Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий


XIX ASRNING BIRINCHI YARMI VA O'RTALARIDA G'ARBIY OVRO'PO TEATRI



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

 XIX ASRNING BIRINCHI YARMI VA O'RTALARIDA G'ARBIY OVRO'PO TEATRI 
ROMANTIZM TEATRI 
Адабиётлар: 
1 Хрестоматия по истории западно-европейского театра. Т. 1-2 /сост 
С.Мокульский / М., 1953, 1955 гг. 
2 Бояджиев Г. Вечно прекрасный театр эпохи Возрождения. Л., 1973. 
3 Бояджиев Г.От Софокла до Брехта за 40 театральных вечеров. М. 1967. 
4Ю.Кагарлицкий. Театр на века. М. 1987. 
5 Бартошевич А. Шекспир на английской сцене. М., 1985. 
6 Зннгерман В. Очерки истории драмы 20 в. М., 1979. 
7 Бушева С. Полвека Итальянского театра Л., 1978. 
8 С. Турсунбоев Хорижий театр тарихи. Т.,1997 
9 Гительман Л.И. Из истории французской режиссуры. Л., 1976. 
Ovro'po mamlakatlari va AQSH teatri XIX asrda o'z taraqqi-yotining yangi bosqichiga 
ko'tariladi. 1789—1794-yillar fransuz bur-jua inqilobi tufayli iqtisodiy-ijtimoiy sohada shunday 
o'zgarishlar ro'y berdiki, ular teatr san'atini tubdan yangilanishga olib keldi. 
Ovro'po teatrining faoliyat tarzi XIX asrda butkul boshqacha tusga kirdi: o'sha davr uchun 
xos erkin raqobat tarzi teatrlar tar-mog'ining mudom kengayishiga olib keldi. Ovro'po 
mamlakatlarida bo'lganidek, AQSHda ham markaz va viloyatlarda ko'pdan-ko'p shaxsiy teatrlar 
paydo bo'ldi. Ular ommaviy tomoshabinlarga mo'ljallangan imtiyozli teatrlar (Parijda xiyobon 
teatrlari, Lon-donda kichik teatrlar) dan farqlanib turardi. Demokratik doiralar mafkurasi 
ma'naviy hayotning boshqa sohalari qatori teatrga ham samarali ta'sir ko'rsata boshladi. 
XIX asrning birinchi yarmida ijodiyotda romantizm yetakchi badiiy yo'nalish bo'lib qoladi. 
Shakllanish bosqichi shu davrga oid tanqidiy realizm uslubi romantizm bilan baqamti yashab, 
XIX—XX asrlar bo'sag'asida drama va sahna san'atining asosiy badiiy yo'nalishiga aylanadi. 
Romantizm dunyoni anglash usuli, ijodiy uslub tarzida XVIII asrning oxiri — XIX asrning 
boshlarida umuminqilobiy ko'tarilish, ijtimoiy va milliy ozodlik harakatlari mahsuli sifatida 
shakllandi. Romantizm o'sha davrning bayrog'iga aylandi, bunga sabab bu san'at orqali davr olg'a 
surgan insonning shaxsiy erkinligi, xalqlar-ning mustaqillik uchun kurashish g'oyalari idrok 
etildi. 
Romantizm atamasi fransuzcha romantisme so'zidan olingan bo'lib, ishqiy munosabatlar 
bilan bog'liq voqea va yozishlarni anglatgan. Romantizm teatri — tabiatan shoirona kechmishga, 
lirik jo'shqinlikka asoslangan san'at; shu holat mazkur san'atda awal muqimlashib qolgan san'at 
qoidalariga zid tarzda «his-tuyg'u ustuvoriigi* bosh qoidaga aylanishini belgilab bergan. 
Romantiklar yangi tarixiy bosqichda klassitsizmga qarshi kurash ochib, bu oqimga xos aql-idrok 
ustuvorligi qoidasini yo'qqa chiqardilar. Ular voqelikni badiiy idrok etishda uni yaxshiligu 
yomonlik, ulug'vorligu tubanlik uyg'unligidan iborat rango-rang va o'zgaruvchan narsa tarzida 
ko'rsatish uchun kurashdilar. Romantiklar san'atni yangi marralarga olib chiqish omillarini xalq 
ijodidan topdilar. Xalq urf-odatlari, rivoyat va ertaklari, ommabop demokratik teatr turlari yangi 
ruhdagi drama turini yaratishda ularga bebaho xazina bo'lib xizmat qildi. Shuningdek, ular 
Uyg'onish davri san'ati, chunonchi, ispan va ingliz dramaturgiyasi va, ayniqsa, o'zlarining estetik 
ideal-lari ifodachisi tarzida qabul qilingan Shekspir ijodidan bahramand bo'ldilar. 
1830-yillarga kelganda romantik qahramon sahnani butkul o'ziniki qilib oladi; e'tiborlisi 
shundaki, pyesa voqeasi qaysi davrda o'tishidan qat'i nazar, bu qahramon zo'rlik va haqsizlik 
olamiga qarshi kurashga kirgan o'tyurak, beorom «XIX asrning navqiron shunqori* tarzida 
namoyon bo'ladi. 
XIX asrning o'rtalariga kelganda tanqidiy realizm san'ati yetakchi o'rinni egallaydi. Tanqidiy 
realizm burjua jamiyatining ye-tilish jarayoni bilan bevosita bogiiqlikda shakllandi. Shu bois bu 
uslubning ilk namunalari Fransiya va Angliya mamlakatlarida paydo boidi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish