tashkil qiladi. Taxminiy statistika bo‘yicha, ana shu bir foizga qo‘shilish uchun ikki
mingga yaqin urinish qilib ko‘rish kerak ekan.
Agar menejer texnologiya yangiliklariga doim yo‘q deyaversa, ko‘p hollarda
haq bo‘lib chiqadi. Ammo bor – yug‘i bir necha xatodan keyinoq uning xo‘jaligi tez
orada bankrotlik xavfi ostida qoladi.
Shuning uchun u an’anaviy texnologiyani barkamollikka yetkazish kafolatini
oluvchi barqarorlik bilan eng yangi texnologiyani tatbiq qilishga harakat o‘rtasidagi
balansni juda chuqur sezishi kerak. Tabiiyki, savol tug‘iladi, "yangi texnologiyaning
o‘z korxonasidagi taqdiri haqida qaror qabul qilishda menejer nimaga tayanishi
kerak? Nahotki, faqat sub’ektiv his-tuyg‘ularga". Yo‘q, albatta.
Qaysi loyihalarni
tanlash zarurligini tushunishda menejerga yaxshiroq imkon beruvchi bir nechta
asosiy qoidalar mavjud:
1) Yangi texnologiyani tanlashda menejerlar uning yoqimliligi va ulardan
kutiladigan ulkan imkoniyatlardan kelib chiqadilar.
Aslida esa ular qanchalik
iste’molchi talablariga javob berishidan kelib chiqishi kerak. Sizdan bozorda kichik
oilaga mo‘ljallangan oddiy malolitrajli avtomobil Kutishayotgan vaqtda, jozibador
poyga mashinasi bilan kirib borsangiz, kerakli natijaga erisha olmaysiz. Bu yerda
boshqaruvchi o‘rniga iste’molchi hal qiladi.
2) Yangi degan so‘z doim ham eng yaxshi degan so‘z emas. Shuning uchun
umuman olganda yangi texnologiyalar yutib chiqadi deyish noto‘g‘ridir. Evolyusion
yo‘l revolyusion yo‘ldan farqli ravishda tavakkalchi emas, amaliy natijani tezroq
beradi va xarajatlarning shunchalik keskin ko‘payishini talab qilmaydi.
Menejer
hushyor bo‘lishi kerak. Ko‘pincha u yangi ixtiro istiqboliga berilib, an’anaviy
texnologiyadagi hali ishga solinmagan katta imkoniyatlar yashirinib yotganini
yoddan chiqarib qo‘yadi.
3)
Tez-tez uchrab turadigan adashish bu yangi texnologiyani qo‘llash istiqboli
uning muvaffaqiyatli tatbiq etilishini oldindan aniqlab beradi, degan fikrdir. Aslida
esa hal qiluvchi omil uni tatbiq qilish uchun zarur bo‘lgan infrastrukturadir. Agar
ishlab chiqarish uchun xomashyo, malakali injenerlar va ishlab chiqarish kuchlari
yetishmasa, noyob xossalarga ega bo‘lgan yangi materialning ixtiro qilinishi hech
nima emas. Ana shu texnologiyalarni boshqarish timsolida bozor sharoitida o‘zgarib
turadigan boshqaruvchilik strategiyasining keng va egiluvchan holda o‘zgarib
turishining ahamiyati yakkol ko‘rinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: