Vi-mavzu. Inson resurslarini boshqarishda boshqarish va nazorat



Download 375,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana01.07.2022
Hajmi375,95 Kb.
#726588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Karera langarlari. 
Karera langarlari- karera jarayonida shakllangan, tanlashga to‘g‘ri kelgan hech 
ham voz kechilmaydigan qiziqish yoki qimmatlik. E.Sheyn beshta karera langarini 
aniqlab bergan: 
1.
Texnik (funksional)- professional karerasini afzal bilish. 
2.
Boshqaruv – menejer karerasini ustun qo‘yish. 
3.
Tashabbuskor – tadbirkor karerasini afzal ko‘rish. 
4.
Avtonom (mustaqil) – konsultant, shtatdan tashqari jurnalist, muallif 
yoki boshqa alohida, yolg‘iz ishlashga imkon beradigan karerani afzal 
bilish. 
5.
Barqaror (xavfsiz) – uzoq muddatli va barqaror ishni afzal ko‘rish. 
 
Karerogramma
- bu ijtimoiy- professional o‘sishning individual rejasidir. Bu 
xodim va ma’muriyat o‘rtasida xodimning istiqbollari to‘g‘risida kelishilgan o‘ziga 
xos bitimdir. 
Karerogramma bir qancha bo‘limlardan iborat. Ularning birinchisida 
xodimning o‘sish, rivojlanish boqichlari xronologik tartibda ko‘rsatiladi. Bularga 
xodimning malakasi, lavozimi, ish sharoiti, ish haqi va boshqalar kiradi. 
Ikkinchi bo‘lib, xodimning ko‘tarilishi uchun kerak bo‘lgan talablardan iborat. 
Masalan, xizmatda ko‘tarilish uchun qanday ko‘nikma, ta’lim yoki malakaga ega 
bo‘lishi kerak yoki qo‘shimcha rag‘batga ega bo‘lishi kerak va h.k. 
Karerogrammaning uchinchi bo‘limi ma’muriyatning xodimning o‘sishi bilan 
bog‘liq majburiyatlarni o‘z ichiga oladi. 
To‘rtinchi bo‘limda xodimlarning o‘ziga qo‘yilgan talablarning bajarilishi 
yoki bajarilmaganligi natijasida qo‘llaniladigan rag‘batlantirish yoki jazolash 
choralari ko‘rsatiladi. 
 
6.4.QAROR QABUL QILISh JARAYoNI VA MUAMMOLARNI HAL 
QILISh USULLARI.
Insonning faoliyat turi sifatidagi menejmentning asosiy xususiyatlaridan biri 
- qaror qabul qilish. Qaror - biron bir muammoni hal qilish bo‘yicha harakatlar 
majmuidir. Bundan oldin har doim maqsadni aniqlash, vaziyatni baholash
muammoni aniqlash va ifodalash masalalari turadi. Qabul qilingan qarorlarning 


qanday natija berishini hech qachon oldindan ko‘rib bo‘lmaydi. Har bir qaror 
maqsadga yaqinlashtirishi yoki uzoqlashtirishi mumkin, injener martabasini 
o‘stirishi yoki pasaytirishi mumkin. 
Qaror qabul qilishdagi asosiy qoida menejer muammoni hal qilishga harakat 
qilishi kerakligidan iborat. Buning uchun ularni ko‘rish, aniqlash, tushunish
baholash zarur. Ko‘pincha menejerlar o‘z obro‘sini oshirish uchun ijobiy qarorlar 
qabul qilishni xoxlaydi. Boshqa qarorlarning esa ma’suliyatni soqit qilish maqsadida 
yuqoridagi rahbarga yoki o‘z xodimlariga topshiradi. Bu esa boshqaruv samarasiga 
yomon ta’sir ko‘rsatadi. Menejer barcha turdagi qarorlar uchun ma’suliyatli shaxs 
bo‘lishi kerak. Yakka tartibda qabul qilingan qaror kabi jamoaviy (kollegial) tarzda 
qabul qilingan qarorlar uchun ham u javobgarlikka ega, chunki bu kamchiliklarni u 
shakllantiradi.

Download 375,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish