52
«Etik kiygan mushuk»
(1797) va
«Olamning pala-partishligi»
(1799) pyesalarida, masalan,
ishtirokchi kimsalar badiiy timsollik holatidan chiqib, dab-durustdan sahna ishchisi bilanmi, asar
muallifimi, to-moshabin bilanmi muloqotga kira boshlaydi. Odatda, tomosha davomida sahnada
ro'y beruvchi «ishkalliklar» oraga tushib, san-naviy holatni buzishga olib keladi. Shu usul bilan
muallif tasvir-lanuvchi hayot voqeligiga nisbatan o'z kinoya va istehzoli munosa-batini ifoda
etadi.
Shu ma'noda Tikning «Bolalar uchun ertak» deb ataluvchi «Etik kiygan mushuk» pyesasi
juda ibratli. Bu odatdagicha boy-vachchalar, zodagonlar didiga mo'ljallangan asarlardan farqli
o'laroq, keng doira teatr ishqibozlariga qaratilgan g'ayriodatiy komediya edi. Ayni paytda u teatr
romantizmning romantik kinoya qoidasini amalda tasdiq etuvchi dasturiy asar hamdir. Undagi
voqealar romantiklar alohida ko'ngil qo'ygan «teatrda teatr» ifoda usuli asosiga ko'rilgan.
Sahnada teatr sahnasi va tomoshabinlar zali: voqea bir vaqtning o'zida zalda ham, sahnada ham
davom etadi; sahnada etik kiygan mushuk haqida ertak namoyishkorona ravishda o'ynaladi;
soddadil, lekin qovoqbosh bechora hoi Gotlib meros ol-ish o'rniga mushuk oladi. Mushuk
boiganda ham biroz olg'irligi bo'lsa-da, turgan-bitgani aql, amali zo'r mushuk edi. Mushik o'ziga
bashang etik tiktirib berilishini so'raydi, shundan so'ng u ertak syujeti bo'yicha noshud xo'jayini
ishini o'nglashga kirishadi. Kishilar ko'zi tushishi bilan quti o'chadigan, o'z mahramlarini ezib
adoyi-tamom qilgan Olabuji tengsiz imkonini ko'z-ko'z qilib, turli qiyofalarga kiradi, lekin
behosdan sichqonga aylanib qolganini o'zi ham sezmaydi. Shu on mushuk bir tashlanadi-yu, uni
gumdon qiladi. Asfalasofinga ketgan zulmkorning martabasi-yu," boyligi Gotlibga o'tadi. Bu
hodisaga mushuk «Endi Gotlib misolida bosh-qaruv tizg'ini uchinchi tabaqa (burjua) qo'liga
o'tdi» deya istehzoli so'z qotadi. «Demak, bu inqilobiy pyesa ekana-da» deya tomoshabinlar
baqirib xushtak chalib, yer tepinib o'z noroziligini bildiradilar.
Lekin bu yerda inqilobdan asar ham yo'q edi. Ovsar Gotlib malikaga uylanadi, yangi qirol
yaxshi xizmatlari uchun mushukni orden bilan mukofotlaydi va dvoryanlik unvonini beradi.
Tomosha davomida sahnadagi tomoshabin pyesa voqeasiga aralashib, unda goh hayotiy
haqiqat yo'qligi, goh pand-nasihat unutilganligini aytib g'ovg'o ko'taradi, tomosha alg'ov-dalg'ov
tusga kiradi. Quti o'chgan muallif sahnaga chiqqanicha niyatini tu-shuntira ketadi, aktyorlar
qo'rquvdan suflyor so'zini eshitolmay dovdiraydi, ishchilar sahna pardasini beo'rin yopib, yana
muallifni gapga qoldiradi.
Pyesa siyosiy musohabadan ham holi emas. Unda muallif nazarida biron-bir o'zgarishga yo'l
ocholmagan fransuz inqilobi haqida sha'malar eshitilib turadi. Uchinchi
tabaqa vakili Gotlib
obrazi
kinoyaviy
usulda
chizilgan.
Fikr-o'yi
taralabedodlik
bilan
band
zodagon
tomoshabinlarning to'rachilik kayfiyati xajv ostiga olinadi.
Turmush ikir-chikirlari tasvirining «ayoliy tasawur bilan qo-rishiq holda kelishi, ko'tarinki
orzu-istak va kinoya uyg'unligi, ada-biy teatrga xos masharaomuz ifoda usullari Tik pyesalari
Gotsining pyesa-ertak «fyablari» bilan yaqinligidan dalolat beradi. Tik yangi teatr tasvirchilik
vositalarini ishlab chiqadi. U teatrning shartlilik tabiatiga asoslanadi. «Teatrda teatr»
jozibadorligini ko'rsatish ma-horatida bo'lg'usi rejissura ustasining yoii va teatr nazariyachi-
sining o'tkir zakovati ko'rinib turardi. Tik tomonidan sinchkovlik bilan ishlanib, amalda
qo'llanilgan teatrga xos tomoshaviylik usuli estetik tamoyil tarzida
dramaning keyingi rivojiga
o'z ta'sirini ko'rsatdi,
1799-yildan Tik ijodining ikknichi bosqichi boshlanadi. Bu davrda XV—XVI asrlar nemis
xalq kitoblari asosida yaratilgan «Av-liyo Genovevaning hayoti va o'limi* (1800), «Imperator
Oktavian* (1804), «Fartunat» (1816) pyesalari diniy sujetlar tasviriga qaratil-gan. Bulardan
birinchisi eng mashhuri bo'lib, unda o'rta asr mirakli, shaklida avliyo. Genoveva hayoti tasvir
etilgan. Asarda ka-tolikchilik ruhi, o'rta asr davriga ihlosmandlik tuyg'usi ufurib turadi. «Avliyo
Genovevaning hayoti va olimi» diniy o'git ruhidagi asargina emas. Unda xalq kitobidan olingan
oddiygina lavha ko'hna rivoyat tarzida tasvir etilgan. Pyesada diniy ohang ixlos qo'yishga
qaratilgan tashxis tarzida namoyon bo'ladi.
Tik pyesalar yozish bilan birga o'zini rejissyor sifatida ham ko'rsatgan. 1819-yildan u
Drezden teatrining badiiy rahbarligi vazi-fasini egallaydi. Tik teatrning nimaligini «His-
53
ehtiroslar epkini, bu-yuklik va yuksaklik, hayrat va dilkusholik* vositasida kishini o'ziga rom
etuvchi badiiy tasawur tarzida ta'riflaydi. Tikning fikricha, bunday maftunkorlikka klassitsizmga
xos ohangdorlik va va'z usuli o'rnida tabiiy hayotiy nutq asosida o'zaro uyg'un harakat qilish
orqali erishish mumkin. Uning talabiga ko'ra, spektakl
shartlilik asosida bezalishi, tomoshabin
diqqatini aktyordan chalg'itmaslik uchun orqaga gilam tortib, spektakl ko'rsatish lozim. Teatr
liboslari ham shu kabi shartli umumlashgan tarzda bo'lishi mumkin. Tik aktyor bilan tomoshabin
orasida o'zaro: uyg'unlik yaratgan Shekspir davri teatrini eng ibratomuz teatr deb hisoblagan.
Tik teatr faoliyatining ahamiyati uning teatrda romantizm estetikasi tamoyillarini tasdiqlashi
bilan izohlanadi. Atoqli adib va dramaturg Kleys esa o'z pyesalari orqali nemis romantik drama-
sining repertuardan o'rin olib, nemis sahnasida uzoq vaqt davomida hukm surishini ta'min etib
berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: