Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

SAHNA SAN'ATI 
XIX asrning birinchi yarmida «Kovent — Garden* va «Druri — Leyn* Londondagi eng 
yirik imtiyozli teatrlar tarzida faoliyat ko'rsatib keldi. Shu qatori ularga zid ravishda imtiyozsiz 
«kichik» teatrlar deb ataluvchi ko'pdan-ko'p ijodiy jamoalar ham yashashda davom etadi. Lekin 
yirik pyesalarni sahnaga qo'yish faqat imtiyozli teatrlarning huquqiy doirasiga kirgan edi. 
EDMUND KIN (1787-1833-y.) 
Edmund Kin alam va iztiroblar og'ushida ezgulik namunalarini izlagan daho aktyor edi. U 
o'z san'atining jo'shqinligi va murosa-sizligi bilan Bayronga yaqin edi va shu bois bu ikki ulkan 
iste'dod sohibi XIX asrning dastlabki o'n yilliklarida bir-birlarga ham-fikrlikda ingliz teatrining 
g'oyaviy va badiiy barkamolligi yo'lida kurash olib bordilar. 
Kin aktyor oilasida tug'ilib, bolaligidayoq ota-onadan yetim qoladi. Aktyorlik kasbiga juda 
erta kirishadi, yigirma yoshga yet-guncha unga butun Angliya viloyatlarini aylanib chiqishga 
to'g'ri keladi. «Mashhur aktyor bo'lish uchun nima qilish kerak?* deb savol berganlarida, Kin 
«Ochlikka chidashni o'rganish kerak!» deb javob bergan edi. 


49 
Kin dovrug' taratgan bir paytda 1814-yili «Druri — Leyn* teatriga taklif etiladi. 
Kin Shekspir qahramonlari misolida buyuk aktyor sifatida tanildi. U Sheylok, Richar III, 
Hamlet, Makbet, Otello, Yago, Lir, Romeo rollarini ijro etdi. 
Kin eskicha talqin an'analariga zid ravishda Shekspir qah-ramonlarida yangi sajiya qirralarini 
ochdi. O'sha davr ingliz munaqqidlari Kinning talqini va ijrosini Shekspir asarlarining eng 
barkamol izohi deb e'tirof etdilar. 
Kinning yangicha talqini uning Londonda o'ynalgan birinchi «Venetsiya savdogari* 
spektaklidayoq namoyon bo'ladi. U Sheylok-ni darg'azab, yovuz kimsa qilib ko'rsatishdek 
an'anadan voz kechgan edi. Aktyor Sheylokka xos xasislik va xudbinlikni yashir-maydi, ayni 
chog'da uning iztirobli qismatini ham ko'rsatadi, ya'ni uni quvg'in qilinib, yomon otliqqa 
chiqarilgan mayda millatning xo'rlangan vakili sifatida ko'rsatadi. 
U odamzodni ko'rishga ko'zi yo'q, g'aribu benavolikdan xo'jako'rsinga murosaga kelar, 
insonlik sha'ni oyoq osti qilin-ganidan jini qo'zir va yana ich-ichidan inson zotiga la'nat o'qirdi. 
Kin talqinida romantiklar ko'ngil qo'ygan yomonlikni oqlash ta-moyili shunda ko'rinardi. 
Istehzoli qah-qahaning birdan alamli xo'ngrovga aylanishi, libosida qora-qizil ranglarning 
qovushim-sizligi, ilgarilari odatga, kirib qolgan malla soch (parik) o'rnida qora jingalak 
socTining paydo bo'lishi — bulaming barchasi muzo-fotlik iste'dodni ko'rishga kelgan inglizlar 
uchun favqulodda yangilik edi. 
Edmund Kin o'z ijrosi bilan tomoshabinga shunday kuchli ru-hiy ta'sir ko'rsatgan ediki, u 
birinchi spektakldan keyinoq Angli-yaning buyuk aktyori deb e'tirof etiladi. 
Hamlet va Otello Kinning eng sevimli rollaridan edi. Olamni dahshatli yovuzlik olami 
tarzida anglash Kin Hamletining muhim jihatiga aylandi. Bu yovuzlikka qarshi kurashmay turib 
bo'lmas, lekin bu g'olib yovuzlikni yengib bo'larmikin? Kin Hamleti fikr-o'yini shu muammo 
cho'lg'ab oladi. Shu bois uning harakat va so'z ohanglarida qat'iyat o'rnida sokinlik, ma'yusona 
o'ychanlik hukm suradi. U onasi bilan uchrashuv sahnasida ham ma'yuslik doirasidan 
chiqolmaydi. Ofeliyaga nisbatan uning muhabbati balqib turadi. Hamlet Ofeliyaga: «Monastirga 
bor!» degan so'zlarni aytar-kan, shu on iltifot bilan uning qo'lini o'padi. Uning Hamleti «falo-
katlar dengizioning har sarhadida sevgi-muhabbat zalvarini namoyon etadi. 
Kin Otello obrazi talqinida uning Dezdemonaga bo'lgan mu-habbatini bosh mavzu qilib oldi. 
Shu muhabbatning hayotbaxsh qudrati orqali Otelloning komil insonligi, uning odamlarga 
nisbatan mehr-muhabbati, saxiyqalbligi kabi fazilatlari ochiladi. 
Makbet rolini talqin etishda Kin uni yovuz kimsa tarzida ko'rsatish an'anasidan voz kechib, 
butun diqqat-e'tiborini uning murakkab va ziddiyatli ichki his-kechinmalarini ochishga qaratgan 
edi. Richardni «qabihona mayin iljayuvchan*, aqlli, jur'atkor, ayniqsa Anna bilan uchrashuvida 
hatto maftunkor shaxs tarzida ko'rsatgan. 
Kinning ijro uslubini romantiklarga xos haroratli his-hayajon ko'tarinkiligi belgilab bergan 
edi. U qudratli shaxsning qalb ingroq-lari eng keskin darajaga chiqqan holatlarda inson ruhiyati 
tubidagi sirlarni ochish iqtidoriga ega edi. 
Kin chiqishlarining hayajonli guvohi bo'lgan shoir G. Geyne bu aktyor shaxsi va uning 
san'atiga ajoyib ta'rif bergan: «Kin kam-dan-kam uchrovchi zotki, u gavdasining birgina dafatan 
tebranishi, ovozining tasawurga sig'mas darajada jilovdorligi, o'tli ko'z qarash-lari bilan inson 
qismatiga oshno boiuvchi hayratomuz holat va ajib nuqtalarni ifoda eta olardi*. Geyne Kinni 
xudoning nazari tushgan, ta'sir qudrati cheksiz «ilohiy salohiyat sohibi» deb atagan. 
Kinning san'atida ham, odatda, romantik aktyorlarda uchrovchi noravonlik ko'zga 
tashlanardi. Odatda, u roldagi eng yu-qori cho'qqiga diqqatini qaratar va shular orqali qahramon 
bor-lig'ini ochib berar edi. 
Kin kuchli ehtiros va boy tasawur egasi bo'lishiga qaramay, hech qachon ko'ngil mayli va 
ilhom kuchiga ishonib ish ko'rgan emas. U o'z ustida qunt bilan ishlar, ko'p o'qir, bilimini 
oshirar, jismoniy tarbiya bilan astoydil shug'ullanar edi. 
Tfodali, rango-rang raftoriy (plastik) tasvirlar, shiddat bilan keskin o'zgaruvchan imo-
ishoralar, behalovat sahnaviy depsinish-lar, hayqiriqning mash'umona pasayib shivirlashga 
aylanishi, so'zlashdagi past-balandliklar, sukut omillaridan foydalanish — bularning jami Kin 


50 
qahramonlarining bo'rtma, ko'tarinki ehtiros va hissiyot kechinmalari manzarasini yaratishga 
qaratilar edi. 
Kin 1833-yil 25-martda so'nggi bor sahnaga chiqadi. Shu kuni u sevimli Otello qiyofasida 
ko'ringan edi. «Otelloning ishi tugadi* so'zlarini aytish chog'ida hushidan ketadi va oradan uch 
hafta o'tgach, dunyodan ko'z yumadi. 
Edmund Kinning Otellosi beixtiyor Abror Hidoyatov Otellosini xayolga keltiradi. Atoqli 
shekspirshunos olim M. Morozov A. Hidoyatov Otellosini ko'rib, g'oyat hayratlangan va bu 
haqda shunday yozgan edi: «Ijrochilarni kuzatganingda ularni tasawu-ringdagi Shekspir 
obrazlariga qiyoslaysan. Ammo, A. Hidoyatov ijrosi boshqacha, bundan ham chuqurroq tuyg'u 
uyg'otadiki, uni hayrat deb atash mumkin. Bu hatto o'xshashlik ham emas, balki aynan o'sha 
Shekspirning — Ottellosi*. 
Yuksak his-kechinma, qudratli tafakkur sohiblarigagina daho dramaturg tragediyalarida jo'sh 
urgan fikr va ehtiroslarni borlig'icha to'la ifoda etish nasib etgan. E. Kin shunday buyuk aktyorlar 
av-lodining to'ng'ich namoyandalaridan biri edi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish