39
FRANSUZ TEATRI
Fransiya XIX asr jahon teatr madaniyati tarixida alohida nufuzli o'ringa ega. Fransuz burjua
inqilobi fransuz san'ati rivojiga alohida ta'sir ko'rsatdi. 1791-yili Ta'sis
majlisi teatr haqida
alohida dekret qabul qildi. Bunga ko'ra fransuz teatrlari orasida hukm surib kelgan imtiyozli va
im-tiyozsiz teatr degan farqlash maqomlari bekor qilindi, kimki istasa, unga teatr ochish huquqi
berildi. Shuning natijasida bir yil ichida Parijning o'zida o'n sakkizta yangi teatr ochildi.
Klassitsizm an'analari boshqa mamlakatlarga qaraganda Fran-siyada chuqur ildiz otgan edi.
Bu hoi g'oyaviy maslagidan qat'i nazar romantiklarni o'zaro birlashib, shu oqim aqidalariga
qarshi kurashga da'vat etdi.
XIX asrning o'rtalarida Balzakning realistik san'ati yuksak na-munalar bera boshlaydi. V.
Gyugo, A. Dyuma (otasi), A. de Vini romantik dramalarining teatr amaliyoti bilan bog'liqligi
1820— 1830-yillar Fransiya teatr hayotining muhim yutuqlariga aylandi.
VIKTOR GYUGO (1802-1885
-y.)
Viktor Gyugo romantik teatr olamida yirik nazariyotchi va dramaturg sifatida tanildi. V.
Gyugoning allaqachon ona tilimizga ag'darilgan «Xo'rlanganlar», «Dengiz zahmatkashlari»,
«Kazetta», «Gavrosh» kabi asarlari adib hayotligi davridayoq unga katta shuhrat keltirgan,
xalqlar orasida keng tarqalgan edi
Gyugo Napoleon qo'shinida xizmat qilgan general oilasida tug'ilgan. Gyugoning
dunyoqarashi 20-yillar fransuz inqilobiy mu-hiti ta'sirida shakllanadi.
Adolatsizlikka nisbatan
murosasizlik ru-hida tarbiyalanganidan uning asarlari insonparvarlik g'oyasini ulug'lash bilan
ajralib turadi.
Gyugo, awalo, romantizm uslubining nazariyachisi sifatida tanildi. Uning ilk «Kromvel»
(1827) romantik dramasida berilgan so'zboshi ushbu uslubning tub tamoyillarini asoslash bilan
e'tibor topdi. U klassitsizmning san'atkorni ma'lum qoidalar doirasida cheklab qo'yishini keskin
tanqid ostiga oldi. «Qoida ham yo'q, na-muna ham, - dedi u. — Drama tabiat aks etadigan
ko'zgudir. Le-kin, agar bu shunchaki usti tekis, silliq oyna boisa, u borliqning rang-tusini emas,
faqat bemavj surati aksini beradi, xolos. Drama shunday yig'iq ko'zguki, unda chaqin nurga, nur
alangaga aylanishi kerak». «San'atkor voqealar olamidan go'zalini emas, balki o'sha
voqealarga
xosini tanlab oladi», deb ta'kidladi Gyugo klassitsizm aqidasiga shama qilib.
«Kromvel» asarining so'z boshisida romantik bo'rtma (grotesk) nazariyasiga alohida o'rin
ajratilgan. Bo'rtma muallif tomonidan kuchaytirish, qabartirish ma'nosidagina tushunilmaydi.
Gyugo bo'rtmadan bir-biriga zid va bir-birini inkor qiluvchi holatlarni o'zaro uyg'unlashtirish
vositasi sifatida ham foydalandiki, bu voqea ko'lamdorligini yana ham bo'rttirib ko'rsatishga
imkon yaratdi. Hayot rang-barangligi buyuklik va pastkashlik, musibat va kulgi, go'zallik va
xunuklik uyg'unligidan bunyodga keladi. Gyugo san'atda bo'rtma omilini mohirona qo'llagan eng
namunali san'atkor deb Shekspirni tan oldi. «Bo'rtma har o'rinda o'zini o'zi ko'z-ko'z qiladi,—
deydi V. Gyugo,— zero to'pori kimsa o'tli ehti-roslardan xoli bo'lmaganidek, ulug'vor zotlar ham
pastkashlikka boradi, kulgili ahvolga tushish ham hech gap emas.
Shu bois bu omil sahnada
doimo o'zini ko'rsatib turadi: tragediyaga goh kulgi baxsh etsa, goh iztirob bag'ishlaydi.
Dorifurushning Romeo bilan, uch alvastining Makbet bilan, go'rkovning Hamlet bilan antiqa
uchrashib qolishlari ham shu bo'rtma vositachiligidandir*.
Gyugo «Kromvel» asaridagi so'zboshida olg'a surilgan
qoi-dalarga binoan badiiy
namunalarni yaratishga chog'langan, lekin asarning dramatik tarqoqligi bunga imkon bermagan
edi.
Gyugoning keyingi «Marion Delorm* (1829) pyesasi roman-tizm tamoyillari tugal va
mohirona namoyon bo'lgan drama tarzida dunyoga keldi. Mazkur asarda saroy aslzodalar
jamiyatiga qarama-qarshi qo'yilgan «quyi tabaqa»dan chiqqan romantik qahramon siy-mosi qad
ko'tardi. Pyesada nasl-nasabi betayin Didye degan yigit-ning Marion Delorm degan qizga bo'lgan
muhabbati va qirollik tazyiqiga uchrab maxv boiishi haqida hikoya qilingan edi. Voqea 1638-yili
Lyudovik XIII saroyida ro'y beradi. Asardagi kuchlar rasamati shundayki,
qahramonlarning
40
oiimidan o'zga chorasi yo'q. Didye va Marion Delorm halok bo'ladilar, lekin ularning ruhiy
beg'uborligi, mardligi zulm va zo'rlikka qarshi ezgulik tantanasi tarzida namoyon bo'ladi.
Muallif bosh vazir Reshilye obrazini yaratishda alohida ma-horat ko'rsatgan. U biron marta
tomoshabin qarshisida ko'rinmaydi, ammo ichdan pishgan, ayyor, yovuz shaxs tarzida yaqqol
namoyon bo'ladi. U asarning oxiridagina Marion Didyega nisbatan qoilanilgan o'lim jazosi bekor
qilinishini iltijo qilib so'raganda, taxtiravon pardasi ortidan uning mash'umona «Yo'q, bekor
qilinmaydi!» degan dahshatli ovozi eshitiladi.
«Marion Delorm» asari XIX asr lirik she'riyatining ajoyib na-munasi sifatida tug'ilgan edi.
Gyugoning jonli va shoirona tasviri Didye va Marion muhabbatjni tarannum etuvchi ko'tarinki
sah-nalar bilan ajib uyg'unlik kasb etgan edi.
«Ernani» (1830) Gyugoning sahna yuzini ko'rgan birinchi asari bo'ldi.
Uni namunaviy
romantik drama deyish mumkin. Unda erkin sevgi, insoniy qadr-qimmat, or-nomus tuyg'ulari
ulug'langan. Pyesa- qahramonlari qonli intiqom jazavasiga tushadilar, chin sevgi yo'lida
jonfidolik ko'rsatadilar; isyonkorlik ohangi asarning bosh qahramoni romantik qasoskor Ernani
obrazi orqali ifodalangan. Ernanining qirol va o'rta asrcha qora kuchlar bilan to'qnashuvi asarni
fojiona nihoyalanishiga olib keladi. Asosiy voqealar xabarchi-lar orqali ma'lum
qilinuvchi
klassitsistik tragediyaga zid ravishda Gyugo dramasida romantizm talablariga binoan barcha
voqealar sahnaning o'zida sodir bo'ladi. Bu yerda klassitsizmga xos birlik qoidalariga ham rioya
qilinmaydi; qahramonlarning shiddatli his-tuyg'ulari klassitsizm dramasining tantanavor
jaranglovchi ohang-dor nazmiy ifodalaridan o'zining jonli va jo'shqinligi bilan ajralib turadi.
«Ernani» dramasi 1830-yilning boshlarida «Komedi Fransez* teatrida sahnaga qo'yiladi.
Spektakl «romantizm»ning yirik g'alabasiga aylandi.
Gyugo ijodining demokratik ruhi uning «Shohona ishrat», (1832), «Ryui Blaz» (1838)
asarlarida ayniqsa yaqqol namoyon bo'lgan. «Ryui Blaz» asarida voqea XVII asrda Ispaniyada
ro'y beradi. Unda malay Ryui Blazning ayyor va riyokor xojasi qi-rolichadan qasos olish payiga
tushadi. Shu maqsadda Ryui Blazga sayoq bir qarindoshi — don Sezar de Bazan nomini berib,
uning qirolicha o'ynashiga aylanishiga erishadi. Ryui Blaz qirolichaning jazmaniga aylanib,
saroydagi eng nufuzli shaxs darajasiga chiqadi. Hukmdorlik sharafiga faqat shu soxta don Sezar
de Bazan loyiq boiib chiqadi. Malay ko'ngli pok inson edi, oilaviy kengashda yurtni xonavayron
qilgan saroy a'yonlarini fosh etuvchi so'z aytadi, so'ng o'zi zahar ichib nobud bo'ladi; uning nomi
ham, qirolicha bilan ishqiy munosabatlar ham sirligicha qoladi.
Pyesada lirik nafosat va shoirona ruh siyosiy hajv bilan uyg'un tarzda namoyon bo'lgan.
Pyesada hech vaqosi qolmagan mayxo'r, sayoq zodagon don Sezar obrazini kiritish bilan Gyugo
unda bi-rinchi bor romantizmning fojeiy hangomabop ohanglanii o'zaro uyg'unlashtirish usulidan
foydalandi.
O'zbek sahnasiga Gyugo Respublika yosh tomoshabinlar teatrida qo'yilgan «Gavrosh» asari
bilan kirib kelgan. 1972-yili uning «Qirolning dil xushi* («Shohona ishrat»ning E.
Vohidov
tomonidan ilk tarjimasi shunday nomlangan) asari Andijon teatrida (rej. R. Hamidov), so'ng
televideniyada sahnalashtirildi. Tribule rolini Andijonda A. Ibrohimov televideniyada H.
Umarov ijro et-ganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: