Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий


SARA BERNAR (1844-1923-y.)



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

SARA BERNAR (1844-1923-y.) 
Sara Bemar XIX asrning oxiri XX asr boshlarida ijod qilib, o'z yurti qatori xorijda ham 
tanilgan fransuz teatrining eng shuhratli aktrisasi edi. 
Sara Bernar Parij konservatoriyasida tahsil ko'rib, 1862-yili ilk bor «Komedi Fransez» 
teatrida Rasinning asarida Ifigeniya rolida sahnaga chiqqan. S. Bernarning san'ati g'oyaviy 
jihatdan cheklangan va katta hayot haqiqatidan bir qadar uzoq bo'lgani holda o'zicha 
hayratlanarli edi. U sahna texnikasining xassos ustasi edi. Ovoz tuslanishi, nutq ohangdorligi, 
ishlanib, charxlangan gavdasi, turish holatlarining o'zi bir tomosha edi. Uning san'ati «taqlidiy 
maktab* estetik tamoyillarining ajoyib ifodasi edi. Sara Bernar o'tkir kuzatuvchanligi, kishini 
o'ziga rom etish jozibasi, ajib texnik omillari tufayli fojeiylik cho'g'i past asarlarda ham 
tomoshabin qal-bini zabt eta olardi. 


63 
Sara Bernar «Komedi Fransez» teatrida Rasin va Volter trage-diyalarida fojeiy rollarni zo'r 
mahorat bilan o'ynagan. Lekin uning fransuz teatrining birinchi darajali aktrisasi ekanini 
zamonaviy asarlarda o'ynagan rollari tasdiq etdi. 
Dyumaning «Gul ko'targan xonim* asaridagi Margarita Gote aktrisaning eng noyob 
rollaridan biri bo'ldi. Atoqli rus munaqqidi A. Kugel S. Bernar o'yiniga tan berib, shunday 
yozgan edi: «Nomi chiqqan bu ayolni bundan-da zo'r tasvir etish amri mahol; uning kasb-
korining arzon garov tarovati, qalbi tubida pinhon tutilgan bedavo dil og'riqlari ajib tarzda 
namoyon bo'ldi*, «Uning ayollik malohatiga ta'rif yo'q, - deya xotirlaydi munaqqid, — yig'loqi 
qo'llari, faryod chekuvchi qaddi-qomati favqulodda zo'r ifodaviyligi bilan hayratlanarlidir*. 
Sara Bernar erkaklar rollarini ijro etish bilan ham shov-shuv ko'targan. Shulardan biri 
Hamlet roli edi. Bu Shekspir obrazi talqiniga qo'shilgan hissa emas. Lekin bu rol aktrisaga o'z 
ijro texnikasining yuksakligi va san'atining hamisha navqironligini namo-yish etish imkonini 
berdi. S. Bernar Hamlet rolini ellik uch yoshida o'ynagan. U fojeiy shahzodani Parij kiborlariga 
xos zo'r shukux va nazokat bilan ko'rsatdi. Uning Hamleti juda yosh va ayol misol husndor edi. 
Fransuz teatr tanqidchilari «ilohiy Sara»ning yangi rolini yuqori baholadilar. Lekin ayni chog'da 
Shekspir qahramo-nining goh-goh ko'zida shahzodaning g'amkashli hissi o'rnida g'amzali hislar 
jilvalanuvchi fasohatli va uddaburon, qo'rs saroy mahramiga aylanib qolishini ham ta'kidlab 
o'tdilar. 
Sara Bernar «tafakkur sohibasi* toifasiga kiruvchi emas, balki tugal va go'zal ijro san'atining 
sohibasi edi. Sara Bernar iste'dodi tabiatan tug'yonli italyan aktrisasi Duze yoki rus aktrisasi 
Komis-sarjevskayadek darajasidan ancha uzoq va shu bois bu san'atkorlar qalbini band etgan 
davrning fojeiy muammolari uning san'atida hamisha ham aksini topavermadi. Lekin uning ijodi 
aktyorlik san'ati tarixida zo'r mahorat va chinakam artistlikning benazir namunasi tarzida o'rin 
oldi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish