Boshqaruvning quyidagi tarmoqlari mavjud:
ijtimoiy, ishlab chiqarish
bo‘yicha, texnikaviy, davlatga qarashli va boshqalar. Ma’muriy
buyruqbozlik
tizimidagi rejali iqtisod sharoitida boshqaruvning vazifasi asosan oliy darajadagi
rahbarlardan maydalariga ko‘rsatmalar berish bilan belgilanar edi. Bu
byurokratiyaning, ya’ni kog‘ozbozlikning kuchayishiga olib kelgan edi. Ko‘pincha
hosil bo‘lgan vaziyatga zid qarorlar chiqarish ro‘y berar edi. Bu asta-sekin "sen
uchun hamma narsa qilinadi" degan tushuncha asosida beparvolik va tayyorga
ayyorlik kayfiyatini vujudga keltirib chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida va, umuman, hozirgi zamon ishlab chiqarishida,
boshqarish
omilining, boshqaruvchilik madaniyatining va boshqaruvchilik
falsafasining ahamiyati oshib ketdi. Bugungi kundagi raqobatchilik kurashida
mavqening kuchayishi boshqaruvning sifati bilan chambarchas bog‘liq.
Boshqarishni takomillashtirishni ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning eng
asosiy omillaridan deb sanamoq zarur.
Nima uchun shunday? Eng avval ishlab chiqarish xarajatlarining strukturasi
o‘zgardi. AQSh sanoati ishchilarining ish haqi ulushiga mahsulot qiymatining 2%
dan 10 % gachasi to‘g‘ri keladi. Ishlab chiqarish xarajatlarining
asosiy qismini
moddiy-energetik xarajatlar, asbob-uskunalarni saqlash va ishlatish,
transport
chikimlarini saqlash va shu kabi xarajatlar tashkil etadi. Demak, ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirish uchun asbob-uskunalarning sozlash va ta’mirlash
muddatlarini qisqartirish, ichki isrofgarchiliklarning barcha turlarini bartaraf qilish,
(masalan, brak - ya’ni nuqsonli mahsulot isrofgarchiligi, materiallar,
xomashyo,
energiyaning ortiqcha sarflanishi va boshqalar) hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib
qoldi.
Ko‘pincha rahbarlar ishlab chiqarish madaniyati, boshqarish uslubi,
tashkil
qilish falsafasi va shirkat qadriyatlari kabi masalalarga kam e’tibor qiladilar.
Yuqori malakali boshqaruvchilarga va yuqori samarali ishlab chiqarishga ega
korxonalar esa, mana shu, birinchi qarashda sezilarsiz ko‘ringan omillar aslida
xujalik faoliyatining muayyan ko‘rsatkichlarida moddiy tus olishini yaxshi biladilar.
Umumiy maqsad
kishilarni birlashtiradi, ularning zo‘riqishlariga ma’no va
maqsad sari intilish tuyg‘usini beradi, boshqaruvchilik qarorlari ishlab chiqish
jarayonida asos soluvchi yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi.
Yangi boshqaruvchilik fikrlashlari nimada ifodalanadi?
Bu ishlab chiqarishni tashkil qilish shakl va usullarida,
samaradorlikni oshirish
yo‘llari, ishlab chiqarishning moslashuvchanligi va tezkorligi sohalarida doimiy
ravishda yaxshilanishlar qidirish - bu doimiy ravishda isrofgarchiliklar manbaini
qidirish demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: