qilish ularning nimaga arzishini ko‘rsatadi.
Ilgari "lider" (yulboshchi) va "upravlyayushiy" (boshqaruvchi) so‘zlari ko‘p
ishlatilar edi. Lider va boshqaruvchilarning qaror qabul qilish jarayonini yaxshi
tushunish uchun ularni o‘zaro bir-biridan farqlash kerak.
Komanda lideri va bo‘lim boshqaruvchisining vazifalaridagi farq lider bilan
rahbar, boshliqlar vazifalari o‘rtasidagi tafovutdan kelib chiqadi.
Rahbar boshqarishni shaxsan o‘zi xohlagan qaror qabul qilish va mehnat
jarayoni ustidan nazorat asosida olib boradi. Lider qaror qabul qilish huquqini tortib
olmaydi,
balki aksincha, bu huquqni brigada yoki komandaning har bir a’zosiga
topshirib qo‘yadi. Uning asosiy maqsadi - qaror qabul qilish emas, komandaning
boshqa a’zolari yechishi zarur bo‘lgan muammolarni qidirish, jamoa faoliyatining
maqsad va vazifalarini shakllantirish bo‘yicha yordam ko‘rsatishdan iboratdir.
Shunga mos ravishda mehnat jarayonini nazorat qilish vazifasi (ya’ni ma’muriy
majburlashga asoslangan, xodimlar ustidan hukmronlik) muvofiqlashtirish vazifasi,
ya’ni har xil, xodimlarning ko‘pincha o‘zaro zid bo‘lgan manfaatlarini kelishtirish
yo‘llarini qidirish bilan almashtiriladi.
Qaror qabul qilish jarayonidagi yoki boshqacha aytganda, boshqaruv
uslubidagi bunday o‘zgarishlar birinchi navbatda hozirgi zamondagi odamlar
o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ziga xos tomonlari va ishlab chiqarishning ob’ektiv
zaruriyatlari bilan asoslanadi.
Kaliforniya shtatidagi "
Frito ley"
kompaniyasiga
qarashli AQShdagi
tashkilotchilik madaniyati va yangicha boshqaruv tafakkurining real timsolida
haqiqiy namuna bo‘lgan zavodning bir ishchisi "biz kishilarga emas, muammolarga
hujum qilamiz. Biz "kim nohaq"ligini aniqlash emas, nima qilish zarurligini hal
qilamiz" - deb ta’kidladi. Bunday masalalarni hal qilish uchun alohida majlislar zali
ajratilgan bo‘lib, u yerda har xil bo‘lim xodimlari o‘z muammolarini muhokama
qilish uchun muntazam uchrashib turar ekan.
Umuman, tayyorgarlik va qaror qabul qilish jarayonini 5
bosqichga ajratish
mumkin:
1) ishlab chiqarish jarayoni yoki faoliyatning boshqa turlarini sistematik
ravishda tahlil qilish va muammolarni keltirib chiqarayotgan ziddiyatlar va
nomunosibliklarni o‘z vaqtida aniqlash;
2) tahlil va bashorat qilish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar yig‘ish;
3) ehtimol variantlarni ishlab chiqish;
4)yechimning
alohida
variantlarini
amalga
oshirganda
kutiladigan
samaradorlikni aniqlash;
5) yechimning eng yaxshi variantini tanlash.
Boshqarma qarorlari bir-biridan mustasno ravishda mavjud bo‘lmaydi. Ular
ko‘pincha ma’lum maqsadga erishishga mo‘ljallangan zanjirni tashkil qiladi.
Boshqarma qarori - bu rahbar tomonidan bajarilayotgan muvofiqlashtirish
choralari ko‘zga tashlanadigan asosiy hujjatlardan biridir.
Yuqorida aytilganlar asosida qarorlarni tayyorlash
va amalga oshirish
tarkibida quyidagi masalalarni nishonga olish mumkin:
- qanday qilib qarorlarning ilmiy asoslanganligini ko‘tarish va tavakkalchilik
xavfini kamaytirish yaxshiroq;
- qarorni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar hajmi qanaqa bo‘lishi
kerak;
- qarorni tayyorlash jarayonida manfaatdor bo‘lgan shaxslarning faoliyatini
qanday qilib maqsadga muvofiqlashtirish kerak.
Bu masalalarni yechishda chamasi uch yo‘nalishda harakat qilmoq zarur:
- boshqarma qarorini tayyorlash tadbirlari sifatini yaxshilash, hisoblash
usullarining va hisob texnikasining eng yaxshilaridan foydalanish;
- qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ustidan amaliy nazorat tizimini
yaratish;
- qarorni tayyorlash jarayonini demokratlashtirish, ya’ni uni ishlab chiqishga
iloji boricha ko‘proq bajaruvchilar
doirasini jalb qilish;
- va nazarimda, bu yerga yana ba’zi bir bo‘limlarni alohida ma’lumot yig‘ish
yoki yechimning ehtimol variantlarini ishlab chiqish va boshqa masalalarni hal
qilishga ixtisoslashtirishni qo‘shib qo‘yish mumkin va hokazo.
Ammo oxirgi so‘z yoki rahbar zimmasida yoki mulkka egalik uslubiga qarab
ovozga qo‘yish natijalari asosida aniqlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: