli yo’q. Xuanxe tranzit daryosi bundan 
mustasno. Janubida Rixtgofen tog’idan boshlanuvchi Joshuy (Edzin-Gol) daryosi 
Alashan cho’li va Beyshan yassi tog’ligi oralig’idan oqib o’tib, Gashun-Nur ko’liga 


315 
quyiladi. Uning vodiysida voha landshaftlari vujudga kelgan. Cho’lda mahalliy aholi 
grunt suvlaridan keng foydalanadi. 
Alashan va Gobi cho’llarining qum massivlari uchun saksovul, juzg’un, 
qaragana kabi psammofitlar xarakterli. Toshloq va sho’rxok yerlarda Gobi chalovi, 
shuvoq, Gobi sho’rasi o’sadi. Grunt suvlari yer yuzasiga yaqin yotgan joylarda 
terakzorlar va qamishzorlar yaxshi rivojlangan. Tog’larda vertikal zonallik deyarli 
ifodalanmagan, ularning quyi qismidan tepasigacha bo’lgan yon bag’irlari cho’l 
yoki quruq dashtlar bilan band. Alashan va Inshan tog’ yonbag’irlarida qayin, 
tilog’och va butalardan tashkil topgan o’rmonli uchastkalar uchraydi, eng baland 
cho’qqilarida al’p o’tloqlari shakllangan. 
Hayvonot dunyosida antilopalarning bir necha turlari, Prjevalsk yovvoyi oti, 
ikki o’rkachli yovvoyi tuya, yovvoyi eshaklar uchraydi. Shulardan Prjevalsk oti 
yo’qolib ketish arafasida turibdi. Kemiruvchilardan qo’shoyoqlar, yumronkoziqlar, 
dala sichqonlari, ko’rsichqonlar ko’p tarqalgan. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish