35
uylanishdan bosh tortadi. Shunda fon Valterning kotibi Vurm Luizaga Ferdinandni sevmasligi
haqida xat yozdiradi. Xatdan xabarbor bo'lgan Ferdinand oxiri Luizaning uyiga kelib, so'nggi bor
sevgilisi bilan uchrashib, o'zi zahar ichadi, sevgilisiga ham zahar ichiradi. O'limi chog'ida Luiza
Ferdinandga uning otasining zo'ri tufayli xat yozganligi, aks holda qari otasi qamab qo'yilishini
va hamon Ferdinandni sevishini aytadi.
Mazkur tragediyada qahramonlar hayotiyligi bilan ajralib turadi. Luiza ma'naviy boy sevgi
egasi tarzida ko'rinadi. U sevgilisi visoliga yetish uchun kurashadi, azob chekadi, lekin qabihona
muhitning qur-boniga aylanadi. Luizaning otasi Miller o'z mehnati bilan kun ko'ruvchi o'rta hoi
tabaqaning vakili, qizi Luizaga o'ta, mehribon ota, oddiy inson tarzida umumlashtirilgan. Bu
inson timsolida jabr-zulmdan kalovlab qolgan jonsarak insonlar taqdiri umumlashgan.
Ferdinand kishilarning shunday yangi bo'g'iniga mansubki, u o'zaro tenglik, sevgi-sadoqat
g'oyalarini tasdiq etishga qodir shaxsdir. Ferdinand ma'rifatparvarlik dramasining boshqa qah-
ramonlartga qaraganda ijtimoiy qabohat nima ekanini chuqurroq his etadi va yovuzlikka qarshi
mardonavor kurash boshlaydi. U chekinish, ikkilanish nima ekanini bilmaydigan qahramon.
Lekin shu bilan birga, Shiller mavjud hayotiy borliqdan chekin-maydi; sevgi mojarosini
«g'oyibdan keluvchi» baxt tarzida chizmaydi. Ikki sevishganning qarashlari turlichadir.
Luizaning xatti-harakati vaqti kelib Ferdinand uchun umuman tushinarsiz bo'lib qoladi. Luiza
nega sevgilisi bilan birga qochib ketishdan bosh tortdi? Ferdinand buning sababini tushunishga
qodir emas. Ana shu o'zaro mo-jaro va tushunmovchilik har ikkala oshiq-ma'shuqani o'limga olib
keladi. Ferdinand o'zining hayot-mamoti deb bitgan Luizaga ishon-may qo'yadi va natijada, unga
o'limdan boshqa chora qolmaydi.
Tragediyada «oilaviy fojia» ijtimoiy ma'no ko'lami kengligidan ijtimoiy fojia darajasiga
ko'tariladi. Shu bilan birga, Ferdinand ijtimoiy manfaat yo'lida emas, balki o'z baxt-saodati deya
kurashadi. Uning noroziligi yovuz kimsalarga qarshi qaratilgan norozilikdir.
Qahramonlar pokiza axloq deya uzlarini jabr-zulm tig'iga uradilar; ularning vijdon va axloq
pokligi yoiidagi kurashlari ki-shilarni erkparvarlik ruhida tarbiya etib boradi. Lekin 80-yillarga
kelib, bu usul urnini yovuzlikka ochiqdan-ochiq qarshi kurashish shakli egallaydi.
«Makr va muhabbat»dan so'ng ezilgan
Do'stlaringiz bilan baham: