Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий


ONORI DE BALZAK (1799-1850



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

ONORI DE BALZAK (1799-1850
-y.) 
Onori de Balzak o'z asarlarini ilm-fanning aniq qonunlariga qiyosan yaratgan sohibi 
qalamdir. U kishilarning o'y va intilish-larini «ijtimoiy hodisa» ma'nosida anglab, yozuvchining 
vazifasi ijtimoiy muhit, jamiyatning axloqiy tarzini tasvirlashdan iborat, deb hisobladi. 
Balzak fransuz teatriga tanqidiy munosabatda bo'ldi. U romantik drama va melodramani 
hayotiy haqiqatdan uzoq pyesalar tarzida qoraladi. Balzak teatr va dramaturgiyaga o'z 
romanlarida aks etgan tanqidiy realizmni olib kirishga harakat qildi. 
Uning dramaturgiyadagi faoliyati 1830-yillarning oxirida avj oldi. «Oila sabog'i*, «Votren» 
(1839), «Kinola orzulari* (1841), «Ishbilarmon» (1844), «0'gay ona» (1848) Balzakning 
romanlari kabi burjua jamiyati manzarasini keng ifoda etuvchi dramalar tarzida yaratildi. 
Balzakning dramaturg sifatidagi eng sara asarlaridan biri «Ishbilarmon» komediyasi bo'ldi. U 
zamonaviy hulq-atvor haqidagi haqqoniy va yorqin hajviy komediya tarzida dunyoga kelgan edi. 
Unda boyish vasvasasiga tushgan qahramonlar o'z maqsadiga eri-shish yo'lida eng jirkanch 
usullarni qo'llashdan ham tortinmydilar; kishi ta'magirmi, jinoyatchimi yoki nufuzli 
ishbilarmonmi, buning farqi yo'q; gap uddaburonlikda, naf keltirish-keltirmaslikda; murosasiz 
olishuv jangida savdogarlar, turli darajali birja uddabu-ronlari, cho'ntagida hech vaqosi yo'q 
singan kiborlar, puldor qay-liqlari hamyoniga ishongan po'rim yigitlar, hatto fursatini topib, 
egalari sirini chayqovga soluvchi malaylar ishtirok etadi. 
Pyesadagi asosiy kimsa ishbilarmon Merkade aqlliligi, irodasi-ning mustahkamligi va 
odamshavandaligi bilan ajralib turadi. Shu xususiyatlari tufayli u eng og'ir vaziyatlardan ham 
osongina chiqa oladi. Qarzlarini ololmagan kishilar uni qamatmoqchi bo'ladilar, lekin shu on ular 
o'zlari bilmagan holda uning aqli, aniq hisob-kitoblaridan hayratga tushib, hatto uning 
nayranglarida ishtirok etishga rozi bo'lib qoladilar. Markade — xomxayollik ko'chasiga kirmay, 
har ishdan manfaat ko'rishga ustasi farang shaxs. U o'z zamoni hamjihatlik zamoni bo'lmay, 
o'zaro raqobatda manfaat ko'rish zamoni ekanini yaxshi biladi. «Himmat, o'zaro hamdardlik 
adoyi tamom bo'ldi, ularni pul siqib chiqardi. Endi birgina manfaat degan narsa qoldi, zero endi 
oila degan gap yo'q, ayrim shaxslar bor, xolos»— deydi u. Insoniylik rishtasi uzilgan jamiyatda 
or-nomus, hatto halollik degan tushunchalarning ma'nosi qolmaydi. Besh franklik tangani 
ko'rsatib, Merkade shunday xitob qiladi. «Ana o'sha hozirgi or-nomus degani. Xaridorni 
molingiz ohak emas, shakar ekaniga ishontira oling; boy bo'lsangiz deputat ham, vazir ham bo'la 
olasiz*. 


42 
Balzak insoniy fe'l-atvorlami ijtimoiy faoliyat tarzida qurib, zamonaviy «ishbilarmonlar» 
jamiyatning «muayyan qismi» ekanini tahlil etib berdi. Uning dramaturgiyasiga xos realizmning 
kuchi shundadir. 
Balzakning dramaturglik faoliyati «0'gay ona» asari bilan ya-kun topdi. Bu asarga mavzu 
bo'lgan voqea Napoleon qo'shinida xizmat qilgan sobiq general, fabrikachi de Granshan 
xonadonida 1829-yili sodir bo'ladi. Grafning xotini Gertruda uning birinchi xotinidan tug'ilgan 
qizi Polina va fabrika boshqaruvchisi, kam-bag'allashib qolgan graf Ferdinand de Markandal 
pyesaning asosiy ishtirokchilaridir. Oila oldida bir muammo ko'ndalang turib qoladi: gap 
shundaki, Ferdinand va Polina bir-birlarini Romeo va Julyetta misol qattiq sevardilar. General de 
Granshan murosasiz banapart-chi bo'lib, burbonlar tarafida xizmat qilgan Markandalning ashad-
diy dushmani bo'lib kelgan. Shu bois Ferdinand o'z otasi nomini yashirgan holda yuradi. 
Ferdinand bilan Polinaning sevgisi Gertru-daning ham qarshiligiga duch keladi. Gertruda 
generalga tur-mushga chiqishdan awal Ferdinandning o'ynashi bo'lgan. Gertruda generalga 
turmushga chiqib, o'z «qiliqlari»ni davom etti-rish maqsadida Ferdinandni fabrikaga chaqirib 
oladi. Ferdinand bilan Polinaning yaqinligidan rashk o'tida yongan Gertruda har ikki yoshning 
o'limiga sabab bo'ladi. 
Balzak «0'gay ona» asarida ham «voqealaming umumiy aso ■ sini» topish, his-kechinma va 
voqealarning tub mohiyatini ochish qoidalariga sodiq qoldi. Undagi musibatli voqealar, 
zodagonlarning kambag'allashuvi, manfaat yuzasidan nikohga kirish, siyosiy raqo-batchilarning 
olishuvi — bularning bari ijtimoiy hayot nobopligi-ning oqibatidir. 
«0'gay ona» asari 1848-yili «Tarixiy teatr»da sahnaga qo'yiladi. Bu asar Balzakning boshqa 
pyesalari orasida eng katta muvaffaqiyat qozongan asar bo'lib chiqdi. 
Balzak voqelikdagi qarama-qarshiliklar murakkabligini ochishga qaratilgan yangi realistik 
ijtimoiy drama turini yaratishga juda katta hissa qo'shdi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish