Reja: 1. innovatsion iqtisodiyotda inson omilining o’rni 2. innovatsion iqtisodiyotda kadrlar tayyorlash tizimi 3. korxonada inson kapitali va uni baholash yo’llari
1. innovatsion iqtisodiyotda inson omilining o’rni
Inson omilini faolligini oshirish, yangicha dunyoqarash va ishlab chiqarish madaniyatining shakllanishi murakkab jarayondir. U inson faoliyatini ongli asosini tashkil etadi.Inson omilining faolligi, turli xil ijtimoiy-siyosiy,iqtisodiy, ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash yoki aksincha, unga o‘ziga xos munosabatni bildirish jarayonida shakllanib boradi.
Inson omilining faolligi ijtimoiy jarayonlar va unda amal qiladigan ijtimoiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi.Ijtimoiy jarayonlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi – xalq ommasining ongli faoliyatidir. Fuqarolar ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol ishtirok etmasalar, mavjud jarayonlar sustlashadi. Keng xalq ommasining faolligisiz mamlakatda islohotlar va rivojlanish ko‘zda tutilganidek samara bermaydi.

Ilmiy menejment ta’limotining dastlabki davridan boshlab, boshqaruv ishini samarali tashkil etish bo‘yicha inson omilini faollashtirishga bevosita va bilvosita ahamiyat qaratilgan.Masalan, F.Teylor kishi aql-zakovatiga katta e’tibor bergan. U, korxona ustasi quyidagi to‘qqiz sifatga ega bo‘lish kerakligini ta’kidlagan: aql-zakovat; muayyan ma’lumot; ish tajribasi; odob; g‘ayrat; ziyraklik; halollik; to‘g‘ri fikr yuritish; yaxshi salomatlik.