Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий


ROMEN ROLLAN (1866-1944-y.)



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

ROMEN ROLLAN (1866-1944-y.) 
«Inson hayotini fayzli qiluvchi jamiki aql-zakovat ne'matlari ora-sida bizni tubsiz hayratga 
soluvchi ne'mat — teatrdir*. Bular XX asrning atoqli so'z ustasi, dramaturg va teatr nazariyachisi 
Romen Rollan qalamiga mansub so'zlardir. Ko'p jildlik «Jan Kristof* va «Maftunkor qalb» 
romanlarining muallifi Rollanning yozuvchilik, publitsistlik, san'at tadqiqotchiligi sohalarida 
kechgan ko'p qirrali faoliyatida dramaturgiya sezilarli o'ringa ega. Uning qalamiga mansub o'n 
ikki pyesaning bir-inchisi — «Valine'mat Lyudovik» 1897-yili yozilgan bo'lsa, «Robesper» 
degan so'nggisi 1938-yili yaratilgan. 
Rollan teatmi jamiyat hayotini aks ettiruvchi «jangovar qurol* deb atadi. Uning eng sara 
pyesalarida va ko'p jihatdan XX asr ja-hon teatr madaniyati rivojini belgilab bergan «Xalq teatri» 
(1903) kitobida ana shu g'oya o'z aksini topdi. 
Rollan «Xalq teatri* kitobida badiiy ziyolilarni xalq hayotini teran anglashga, o'z ijodini 
xalqqa xizmat qildirishga chaqirdi. Rollan qahramonlik ruhidagi san'at, insonning his-tuyg'usi, 
aql-idro-kiga ta'sir ko'rsatuvchi yirik shakldagi shoirona realistik san'at yaratish muammosini 
olg'a surdi. U yangi teatmi «xalqning noni qatori tashvishiga sherik» bo'lishi lozimligini 
ta'kidladi. 
Rollanning kitobi Fransiyada xalq teatri tamoyillarini shakllan-tirishda dastur bo'lib xizmat 
qildi. Rollan o'z kitobida ulug' fransuz burjua inqilobi davriga murojaat etib, ziyolilarni xalq 
teatri uchun «Fransiyaning qahramonlik epopeyasini* yaratib berishga chaqirdi. Bu epopeyada u 
xalq kurashi manzaralarini jonlantiruvchi qudratli ' tarixiy shaxslar hayot haqiqati bilan uyg'un 
tarzda keng falsafiy umumlashmaga aylanishi kerak, degan fikrni olg'a surdi. 
Rollan o'zi shu g'oyani ro'yobga chiqarish niyatida «Inqilob dramalari» deb nomlanuvchi 
turkum pyesalar yaratdi. «Qashqirlar» (1898), «Aql tantanasi* (1899), «Danton» (1900), «0'n 
to'rtinchi iyul» (1901) shunday dramalaming dastlabkilari edi. Fransiya inqilobi davrining ur-
yiqitlari, qatag'on dahshatlarini aks ettiruvchi mazkur asarlarning har biri Rollanning yangi shakl 
va g'oyalar yo'lidagi murakkab izlanishlari samarasi tarzida tug'ilgan. 
«Qashqirlar» pyesasida Rollan inqilobiy ko'tarilishning fojiali ko'rinishlarini chizib, inqilobiy 
burchning insoniylik axloqiga zidligini ifoda etdi. «Aql tantanasi»da inqilobchi qon-
qardoshlarning o'zaro qonli adovati, yakobinchilar qatag'oni, si-yosiy gij-gijlardan aql-hushi 
uchib, jazavaga tushgan g'ofil olomon haqida so'z ochdi. «Danton»da Rollan inqilob dohiylari 
ustidan hukm chiqarishdan o'zini tiyadi, lekin ommaning xatarli ko'tarilishlaridan hangu mang 
bo'lib, ezgulik nimada-yu, yovuzlik nimada degan jumboq qarshisida turib qoladi, javob izlaydi... 
Adib «0'n to'rtinchi iyul» pyesasidagina bu savolga javob top-gandek bo'ladi. Unda xalq 
bosh qahramon tarzida ko'ringan edi. Ichki g'oyaviy-badiiy birlikka ega bo'lgan bu asar 
Bastiliyaning oli-nishi bilan bog'liq lavhalar asosiga qurilgan. 
Rollan 1939-yili «Robesper» dramasini yaratadi. Unda fransuz inqilobining yakobinchilar 
partiyasi ag'darilishi bilan xotima topuv-chi eng fojiali davri aks ettirilgan. Muallif inqilobning 
mag'lubiyatga uchrashi sabablarini badiiy tadqiq etgan edi. Inqilob dohiylarining fojiasi ularning 
xalq madadidan mahrum bo'lib qol-ganliklarida edi. Dramada Rollan Dantonning qatl etilishi 
lavhasi-dan Robesperning halokatigacha bo'lgan voqealarni chizish asosida psixologik jihatdan 
murakkab, qudratli insoniy sajiyalar yaratgan edi. El-yurt manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun 
qo'yib, vatani-ning shon-shuhrati yo'lida jonini qurbon qilgan jafokash Robesper shunday 
qahramonlardan edi. Asar qahramonona romantik ruhda xotima topadi. «Robesper» asari 
«Inqilob dramalari* turkumiga ya-kun bo'libgina qolmay, shu bilan birga Rollanning «Xalq 
teatri* kitobida olg'a surilgan chinakam demokratik, hayotbaxsh san'at yaratish g'oyasini ham 
amalda ro'yobga chiqargan yirik shakldagi drama namunasi tarzida yuzaga keldi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish