Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

GYOTE (1749-1832
-y.) 
Yogann Volfgang Gyote Frankfurt-Maynda boy oilada tavallud topgan Gyotening otasi 
huquq doktori bo'lib, ota-bobolaridan meros qolgan sarmoyadan tushuvchi foiz hisobiga 
yashagan va o'g'lining tarbiyasi bilan shug'ullangan. 
Gyote oilada juda yaxshi tarbiya ko'radi, so'ng Leypsig va Strasburg universitetlarida tahsilni 
davom ettiradi. Gyote bolaligi-dan teatrga ishqiboz bo'lib yashagan. Teatrga borish uning o'quv 
jadvaliga kiritilgan edi. Uning yoshlikdan o'zini dramaturgiyada si-nab ko'rishi ajablanarli emas. 
U mashhur bo'lib ketgan «Gyots fon Berlixingen* (1773) nomli birinchi pyesasini Strasburgda 
yozdi. Bu xalq hayotiga bag'ishlangan birinchi nemis tarixiy dramasi bo'lib, u yangi adabiyotni 
shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Asar oilaviy-maishiy mojaro emas, balki to'g'ridan-
to'g'ri ijtimoiy-siyo-siy to'qnashuv asosiga qurilgan edi. 
Asardagi voqea XVI asr Dehqonlar urushi davrida sodir bo'ladi. Uning markazida tarixiy 
shaxs obrazi turadi. Gyote Volter va boshqa ma'rifatparvarlardan farqli oiaroq tarixga haqqoniy 
qarashga harakat qildi. Gyote zamonaga qandaydir «sha'ma» qilish ma'nosida tarixga murojaat 
qilgan emas. Tarix uning uchun jaddiy tadqiqot manbayidir. Tarixni zamonga xizmat qildirish 
vazifasini esa Gyote ikki davr uchun umumiy muammoni olg'a surish orqali amalga oshiradi. 
Shu bilan u muammoning zamon uchun dolzarb-ligini tarixiy mantiq asosida tasdiq etib beradi. 
Gyote o'z umidini bosh qahramon bilan bog'laydi. Gyots mi-solida parokandalik vaziyatida 
ham o'zini yo'qotmay, ikkinlanmay, o'z e'tiqodi va idealiga sodiq qola oluvchi shaxs siymosini 
ko'rgandek bo'ladi. Gyote murosasizlikni emas, balki kurashish g'oyasini olg'a surgan. Hatto, 
kutilgan natijani bermagan kurash ham foydali, zero u insoniy qadriyatlarni himoya qilishga 
qaratilgan bo'ladi. Shu sababli ham Gyote Gyotsning jasoratini kelajak avlodlar uchun namuna 
deb hisoblaydi. «Seni rad etgan zamonga xayf» deydi Gyots haqida uning o'limi chog'ida asar 
qahramonlaridan biri. 
Tarixiy mavzudagi keyingi « Egmont* (1775) asarida ispan hukmiga qarshi kurashgan 
nedirlandlar sardori graf Egmont ispan noibi gersog Alba tomonidan qatl etilishi hikoya qilingan. 
Shahzoda Oranskiy Albaning taklifini rad etib, o'limdan qo'rqib uning huzuriga bormay, o'zini 
chetga oladi, Egmont esa kelishuv yo'li bilan ispan zulmidan ozod bo'lish mumkin deya o'zini 
o'limga giriftor etadi. Oranskiy zarurat tufayli yurtini tark etgan, ziyrak siyosatchi, Egmont esa 
buning aksi, o'zini o'zi qo'lga tu-shirib beradi. Lekin asarning qahramoni Oranskiy emas, balki 
Egmont. Egmont o'z e'tiqodi yo'lida halok bo'lish bilan o'zining yuksak insoniylik sha'nini 
ko'rsatadi. Bu yerda Gyotening insonparvar-ligi namoyon bo'lgan. Egmont xalqqa namuna bo'Ia 
oladigan ma'naviy barkamol qahramon tarzida ko'rinadi. 
Gyote «Ifigeni Tavridada» (1779), «Torkvato Tasso* (1790) kabi tragediyalar yozadi. Lekin 
uning «Faust» tragediyasi jahon adabiyoti xazinasiga qo'shilgan bebaho hissa bo'ldi. Gyote bu 
asar ustida yet-mish yil davomida goh to'xtab, goh davom ettirib ish olib borgan. Gyote bu 
asarda ma'rifatparvarlikning tub ma'no va mohiyati inson-ning olamaro muloqoti, tabiat sirlarini 
anglash va shu cheksiz mo'jizalar xilqatida o'z o'rnini topishida ekanini ifoda etib berdi. 
O'rta asrlarda Germaniyada Faust degan darveshsifat bir tabib o'tganligi haqida rivoyatlar 
to'qilgan. Shulardan biri Marloning «Faustning fojiali tarixi* tragediyasiga asos bo'lgan edi. 
Gyote trage-diyasida Faust qartaygan holatda shayton Mefistofelni uchratishi va o'zaro 
shartnoma tuzishlari bilan voqea ayj oladi. Shartnomaga ko'ra Mefistofel Faustni yoshartiradi, 
Faust umrining qaysidir pallasida hayotdan qoniqish hosil qilganini bayon etgan paytda, shayton 
unga egalik qilish, ya'ni o'ldirish huquqiga ega bo'ladi. Shayton Faust totli hissiy damlarni tortiq 
etish bilan Faustni qo'lga tushirmoqchi bo'ladi: go'zal Gretxen bilan uchrashtiradi, davlat 


34 
ishlarida lavozim-lar bilan siylaydi. Lekin birortasi Faustning ko'ngliga taskin berol-maydi. Unga 
hayotning ma'nosi nimada ekani noaniq bo'lib qolaveradi. Fojianing oxiridagina u hayotning 
ma'nosi erk uchun ku-rashish ekanini anglay boshlaydi. So'nggi lavha: dengiz qa'ridan ajratib 
olingan dala, Faust yer ag'darish bilan band, qartayib qolgan bo'lsa-da, u juda osuda va mamnun, 
bu keng olamda o'zini endi topgandek edi. «Shoshma, e ko'hli fursati zamon», deya xitob qiladi 
u. Shu zaylda shart buziladi. Mefistofel uning jonini oladi. Lekin shayton endi inson ruhining 
nechog'li ulug'vor ekanligini isbot et-ishga ulgura olgan Faustga ega bo'la oldi, xolos. 
«Faust» falsafiy teran asar bo'lish bilan birga hayotiy haqqoniy asar hamdir. Gyotening 
aynan «Faust» asari Ma'rifatparvarlik rea-lizmining eng ulkan muvaffaqiyati hisoblanadi. Bu 
asar XVIII va XIX asrlar adabiyotini bir-biri bilan bog'ladi va ayni zamonda o'z davrinigina 
emas, umuman, yangi zamon poeziyasining eng yirik yodgorligi bo'lib qoldi. 
Gyote dramaturggina emas, shu bilan birga, teatr san'atining yirik arbobi ham edi. 1791-
yildan 1817-yilga qadar u Veymar saroy teatriga rahbarlik qiladi, o'z teatr maktabini yaratadi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish